Ilmiy-tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi amaliy (empirik) metodlar majmuasidan iborat bo‘lib, uning tarkibiga kuzatish (o‘zini o‘zi kuzatish), eksperiment (tabiiy, laboratoriya), test (sinash), anketa (varaqa), so‘rov, sotsiometriya, suhbat, intervyu, faoliyat jarayoni va mahsulini tahlil qilish, tarjimai hol (biografiya), shaxsiy guvohnoma, hujjat, turmush faoliyati voqealarini tahlillash kabilar kiradi. Amaliy metodlar sinash, tekshirish, diagnoz (tashxis) va prognoz (bashorat) qilish vazifalarini bajaradi. Insonning tug‘ilishidan tortib to umrining oxirigacha davr oralig‘ida sodir bo‘ladigan psixologik o‘zgarishlarni chuqurroq, ob’ektiv ravishda tadqiq etish uchun navbati bilan amaliy (empirik) metodlar guruhidan foydalanish samarali natija beradi. Chunki bir metod ikkinchisini to‘ldirishga xizmat qiladi.
Ilmiy-tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi olingan natijalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, statistik (miqdor) va psixologik sifat tahlili turlarga ajratiladi. Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda ko‘pincha quyidagi statistik metodlardan foydalaniladi.
To‘plangan miqdorlarning statistik metodlar yordamida ishlab chiqishda quyidagi formulalarni qo‘llash mumkin.
1 ). Mq υ
n
o‘rtacha arifmetik qiymatni topish uchun ishlatiladi.
Ì-yig‘indi, V- variatsion miqdor, n- sinaluvchilar miqdori yoki ob’ektlarning sanog‘ini bildiradi.
2) Gq C g‘n-1 formulasi son qatoridagi o‘rta kvadrat og‘ishni hisoblashda yoki standart og‘ishni aniqlashda ishlatiladi. G-“sigma” kvadrat og‘ish,S-dispersiya, “n”-miqdor.
3) Sq (ν-M)- miqdorlar tarqoqligini aniqlash uchun qo‘llaniladi, ba’zan u «S» –dispersiya deb ataladi.
Psixologik tajribalarda olingan miqdorning, qo‘llanilgan metodikaning ishonchlilik darajasini aniqlash uchun Styudent mezonidan foydalanish mumkin: tqX-X. Bunda t- ishonchlilik belgisi, X-son qatoridagi yuqori ball, X-o‘rtacha arifmetik miqdor, Ğ-kvadrati og‘ish alomati.
Psixologik tajribalarda Myordokning ko‘chish foizlarini aniqlovchi formulasi: -S-S100 qo‘llaniladi va u sinaluvchilarning to‘g‘ri javoblari bilan noto‘g‘ri javoblarini hisoblash uchun xizmat qiladi. Ikkala miqdorning nisbati birining ikkinchisidan qanchalik darajada yuksaklikka ega ekanligini ko‘rsatadi. Bunda «S»-nazorat, «E»-eksperimental guruhni anglatadi
Tafakkurning so‘z-mantiq tejamkorligi xususiyatini aniqlashda quyidagi formula qo‘llaniladi (Z.I.Kalmikova tadqiqotlarida). TSTR¹R2; R1-sinaluvchilar topshiriqni bajargani uchun olgan ballar yig‘indisi, R2-sinaluvchilar maksimal darajada ballar to‘plashi mumkin bo‘lgan imkoniyatlar. Topshiriq yechimi uch balli shkala bilan o‘lchanadi. To‘g‘ri yechgani uchun «3» ball, yechishga intilgani uchun “1” ball, noto‘g‘ri yechgani uchun « 0» ball qo‘yiladi.
Yuqoridagi statistik metodlar tajribalardan olingan qiymatlarning ishonchlilik darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Lekin bunga o‘xshash metodlarning miqdori haddan tashqari ko‘pdir. Biz ularning eng soddalarigagina to‘xtaldik, xolos.
To‘plangan materiallarning psixologik jihatdan sifat tahlili metodi umumiy psixologiya uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi), tekshiruvchi tajribalarda olingan har xil shakldagi, ko‘lamdagi, mazmundagi ma’lumotlar turli prinsip, pozitsiya, ko‘pqirrali (kompleks) va yaxlit (sistemali) yondashishga asoslangan holda so‘z-mantiq yordami bilan sifat tahlili o‘tkaziladi. Barcha fikr va mulohazalar ishonchli omillar orqali dalillab beriladi, psixologik qonuniyat, qonun, xususiyat, xossa, holat, taraqqiyot, kamolot qanday o‘ziga xoslikka ega ekanligi isbotlanadi. Material alohida guruhlarga va turkumlarga ajratiladi, shuningdek, psixologik voqelikning boshqa jihatlari bilan uzviy sababiy bog‘liqligi, ichki murakkab munosabati bayon qilinadi, sinaluvchilar esa muayyan toifalarga berkitiladi hamda tadqiqot yuzasidan yakuniy xulosa chiqariladi.
Ilmiy-tadqiqot metodlarining to‘rtinchi guruhi sharhlash deb atalib, genetik va donalash metodlaridan iboratdir. Genetik metodi yordami bilan tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlar yaxlit holda maqsadga muvofiq yo‘nalishda sharhlanadi. Mazkur metoddan foydalanishdan asosiy maqsad - avvalo sinaluvchida yangitdan vujudga kelgan shaxsga oid fazilatlarning shakllanishi va bilish jarayonlari o‘zgarishiga tajriba natijalariga asoslangan holda ta’rif hamda tasnif berishdir. Shuning bilan birga inson ruhiyatida yangitdan vujudga kelayotgan shaxs fazilati va xususiyatining namoyon bo‘lish davri, bosqichi hamda ba’zi bir mashaqqatli daqiqaga, lahzaga, sanaga qo‘shimcha sharh berish imkoniyati tug‘iladi.
Genetik metodga asoslanganda shaxs ruhiyatiga o‘zgarishlar bilan taraqqiyot bosqichi o‘rtasida “vertikal” yo‘nalishdagi aloqa manbai aniqlanadi. Donalash metodi yordami bilan tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasiga aloqador barcha o‘zgarishlar, o‘ziga xoslik, o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro ta’sir, izchillik, uyg‘unlik o‘rtasida «gorizontal» yo‘nalishdagi munosabat o‘rganiladi. Jumladan, boshqa odamlar nutqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir davrda birga qatnashishi bunga yorqin misoldir. Mazkur jarayonda har qaysi bilish jarayonining ulushi donalanadi yoki uning ahamiyati alohida ta’kidlanadi, ularning o‘zaro bog‘liqligi asoslab beriladi.
Lekin tajribada to‘plangan ma’lumotlarni sharhlash uchun yuqoridagi metodlarning o‘zi yetarli emas. Shuning uchun ushbu uzilishga chek qo‘yish maqsadida yig‘ilgan material maxsus bosqichlarga ajratib sharhlanadi. Tadqiqotning birinchi tayyorlov bosqichida kashf qilinishi lozim bo‘lgan psixologik qonun to‘g‘risidagi taxmin, gipoteza, faraz tahlil qilinadi. Tadqiqotning ikkinchi bosqichida-tajriba o‘tkazish prinsipi, sharoiti, ob’ektiv va sub’ektiv omillar yuzasidan mulohaza yuritiladi. Uchinchi bosqichda esa, olingan natijalarni qayta ishlash nazarda tutiladi va u o‘z navbatida to‘rtta darajadan tashkil topadi: a) materialni birlamchi tahlil qilish: alohida olingan yoki topilgan omil, alomat, ko‘rsatgich, xususiyat sharhlanadi; b) tahlil qilingan material bilan tadqiqot gipotezasiga alohida sharh beriladi; v) ikkilamchi tahlil qilishda barqaror, hukmron dalillar ajratiladi; g) ikkilamchi sintezda esa psixologik qonuniyat, topilgan dalil, omil, tadqiqot gipotezasi o‘zaro birlashtirilib maxsus xulosa chiqariladi. To‘rtinchi bosqich sharhlash deb atalib, har bir fakt, alomat, ko‘rsatgich, xossa psixologik jihatdan so‘z-mantiq orqali tahlil qilinadi. Barcha ilmiy-amaliy mulohazalar dalillanadi, hech bir shubhali o‘rinlarga, e’tirozlarga o‘rin qoldirilmaydi. Oxirgi (to‘rtinchi) bosqichda tadqiqotga yakun yasaladi, zaruriy xulosalar chiqariladi, amaliy tavsiyalar beriladi, o‘rganilishi lozim bo‘lgan muammo ahamiyati, uning istiqboli to‘g‘risida maslahatlar, tavsiyalar beriladi.
Dostları ilə paylaş: |