Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə54/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

5. Ongning xususiyatlari:

a) reaktivligi;

b) sezgirligi;

v) refleksivligi;

g) taraqqiyotning ixtiyorsizligi (spontanligi);

d) polifonikligi. ye) dialogizmga moyilligi



6. Ongninig turlari

a) individual

b) guruhiy

v) jamoaviy

g) etnik

d) milliy

ye) ijtimoiy
Modul-3. Shaxs .Faoliyat .Gurux va jamoa

Reja

1. Shaxs xakida tushuncha

2. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs. «Men»-obrazi va uz-uziga baxo.

3. Faoliyat, Gurux va jamoa

4. Motiv va motivatsiya

Tayanch suz iboralar: Shaxs xakida tushuncha, individ, shaxs, individuallik tushunchalari
Shaxs faolligi. Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. Endopsixika va ekzopsixika, biogenetik, sotsiogenetik, konstitutsion kabi nazariyalar mazmun-moxiyati. Shaxs ijtimoiy ta’sirlar maxsuli sifatida. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs. «Men»-obrazi va uz-uziga baxo.

Psixologiya fanining o‘rganish ob’ekti odamdir. Odam insonshunoslik fanlari tomonidan har tomonlama o‘rganilib kelinmoqda. Psixologiyada odam biologik evolyutsiya mahsuli sifatida, jamiyat ishlab chiqarishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida, ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti sifatida o‘rganiladi. Odamning boshqa shaxslar bilan, tashqi olam bilan bo‘lgan munosabatlari xilma-xil bo‘lganligi uchun unga xos bo‘lgan psixologik sifatlar va fazilatlar ham nihoyatda xilma-xildir. Inson ilgarilari ham jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va barcha ijtimoiy jarayonlarning sub’ekti bo‘lib kelgan. Hozirgi davrda odamning psixologik sifatlarini keng namoyon qilishiga jamiyat tomonidan ehtiyoj ortib bormoqda. Mustaqillik tufayli jamiyatda yangi-yangi uyushmalar, guruhlar vujudga keldi. Ishbilarmonlik harakati avj olib bormoqda. Bularning hammasi har bir shaxsga xos bo‘lgan psixologik sifatlarni mukammal bilishni taqozo etmoqda. Darhaqiqat, mustaqillik tufayli xalqimizning ma’naviy olamida, ongida jiddiy o‘zgarishlar yuzaga kelmoqda. Shuning uchun davrimiz shaxsining psixologik sifatlarini tadqiq etish muammolariga ana shu sifatiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda yondoshmoq zarur. Insonning psixologik xususiyatlari, sifatlari deganda har bir konkret odamning, ya’ni shaxsning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari tushuniladi. Ma’lumki, har bir odamning o‘z ehtiyojlari, qiziqishlari, ishonch - e’tiqodi, malaka va odatlari, qobiliyati, iste’dodi, temperament tipi va xarakter xislatlari bo‘ladi. Umumiy psixologiya fani inson shaxsiga xos bo‘lgan ana shu xususiyatlarning yuzaga kelishi va namoyon bo‘lishi qonuniyatlarini o‘rganadi.Shaxsdagi barcha psixik jarayonlar va shaxsiy xususiyatlar o‘z-o‘zicha yuzaga kelmaydi. Psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, xayol va h.k.) ham, shaxsning psixologik xususiyatlari (ehtiyojlari, qiziqishlari, malaka va odatlari, qobiliyatlari, iste’dodi va h.k.) ham odamning faoliyati jarayonida namoyon bo‘ladi. Buning uchun umumiy psixologiya shaxsni uning turli faoliyati davomida o‘rganadi. Odamning turli yo‘nalishdagi faoliyati esa boshqalar bilan qiladigan munosabatlari jarayonida amalga oshadi.

Odam o‘z faoliyati jarayonida boshqa odamlar bilangina emas, balki atrofdagi narsalar va o‘z-o‘zi bilan ham munosabatga kirishadi, buning natijasida u boshqa shaxslar va narsalarni o‘z ongida aks ettiradi. Shuning uchun psixologiyada shaxsning psixik jarayonlari va psixologik xususiyatlarini o‘rganish bosh muammodir.

Umumiy psixologiyaning so‘nggi yillardagi erishgan yutuqlariga asoslanib, shaxsga quyidagicha psixologik ta’rif berish mumkin; “Ong egasi bo‘lib, jamiyatga a’zo hisoblanuvchi, ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etuvchi odam shaxs deb aytiladi”. Odam individ sifatida dunyoga keladi va keyinchalik shaxsga aylanadi. Har bir individ yoshlik chog‘idayoq tayyor holdagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga duch keladi va bu munosabatlar jarayonida shaxs sifatida shakllanadi. Shuning uchun ham shaxs ijtimoiy munosabatlarning majmuidan iboratdir.

Shaxs va uning mohiyati haqidagi psixologik ta’limotga muvofiq har bir konkret shaxs o‘zi mansub bo‘lgan ijtimoiy muhit va siyosiy sharoitning mahsulidir.

Psixologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, odam hayotining ilk davri tirik mavjudotlik bo‘lib, bu tirik mavjudot dunyoga kelgandan keyin ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shaxs sifatida shakllanadi. Chaqaloq dunyoga kelishining birinchi kunidanoq bevosita ijtimoiy muhitning doimiy ta’siri ostida bo‘ladi. Agar tirik mavjudot sifatida dunyoga kelgach, odam ijtimoiy muhitdan chetda qolsa, unda shaxslik belgilari paydo ham bo‘lmaydi, rivojlanmaydi ham. Psixologiya tarixida ayiqni emib o‘sgan bolalar, paviani emib o‘sgan bolalar, qoplonni va qo‘yni emib o‘sgan bolalarga misollar borki, bunday odam bolalari odam singari yurishni ham gapirishni ham, fikrlashni ham bilmaydilar.Ularda insonlikning asosiy belgilari shakllanmaydi va o‘smaydi. Demak, tirik mavjudot sifatida dunyoga kelgan odam bolasi ijtimoiy muhitdan chetda qolsa, u shaxslik belgilariga ega bo‘lmaydi. Psixologik tadqiqotlarning isboticha, faqat ijtimoiy muhitda, boshqa shaxslar bilan munosabatda bo‘lgandagina, odam o‘zini shaxs sifatida anglaydi, uning o‘zligi paydo bo‘ladi va taraqqiy etadi. Darhaqiqat, odam o‘zini oynaga solganday, boshqa odamlarga razm soladi va buning natijasida o‘zini odam deb bila boshlaydi. Shunday ekan, shaxsning mohiyatini uning ijtimoiy mavjudotligi, ijtimoiy munosabatlarning yig‘indisi tashkil etadi. Har bir shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan jamoa a’zolariga nisbatan iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va axloqiy aloqalari o‘sha shaxsning ijtimoiy munosabatlari bo‘lib, bu munosabatlarning yig‘indisi odamning shaxs sifatida shakllanishidagi asosiy omillardir. Biz bu o‘rinda shaxsning mohiyati muammolariga umumiy psixologik jihatdangina yondoshamiz. Chunki hozirgi vaqtda shaxsning mohiyatini turli tomondan o‘rganuvchi fanlar tizimi mavjud bo‘lib, bu fanlarning har qaysisi shaxsning mohiyatini o‘z predmeti nuqtai nazaridan o‘rganadi. Masalan, shaxsning sinflar va jamiyat tarkibidagi o‘rnini tarixiy materializm, shaxsni ijtimoiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi sifatida iqtisod nazariyasi, shaxs tarbiyasining mohiyati, tamoyillari, usul va vositalarini pedagogika fani o‘rganadi va h.k.



Shaxsshunoslik fanlari tizimidagi eng mas’uliyatli soha psixologiya fani zimmasidadir. Psixologiya fanining hamma tarmoqlari inson shaxsini turli tomonlardan o‘rganishdan tashqari, umumiy psixologiya boshqa tarmoqlar bilan bog‘liq holda shaxsning ruhiy olamini (ichki dunyosini) , bu olamning tashqi dunyo bilan munosabat yo‘llarini, har bir shaxsning boshqalardan farqini, individualligini, o‘zigagina xos bo‘lgan shaxsiyatini ta’minlovchi xususiyatlarni o‘rganadi. Onglilik, jamiyatga a’zo bo‘lish, jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etish kabi jarayonlarda shaxsning o‘zligi namoyon bo‘ladi. Odamdagi o‘zlik uning xulq-atvorida, boshqalar bilan munosabatlarida, irodaviy harakatlarida, qobiliyati va qiziqishlarida ifodalanadi hamda uning ijtimoiy mavqeini belgilaydi. Odam shaxs bo‘lib dunyoga kelmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shaxslik belgilariga ega bo‘la boradi. Hadisi sharifda aytilganidek, har bir go‘dak islom tabiatida tug‘iladi, so‘ng ota-onasi uni yo yahudiy, yo nasroniy, yo majusiy qiladi. Demak, odamning shaxsiy xususiyatlarini u mansub bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy sharoitdan, uning bu sharoitda egallagan mavqeidan ajralgan holda qarash mumkin emas.

Tarixiy sharoit va ijtimoiy muhit ta’sirida odamning shaxslik mohiyatini ifodalovchi psixologik belgilar vujudga keladi. Bu xususiyatlar shaxsning ijtimoiyligi, ongi, o‘z-o‘zini anglashi, aniq maqsad sari intilish ehtiyojlari, e’tiqodi, ideali va dunyoqarashi kabilardir. Amaliy faoliyat jarayonida shaxsning boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlari yig‘indisi uning ijtimoiyligidir. Odam boshqalar bilan munosabatda bo‘lgandagina unda ong paydo bo‘ladi va psixik hayot muayyan mazmun kasb etadi. Odam ongining yuksak belgisi o‘z-o‘zini anglashidir. Bu sifat odamning sub’ektiv ravishda o‘z “Men”ini his qilishida namoyon bo‘ladi. Odam o‘z tevarak-atrofidagi olamdan ajralgan holda o‘z “Men”ini anglay olmaydi. Chunki odam ongining, o‘zini anglashining, “Men”ining mazmuni o‘sha odamni qurshab turgan real voqelik in’ikosidir. Shaxs hamma vaqt muayyan maqsadni ko‘zlaydi va intiladi. Bu turdagi harakatlarida shaxsning o‘zini anglashining mazmuni ifodalanadi. Odam hayotini busiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.Odamning ma’lum maqsadni ko‘zlashi va unga intilishi uning ehtiyojlariga asoslanadi. Tabiiyki, odam ehtiyojlarsiz yashay olmaydi. Odamning yashashi uchun moddiy ehtiyojlar ham, ma’naviy ehtiyojlar ham bab-baravardir. Chunki odam yashashi uchun yemoq, ichmoq, turar joy, kiyim-kechak kabi bir qancha narsalar zarurki, bularning barchasi shaxsning turli yo‘nalishlaridagi ehtiyojlaridir.Odamdagi ehtiyojlar ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya va amaliy faoliyat ta’sirida shakllanadi. Moddiy ehtiyojlar ham, ma’naviy ehtiyojlar ham g‘ayratga, shijoatga undaydi, unga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi, olg‘a, yangi harakatlarga otlantiradi. Odam ehtiyojlari orasida mehnat qilish ehtiyoji alohida ahamiyat kasb etadi. Mehnat shaxsdagi moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishning yagona shartidir.Shaxsning o‘tmish ma’naviy qadriyatlariga va o‘z davridagi ilg‘or g‘oyalarga nisbatan bo‘lgan sadoqati va sodiqligi uning e’tiqodi bo‘lib, bu qadriyatlar va ilg‘or g‘oyalarni davr va sharoit taqozosiga asoslangan holda taraqqiy ettirish borasidagi harakatlari majmui esa idealidir.Har bir shaxsdagi e’tiqod va ideal uning ehtiyojlari va qiziqishlari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Shaxsdagi jamiyat moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan g‘oyalar inson umriga mazmun bag‘ishlaydi, mavjud jamiyatni rivojlantirishda harakatlantiruvchi bo‘lib xizmat qiladi.Shaxsning eng qimmatli sifatlaridan biri mustaqillik, ichki erkinlik, ichki o‘ziga xoslikdir. Mustaqillik o‘zganing yo‘l-yo‘rig‘isiz muhim qarorga kelish va uni amalga oshirish qobiliyatini; mas’ullik, o‘z hatti-harakatalri uchun javob berishga tayyorlikni; xulq, fe’l-atvorning realligiga, ijtimoiy jihatiga va ma’naviy to‘g‘riligiga bo‘lgan e’tiqodni o‘z ichiga oladi.Shaxsdagi uning mustaqilligini ifodalovchi bu sifatlar bir-biri bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib, ulardan birortasining yetishmasligi shaxsning mustaqillik sifatiga salbiy ta’sir etadi. Psixologiyada mustaqillik madaniyatini va u bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy jarayonlarni ifodalovchi bir qancha xususiyatlar bor. O‘z shaxsini namoyon qilishga, “men”ining barqarorligini saqlab turishga qobillik; o‘z-o‘zini nazorat qilish; hayotida kechgan eng muhim voqealar uchun boshqalarni aybdor qilmay, hamma mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga moyillik shular jumlasidandir.Amerikalik mashhur psixolog Jerom Kaganning tadqiqotlariga ko‘ra, mustaqillik teng vaziyatlarda sharoitdan qochishga moyillki yoki oilaga ortiqcha tobelik singari bolalikdan shakllangan xususiyatlar o‘smirlik davrida ham ma’lum darajada saqlanadi.Shuni ta’kidlash kerakki, aqli raso odam tajriba jarayonida ham, hayotda ham i xususidagi hamda atrofini o‘rab turgan muhit haqidagi ma’lumotni to‘liq hisobga olgan holda ish ko‘radi, harakat qiladi. Boshqacha aytganda, barcha shaxsiy sifatlar kabi mustaqillik ham ijtimoiy sharoitlar bilan shaxsiy hayot faoliyati mazmuni bilan chambarchas bog‘liqdir. Shunisi ham borki, shaxsdagi ruhiy jarayonlar uning mehnat faoliyatidagi mustaqillikning mazmuni va darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

Shaxsda mehnat jarayonida shakllangan sifatlar uning turmushida ham davom etadi. Ijodiy mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilar ishdan bo‘sh vaqtlarida o‘zlarining aql-idroklari bilan boshqalardan ajralib turadilar. Mehnatda mustaqil psixologik moslashish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar boshqa shaxslardagi mustaqillik sifatlarini yuksak darajada qadrlaydilar. Yana bir tomoni, shaxsning aqliy faolligi uning o‘z ishi ma’nosi va sharoitlariga bo‘lgan talablari darajasini oshiradi.Mustaqillikning shaxsiy psixologik asoslari o‘zgarmas, doimiy emas. Shaxs mustaqilligining shakllanishida bolalik davrining katta ahamiyati bor. Chunki bolalikda kelajakdagi rivojlanishning asosi va imkoniyatlari tarkib topa boshlaydi.Shaxsning mustaqilligi deganda, erkinlik va o‘z faoliyatini nazorat qila olish imkoniyatlari nazarda tutiladi. Buning ikki tomoni bor. Birinchidan, nazorat tashqariga - shaxsning ehtiyoj va maqsadlariga muvofiq, atrof-muhitni o‘zgartirishga; ikkinchidan, ichki ob’ektiv sharoitlar va muhit talablariga muvofiq o‘z shaxsiy sifatlari va ehtiyojlarini o‘zgartirishga yo‘naltiriladi.Tadbirkor shaxs o‘zining ilgari ishlab chiqilgan nuqtai nazari va rejalarini qayta qurishga, hayot talablariga qarab o‘z hissiy kechinmalarini bayon qilishga qobil bo‘ladi. Shuning uchun shaxs mustaqillik sifatiga uzoq muddatli mehnat va aniq maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya tufayligina erisha oladi.

Jahon psixologiyasi fanida psixologlar shaxsni psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli mohiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni (klassifikatsiyalashni) tavsiya etmoqdalar.

Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sotsial) omil (faktor) ning, voqelikning ta’siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo‘lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan “ichki psixik” (“endopsixik” - yunoncha “endo” ichki degan ma’noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g‘oyani ilgari suriladi. Ushbu talqinga ko‘ra “endopsixika” shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o‘zaro bog‘liqligi aks ettiriladi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan “endopsixik” aynan bir narsa degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go‘yoki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning “ekzopsixik” qismi bo‘lsa shaxsning tashqi muhitiga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo‘lgan barcha jihatlarini, shaxslararo va ob’ektiv munosabatini belgilaydi. “Endopsixika” o‘z navbatida shaxsning ta’sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo‘r berish xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. “Ekzopsixika” esa o‘z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. Tabiiy omilga (asosga) ega bo‘lgan “endopsixika” biologik shart-sharoitlarga bog‘liqdir, aksincha, “ekzopsixika” ijtimoiy voqeliklar ta’siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi.

Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog‘liq degan nazariyaning namoyandalari bo‘lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSh, Angliya, Fransiya, Germaniya, Shvetsariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning tuzilishini o‘sha ikkita asosiy omillarga, ya’ni biologik va ijtimoiy (sotsial) voqeliklarning ta’siriga bog‘liq bo‘lgan tuzilishining mavjudligidan manfaatdordirlar. Ob’ekt-sub’ekt munosabatini belgilaydi. “Endopsixika” o‘z navbatida shaxsning ta’sirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo‘r berish xislatlarini, ixtiyorsiz (ideomotor) harakatlarini va shu kabi fazilatlarini aks ettiradi. “Ekzopsixika” esa o‘z tarkibiga xos munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, ustanovkalari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallangan bilimlarni qamraydi.

Psixologiya fanida keskin qayta qurish jadal sur’atlar bilan davom etayotgan bir davrda yuqorida tahlil qilingan qo‘sh (ikki) omillik konsepsiyasiga qanday munosabatda bo‘lish maqsadga muvofiq?

Jumladan, dialektik materializm darg‘alarining iborasi bilan aytganda, inson shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidan iborat, bu ifodaga o‘ta keskin e’tiroz bildirishga hojat yo‘q. Chunki shaxs ijtimoiy mavjudod bo‘lganligi (mikromuhit mahsuli ekanligi tan olinmasa-da) uchun unda tabiiy-biologik tuzilish alomatlari saqlanib qolishi tabiiy holdir. Masalan, shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy (sotsial) omillarni birlamchi deb e’tirof qilish muammoning bir tomoni (ularni hisobga olish, albatta zarur), lekin ikkinchi tomoni ularning o‘zaro munosabatlarini qay tarzda tushunishda o‘z ifodasini topadi. Ko‘pgina psixologlarning fikricha, bizning nuqtai nazarimizcha, qo‘sh omillik nazariyaning bahsli jabhasi shundan iboratki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik voqelikni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” bilan “endopsixika” ni mexanik ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi, o‘zaro ta’sir etish muammosiga loqaydlik bilan munosabatda bo‘ladi. Mazkur konsepsiya vakillari shaxsning shakllanishi va uning tuzilishiga ta’sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar ichki imkoniyatlari mavjud ekanligini hisobga olmaydilar.

Insonda vujudga keladigan tilaklar sa’i-harakatlar motivlari hisoblanib, bu motivlarda aynan shu vaziyatda bevosita yaqqol namoyon bo‘lmagan turmush va rivojlanish sharoitlarida ehtiyojlar ifodalanadi.

Shaxsning psixik taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlari insonning hayoti-faoliyati davomida o‘zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning haqiqiy imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar bo‘lib hisoblanadi. Bular to‘g‘risida jahondagi ilmiy psixologik adabiyotlarda bir qator qimmatli va boy materiallar mavjuddir.

Odatda shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarkib toptirish, kamolotga yetkazish mavjud qarama-qarshiliklarni, ziddiyatli vaziyatlarni yengish, irodaviy zo‘r berish, zo‘riqish, tanglik, jiddiylik holatlarini boshqarish, o‘zini qo‘lga olish orqali ushbu faoliyatni amalga oshirishning oqilona, omilkor vositalarini (yo‘llari, usullari, operatsiyalari, ko‘nikmalari, uquvlari, malakalari, odatlari, harakatlari, sa’i-harakatlari kabilarni) o‘zlashtirish, egallash natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi imitatsiya (taqlid), identifikatsiya, refleksiya, stereotipizatsiya, ta’lim, o‘qitish, o‘qish, o‘rganish, o‘rgatish, saboq olish, o‘zlashtirish, mustaqil bilim olish jarayonida yuzaga keltiriladi. Mazkur holatda aniq faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yanada yuksakroq, yuqori bosqichdagi yangi xususiyatga ega bo‘lgan ehtiyojni tug‘diradi

Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi. Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta’rif berilgan va uning tuzilishini o‘ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. Quyida mualliflarning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

A.G.Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti, ham sub’ektidir. A.N.Leontev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday ta’rif beradi: shaxs - bu faoliyat sub’ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan: jamiyatda o‘z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs - bu tashqi ta’sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi ichki shart-sharoitlar majmuasidir.

Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin ayniyat bo‘lmagan tushunchalar qo‘llanilib kelinadi, chunonchi: odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish uchun har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.

1. Odam: sut emizuvchilar sinfiga dahldorlik, biologik jonzod ekanligi odamning o‘ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik, qo‘llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi uning o‘ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzod sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o‘zgartirish imkoniyatiga ham egadir.

2. Shaxs. Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivojlanuvchi, til yordami bilan, boshqa kishilar bilan muloqot (muomala) ga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi.

3. Individuallik. Har qaysi inson betakror o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shaxsning o‘ziga xos qirralarining mujassamlashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individual shaxsning intellektual, emotsional va irodaviy sohalarida namoyon bo‘ladi.

Sobiq sovet psixologiyasida eng ko‘p tarqalgan shaxsning tuzilishiga oid materiallar bilan qisqacha tanishib o‘tamiz.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin