Faoliyatni bajarish usullarining anglashilmovchi
regulyatorlar (avtomatlashgan xulq—atvor stereotiplari va
operatsion ustanovkalar) uni kechishining barqaror va yo‘nalgan
xususiyatini ta’minlaydi. Ular avtomatlashgan va ixtiyorsiz
harakatlar regulyatsiyasi negizida yotadi (masalan, topshiriqni yechish jarayoni) va anglashilmagan hodisalarni oldindan sezish, payqash) obrazlari harakat usullari bilan shartlangan bo‘lib, turli vaziyatlardagi o‘tmish tajribalariga bevosita tayanadi. Avtomatlashgan odatiy xulq—atvor yo‘lida kutilmagan to‘siqlar paydo bo‘lganda ular sub’ekt tomonidan anglashinishi mumkin.
Anglashilmagan avtomatlashgan xulqning psixofiziologik mexanizmlari to‘g‘risidagi ilmiy tasavvur, nazariya N.A.Bernshteynning «Xatti —harakat tuzilish darajalari» konsepsiyasida ishlab chiqilgan.
Subsensor idrok qilishning vujudga kelishi. Ongsizlikning tabiati to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurlarning tobora o‘sishi, uni paydo bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari, keltirib chiqaruvchi mexanizmlari va funksiyalari inson xulq — atvorining regulyatsiyasi, shaxs hayotining yaxlit ob’ektiv manzarasini yaratishning zarur shart —sharoiti hisoblandi. Lekin bu muammo hali to‘laqonli ilmiy ma’lumotlarga ega emas, xuddi shu sababdan uning psixofiziologik asoslari, mexanizmlari, harakatga keltiruvchi kuchlar to‘g‘risida atroflicha mulohaza yuritish imkoniyatini bermaydi.
Dostları ilə paylaş: |