Faoliyat tuzilishining tasnifi
-
|
oddiylar
|
|
mantiqiy
fazoviy
zamoniy
stoxastik (yunon stochasis-farosat)
|
Tuzilmalar
|
|
murakkablar
|
ehtimollar algoritmi -
(mantiqiy stoxastik)
mantiqiy-fazoviy
mantiqiy stoxastik zamoniy
|
Faoliyatni bilish
-
faoliyat sifatida
|
o‘quv ilmiy
|
morfologiya
aksiologiya
praksiologiya
ontologiya
|
Bilish
|
Modellar
|
tadqiqot
|
|
laboratoriya yarim tabiiy
|
|
|
|
|
|
modellarda yoki
|
Modellashtirish
|
loyihalash
|
|
ishlab chiqish
|
|
|
|
|
|
|
modellar
rang-barangligi
|
Baholash
|
|
eksperimental, ekspert hisoblash
|
Faoliyat tuzilishi (A.N.Leontev bo‘yicha)
Gurux xaqida tushuncha. Ijtimoiy psixologiyada kichik guruxlar muammosi. Kichik guruxlar tasnifi. Kichik guruxlardagi dinamik jarayonlar. Jamoa. Gurux. Gurux va jamoalarda liderlik muammosi. Guruxdagi shaxslararo munosabatlar. Gurux va jamoani boshkarish. Boshkarish uslublari.
Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni. Motivlarning turlari. Motivatsiya xakida ilmiy nazariyalar. Motivlarning inson faoliyatidagi urni.Mulokot va shaxslararo munosabat psixologiyasi
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o‘ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo‘lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va konsepsiyalar mohiyati jihatdan farqlanuvchi g‘oyalar va yo‘nalishlar mujassamlashdi. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ushbu mualliflarning qarashlari oldingi bobda berilganligi uchun ularga qaytatdan to‘xtalishga hojat yo‘qdir. Rus va sobiq sovet psixologiyasi vakillaridan tashqari Yevropa va Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 (o‘ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat qilamiz: interospektiv psixologiya, bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, psixoanaliz, strukturaviy psixologiya, assotsianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar.
Bixeviarizmning asoschisi Dj.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya’ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o‘zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Bixeviorizm uchun «xulq» asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o‘tilgandir. Shunga qaramasdan, ba’zi bixevioristlar, jumladan E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivatsiyasiga muayyan darajada e’tibor qilganlar. Ular o‘zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari» ni o‘rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisbatan namoyon bo‘lish xususiyati, har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to‘g‘risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb hisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi qo‘zg‘atuvchilar, drayvalar paydo bo‘lishiga asoslangan bo‘lib, ular insonning organik ehtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg‘unlashuvi tariqasida tahlil etiladi. Ularning ta’kidlashiga ko‘ra, ikkilamchi qo‘zg‘ovchilar organik qo‘zg‘atuvchilarning go‘yoki qobig‘iga o‘xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871-1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni asoslash uchun tug‘ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqelikni bog‘lab tushuntirishga harakat qilgan. Uning fikricha, tug‘ma instinktlar ham insonlarga, ham hayvonlarga bir tekis taalluqli bo‘lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida hukm surishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |