Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Shaxsning shakllanishida motivatsiyaning roli



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə63/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Shaxsning shakllanishida motivatsiyaning roli


A. Insonning motivlar oqimi to‘g‘risidagi mulohazalari.

Insonning motivlari tuzilishini, ularning asosiy funksional mexanizmlarini hamda shakllanish jarayoniga yo‘naltirishning strategik rejasini ishlab chiqish muam­mosini psixologik jihatdan tushuntirish uchun bolaning psixik rivojlanishi tahliliga o‘ziga xos ravishda taktik yondashish ma’qul.

Shaxsning motivlari oqimi muammosi uning ham me­todologik, ham nazariy munosabatni tekshirish demakdir. Chunki to hozirgi davrgacha sobiq sovet psixologiyasida uning ko‘pgina qismlari o‘z yechimini topa olmagan.

g‘arb mamlakatlari hamda AQSh psixologlari orasida «biologik ehtiyojlar asosida inson motivlari yotadi», degan qarashlar majmuasi keng ko‘lamda qo‘llanib kelinmoqda. Chunonchi, AQSh psixologi B.Damellning fikricha, to‘qimada vujudga kelgan ehtiyojlar qo‘zg‘atuvchining asosiy manbai hisoblanadi. Mazkur g‘oya yuzasidan mulohaza yuritgan Danlep esa «qo‘zg‘alish biologik to‘qimalardan chetga chiqmaydi», degan fikrga qat’iy ishonadi. Gilfordning ta’kidlashicha, faollikning birlamchi manbai ovqatdan» iboratdir. Lekin muallif o‘z fikrini izchil ochib berishga intilmaydi.

Bu vaziyatni baholashda psixologik muammolar oqimi bilan motivlarning biologik oqimi o‘rtasida yuz beruvchi o‘zaro o‘rin almashishning sodir bo‘lishini mulohaza doira­sidan tashqari chiqmaslik lozim. Chunki biologik shart­langan reja faollik manbai o‘zaro o‘rin almashish jara­yonlari assimilyatsiya va dissimilyatsiya sifatida namoyon bo‘ladi. Holbuki biologik holatlar psixik jarayonlarning moddiy asosini tashkil qiladi. Xuddi shu boisdan, ular birlamchi manba va psixik faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi.

B. Ilk bolalik yosh davrida xulq-atvor motivlari.

Ikki-uch yoshli bolaning motivlari tuzilishi kri­stallashmagan (amorf)ligi bilan, shuningdek, ularning qat’iy ierarxiyasi yo‘qligi bilan tavsiflanishi namoyon bo‘ladi. Bola shaxsiga aloqador motivlar tizimi bir qator motivlar yig‘indisini ifodalovchi, o‘zaro bir-biri bilan tasodifiy o‘rin almashib turish xususiyatiga egadir. Mo­tivlarni o‘zaro o‘rin almashish jarayonida yagona anglashish darajasidagi nazorat tizimiga bo‘ysunmaydi.

S.L.Rubinshteyn bolalik davrining motivlariga quyidagicha psixologik tavsif beradi: «Bevosita bolaga ta’sir etuvchi har bir qo‘zg‘atuvchi (qo‘zg‘ovchi) ilk bolalik davrida uning o‘sishida hukmronlik qiladi. Chunki undagi ichki motivlar hali mustahkam emas, shuning uchun har xil vaziyatda bola boshqa qo‘zg‘atuvchi hukmronligiga tobe bo‘lib qolishi mumkin. Shu boisdan beqaror, kuchsiz, betartib mo­tivlar xuddi shunday xatti-harakatlarga bog‘liq. Muallif vaziyatning stixiyali ta’siri haqida mulohaza yuritib, u bolalik beixtiyor intilishining xulq-atvorga ta’sirini ko‘rsatib turishini ta’kidlaydi.

Nazariy va amaliy ma’lumotlarga asoslanib, ilk bola­lik davridagi individning xulq-atvori, birinchidan, im­pulsivlik bilan, ikkinchidan, vujudga kelgan vaziyat xu­susiyati bilan tavsiflanadi. Shaxsni boshlang‘ich genetik qobig‘idagi shakllanish pallasidagi motivining dinamik asosi – xatti-harakati qo‘zg‘alishini muvaqqat, tor muhi­tidan tashkil topadi. Chunki bola hali motivlashgan usta­novkalarni uzoq vaqt ushlab tura olmasligi sababli u tez yo‘qoladi. Muhim ahamiyat kasb etuvchi qo‘zg‘alishlarda bola chalg‘isa, demak, ularni u tezda esdan chiqaradi. Ehtiyoj qondirilishida, affektiv reaksiyalarda, chalg‘ish jarayonida qo‘zg‘alish berilgan vaqt doirasidan chetlashadi.

Psixologik doiradagi boshqarishning o‘ziga xos vosi­talari, faoliyatni tashkil etishni ta’minlovchi motivlar – inson faoliyatining energetik darajasini strukturaviy aks ettiradi. Bolaning intellektual darajasi va bilim­larning yetarli emasligi oqibatida kichik bir amaliy taj­riba yaqqol amaliy faoliyat muhitini siqib chiqarishi mumkin. Bola biron-bir ob’ektga yo‘naltirilgan faoli­yatni, uni boshqarishni yuksak funksional-energetik bosqichida motivlarni o‘z holicha uzoq vaqt saqlab yurish imkoniyatiga ega emas.

Inson faoliyatining samaradorligi (mahsuldorligi)ni oshirish haqidagi psixologik usulning rolini L.S.Slavina III-IV sinf o‘quvchilarida tajriba yo‘li bilan dalillab berdi. L.S.Slavina murakkab va uzoq davom etadigan fao­liyatlarni tahlil qilish kezida uni nisbatan mustaqil va sodda tarkibiy qismlarga ajratib chiqadi hamda ularning har birini alohida nazorat qilish kerak, binobarin, uni xuddi mustaqil faoliyat strukturasining takomillashuvi va rivojlanishi natijasidagina motivlar tuzilishining ta­komillashuvi va rivoji namoyon bo‘ladi. Muallifning fikriga qaraganda, xulq-atvorning muayyan maqsadga bo‘y­sundirilishi kichik maktab yoshining pirovard bosqichida amalga oshirilib, mazkur bosqich ixtiyoriy xulq-atvor shakllanishining boshlang‘ich davri bo‘lib hisoblanadi.



Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin