Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari
Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunlari asosida sodir bo‘lishi mumkin, chunki uni yuzaga keltiruvchi stimullar birinchi signallar tipidagi qo‘zg‘atuvchilardan iboratdir (masalan: “Marsh”, “Salom”).
Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson “signallarning - signali” (I.P.Pavlov) tarzdagi so‘zlardan foydalanishi mumkin. Mazkur jarayon bosh miya katta yarim sharlarining po‘stida amalga oshadi.
P.Broka (1861 y.) miya po‘stining ma’lum qismi (miya chap yarim shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa, bemorlarda nutq artikulyatsiyasining buzilishini kasb etgan va “so‘z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz” deb atagan.
K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshona qismining tepa tomonida “so‘zlarning sensor obrazlari” joylashgan deb dalillashga harakat qiladi.
P.K.Anoxin – nutq jarayonini ta’minlashda juda ham sodda elementar “stimul-reaksiya” tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutq vositasi bilan fikr bayon qilishni ichdan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik tuzilishiga ega bo‘lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar.
Dostları ilə paylaş: |