Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi


Modul-5. Dikkat, Sezgi ,Idrok



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə80/258
tarix18.02.2022
ölçüsü1,78 Mb.
#52803
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   258
Andijon davlat unibersiteti psixologiya kafedrasi

Modul-5. Dikkat, Sezgi ,Idrok

Reja

1. Dikkat xakida tushuncha. Dikkatning asosiy xususiyatlari.

2. Sezgilar tugrisida tushuncha Sezgi xususiyatlari.

3. Idrok xakida tushuncha .Idrokning konuniyatlari, xususiyatlari



Tayanch suz iboralar: Dikkatning nerv-fiziologik asoslari. Dikkat turlari. Dikkatning rivojlanishi.

DIQQAT psixik faoliyatning yunaltirilishi va shaxs uchun axamiyatli bulgan ob’ekt ustida tuplanishdir. Yunaltirilishi deganda psixik faoliyatining tanlovchilik xarakteri, ob’ektni ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tanlash tushuniladi. Ukuvchi maktabda o’qituvchiining tushuntirishlariga kulok solayotganda, mana shu eshitish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uz dikkatini etishish faoliyatiga ongli ravishda karatgan buladi. Ukuvchining biror boshka narsaga chalgimasdan, ukuv materialining mazmuniga zexn kuyib utirishida uning dikkatini yunalishi ifodalanadi. Psixik faoliyatning yunaltirilishi deganda fakat ana shu faoliyatni tanlash tushunilib kolmay, balki ana shu tanlaganini saklab kolish va kullab – kuvvatlash xam tushuniladi.

Dikkat psixik faoliyatining yunaltirilishi bilan birga uning tuplanishini takozo kiladi. Psixik faoliyatning bir joyga tuplanishi – mazkur faoliyatga xech kanday alokasi bulmagan xamma boshka narsalardan dikkatni chalgitish demakdir. Dikkatning bir joyga tuplanishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi – kupmi chukur e’tibor berish tushuniladi. Dikkat xar kanday faoliyatning muxim shartidir. Dikkatsiz xatto eng oddiy ishlarni xam bajarish mumkin emas. Dikkat mexnatning barcha jarayonida, ijodiy faoliyatda, ukishda ayniksa katta axamiyatga ega. K.D.Ushinskiy «Dikkat ruxiy xayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongizgizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orkali utib kiradi», - deb yozgan edi. Dikkatning nerv – fiziologik mexanizmini I.P Pavlovning yozishicha orientirovka refleksi tashkil etadi. Buni Pavlov «bu nima» refleksi deb xam atagan edi. Bundan tashkari, dikkat ma’lum nerv markazlarining kuzgolishi va miyadagi boshka nerv markazlarining tormozlanishi bilan xam boglikdir.

I. P. Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv protsesslarining induksiyasi konuni dikkatining fiziologik asoslarini tushunib olish uchun muxim axamiyatga egadir. Mana shu konunga muvofik bosh miya pustining bir joyida paydo bulgan kuzgolish bosh miya pustining boshka joylarida tormozlanshni yuzaga keltiradi. Va aksincha, bosh miya pustining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish bosh miya pustining boshka joylarida kuchli kuzgolishni paydo bulishiga olib keladi. Ayni shu paytning xar bir onida miya pustida kuzgolish uchun optimal, ya’ni nixoyatda kulayligi bilan xarakterlanuvchi kuchli kuzgolish uchogi mavjud buladi. A.A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan DOMINONTA prinsipi xam dikkatning fiziologik asoslarini aniklash uchun katta axamiyatga ega. Shu dominantalik prinsipiga muvofik miyada kuzgolishning xar doim ustun turadigan xukmron uchogi ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kelayotgan xamma kuzgolishlarni kandaydir ravishda uziga tortib oladi va buning natijasida boshka kuzgolishlarga nisbatan uning xukmronligi yanada oshadi.

Odatda dominonta subdominontaga, subdominonta esa dominontaga utib turadi. Bu esa dikkatning bir narsadan ikkinchi narsaga kuchib turishining nerv fiziologik mexanizmini tashkil etadi. Kurinib turibdiki, Pavlov bilan Uxtomskiy ta’limotlari bir – biriga karama – karshi emas, balki mazmun jixatdan uxshashdir. Jiddiy dikkat, odatta uziga xarakterli bulgan tashki ifodalar bilan boglik buladi, narsani yaxshilab idrok kilishga karatilgan xarakatlar bilan /tikilib karash, dikkat bilan eshitish/, ortikcha xarakatlarni tuxtatish, nafas olishni sekinlashtirish, dikkat uchun xarakterli bulgan yuz xarakterlari bilan boglik buladi. Dikkat uch turli buladi: ixtiyorsiz dikkat, ixtiyoriy dikkat, ixtiyoriydan keyingi yoki muvofiklashgan dikkat.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin