71
Bu tushunchalar o‘rtasida chegara qanday? Afsuski bu baholash kriteriylari hamma
tuzatish koloniyalari uchun yagona hisoblanadi va haqiqiy jarayonlarni mos ravishda aks
ettirmaydi.
Demak, tuzatish ta’sir ko‘rsatishining samaraliligini belgilovchi aniq ko‘rsatkich ozod
etilgandan so‘ng jinoyatchining hulqi retsidivi (qayta takrorlash) hisoblanadi.
Balog‘atga etmagan huquqbuzarlar uchun tuzatish ta’sir ko‘rsatishi amaliyotida jazo
turlarini qo‘llashni kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish
jazo turiga muqobil jazolar turlaridan biri qisqa muddatga qamoqqa olish bo‘lishi mumkin, bu
usul Evropa mamlakatlarida keng qo‘llaniladi. SHartli ravishda hukm etish haqida gapirsak
jazolashning bu turiga juda ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak va uni qo‘llanilgan o‘smirlarni
aniq nazorat qilish kerak bo‘ladi. Bu talab bajarilmaganda o‘smirlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan
bo‘ladi va qilgan jinoiy harakatlari uchun jazolanmasligini his qiladi.
Balog‘atga etmaganlar huquqbuzarlik va retsidiv jinoyatchiliklarini profilaktika qilishda
istalgan samaraga ular bilan tarbiyaviy ishlarga ijtimoiy pedagog-professionallarni jalb
etilgandagina samaraga erishish mumkin. Penitensiar
19
tashkilotlar boshida bunday yuksak va
qiyin masalani hal etishga qodir bo‘lgan – yuristlar, psixologlar, ijtimoiy pedagoglarning eng
yaxshilari turishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: