Vasiylik va himoyasiga olish – Yetim bolalarni va ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarni
boqish va tarbiyalash hamda ularni huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun joylashtirish
shakli; huquq va manfatlarini himoya qilish 14 yoshga etmagan bolalar ustidan, vasiylik 14-18
yoshgacha bolalar ustidan o‘rnatiladi.
Farzand qilib olish – farzand qilib olinayotgan va farzand qilib olayotganlarga ota-
onalar hamda bolalar o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan kabi huquq va majburiyatlarni berish yuridik
akt.
Davlat qaramog‘iga olish – farzand qilib olinayotgan bolaga (Yetim bolaga) uni
tarbiyalash va rivojlantirish uchun qulay, zarur sharoitlar yaratib berilgan maxsus tashkilotlarga
joylash
Anomal bolalar – me’yoriy psixik va (yoki) jismoniy rivojlanishda og‘ishganlik holatida
bo‘lgan hamda ularning asoratlarini engib o‘tishda maxsus korreksiya (tuzatish) metodikalarini
qo‘llanilishiga muhtoj bolalar.
Iqtidorlilik – me’yordagi yosh ko‘rsatkichlariga nisbatan aqliy rivojlanishida odinda
bo‘lgan yoki rivojlanishida maxsus iste’dodi bo‘lgan (musiqa. badiiy ijodda va h.k) bolalar.
Ijtimoiy me’yor – Jamiyat hayotiga muvofiq belgilangan madaniy qadriyatlarga monand
va jamiyatning barqarorligi hamda yaxlitligini ta’minlovchi huquqiy, ma’naviy-axloqiy xo‘lqiy
va insonlar faoliyatini, hatti-harakatini boshqaruvchi standartlar.
Deviant xulq -Ijtimoiy va axloqiy me’yorlarga mos kelmaydigan, guruhlar yoki yaxlit
jamiyat uchun muvofiq bo‘lmagan xulq-atvor.
Delikvent xulq - O‘rnatilgan huquqiy me’yorlarni buzuvchi va huquqbuzarlikka olib
keluvchi hatti-harakatlarni sodir etuvchi hulq-atvor.
Qarovsizlik –Ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan tarbiyalash
haqidagi g‘amxo‘rlik qilinmaydigan bolalarning xulq-atvori, nazoratsiz qoilishi.
Ijtimoiy-pedagogik profilaktika- negativ xulq-atvorli bolalarning ijtimoiy og‘ishganlik
holatlariga olib boradigan asosiy sabab va sharoitlardan ogohlantirishga yo‘naltirilgan tashkiliy-
tarbiyaviy chora-tadbirlar yoki sog‘lig‘i sababli jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan (nogiron
bolalar), ijtimoiy maqomi o‘zgargan (Yetim bolalar), hulqiy og‘ishgan (qarovsiz bolalar),
huquqbuzar bolalar va boshqalarning oldini olish choralari.