Reja: 1. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti va ob’ekti.
2. Bolaning o‘sishi haqida tushuncha. Bolaning o‘sishida biologik va ijtimoiy asoslar.
3. Bola kamolotida muhitning ta’siri.
4. Ijtimoiy pedagogika mezonlari. Ijtimoiy pedagogik faoliyat.
5. Ijtimoiy ta’lim (o‘qitish). Ijtimoiy tarbiya.
6. Ijtimoiy pedagogika prinsiplari: a) tarbiyaning tabiat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi; b)
madaniyat bilan uyg‘un bo‘lish prinsipi; v) gumanizm prinsipi.
Asosiy tushunchalar: ijtimoiy pedagogika, sotsializatsiya (ijtimoiylashuv), sotsium,
ijtimoiy rol, ijtimoiy maqom, mezon va prinsiplar, ijtimoiy pedagogik faoliyat, ijtimoiy ta’lim va
tarbiya, tabiatlashuv, madaniyatlashuv, gumanizm
Ijtimoiy pedagogika predmeti va ob’ekti Ijtimoiy pedagogika fan sifatida pedagogikadan ajralib chiqdi. Uni o‘rganilish jarayoni va
ko‘rinishi pedagogika fani tomonidan o‘rganadigan, biroq o‘ziga xosligi aniq bir sohani
o‘rganish jihatdan tadqiq qilinadi. Pedagogika fani bu yangi tarmog‘ining o‘ziga xosligi
“ijtimoiy” so‘zida namoyon bo‘ladi.
“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning
birgalikdagi hayoti bilan bog‘liq bo‘lib, ularning muomala va bir-biriga ta’sirining turli xil
shakllari birlashtiradi.
Pedagogika – bu fan sifatida o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi va ta’limi haqidagi fan
bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika esa tarbiya va ta’limning bolalar hayotining jamiyatdagi o‘rnini
belgilab beradi. Bu jarayon bolaning jamiyatga “kirishi”, ularning ma’lum bir ijtimoiy tajribaga
ega bo‘lishi (bilim, boylik, o‘zini tutish qoidalari, yo‘naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv)
deb yuritiladi.
Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi. Har qanday
jamiyat shunga intiladiki, har bir bola ma’lum ijtimoiy va ahloqiy qadriyatlar tizimiga, shu
jamiyat me’yor va qoidalariga ega bo‘lishi, shu jamiyatda yashash uchun, teng huquqli a’zosi
bo‘lishga intiladi.
Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sir etuvchi
ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab
shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola
jamiyat me’yorlari va ahloq qoidalarini o‘zlashtiradi. SHunday ijtimoiy institutlarni
ijtimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim, madaniyat va din kabilar
kiradi.
Oila – ijtimoiylashishning etakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi,
ahloqiy mohirlik va ko‘nikmani oladi, ma’lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o‘zlashtiradi,
hayotida nima kerak bo‘lsa shu jamiyatdan oladi.
Ta’lim – talim orqali bola bu jamiyatga hukmronlik qilayotganlarni baholay oladi.
Ta’limda bilim olish jarayonida, u nafaqat rivojlanadi, balki jamiyatdagi hayotga moslashadi.
Madaniyat – bu shunday ijtimoiy institutki, insoniyat o‘zi uchun yaratilgan moddiy va
ma’naviy boyliklarni tanlaydigan maskan. Bolaga uning shakllanish jarayonida adabiyot,
musiqa, rasm, ommaviy axborot vositalari va boshqalarning ta’siri tegadi.
Din – ijtimoiy institut sifatida murakkab ijtimoiy ko‘rinishga ega. Bir butunicha tizimda
alohida tasavvur, sezgi, ibodat harakatlari, tashkilotlar va sig‘inuvchilarning turli xil
birlashmalari mavjud. Doimiy axloqiy qadriyatlar, islom, xristian (yaqinlarga sevgi va
6
g‘amxo‘rlik, halollik, chidamlilik, yaxshilik, mehr-muruvvatlilik va b), diniy bayram va
an’analar, diniy musiqa va boshqalar bolaning jamiyatdagi ahloqiy me’yorlari ta’sir etishi
mumkin.
Bolaning jamiyatga chiqish chizmasi – sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi)