Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha ta



Yüklə 292,8 Kb.
səhifə10/15
tarix15.02.2023
ölçüsü292,8 Kb.
#84397
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
маруза

Elektron ta`lim resurslari:
www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
www. ziyonet.uz
www. edu.uz

5-Mavzu. Maktabgacha ta’lim bo‘limlari va ularning tuzilishi.
Reja:
1. Maktabgacha ta’limga rahbarlik. 
2. Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni. 
3.Ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarida ta’lim tizimini boshqarish.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston RespublikasiXalq ta’limi vazirligi, viloyat va Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari maktabgacha ta’limni boshqarishning vakolatli organlari hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat va Toshkent shahar 


Xalq ta’limiboshqarmalari, tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklariga bo‘ysunadi. Viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi boshqarmasi turli shakldagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini shakllantirish va rivojlantirish ishlarini boshqaradi. U maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash, yangi muassasalarni qurish, mablag‘ bilan ta’minlash, 
kadrlar tanlash ishlariga ko‘maklashadi, kadrlarni tayerlash va malakasini oshirish ishlarini
yo‘lga qo‘yadi, uslubiy qo‘llanmalar va ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlaydi, idoralar, jamoat tashkilotlari, ota-onalar faoliyatini muvofikdashtiradi. 
Kengash tarkibiga homiylik qiluvchi muassasalarning xodimlari, ota-onalar, o‘rta maktab, maktabgacha ta’lim, tibbiy yordam, mahalla qo‘mitasi vakillari
kiritiladi. Maktabgacha ta’lim mudirasi tegishli tuman maktabgacha ta’limi bo‘limi tomonidan tayinlanadi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati asosan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 
Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari — maktab, maktabgacha ta’lim va maktabdan tashqari, maktab internatlar, akademik litsey va kollejlarga rahbarlik qiluvchi yuqori organlar hisoblanadi. 
Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi: 
—maktabgacha ta’lim; 
Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarga umumiy rahbarlik va
zir tomonidan amalga oshiriladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha rahbarlik vazir o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi zimmasiga mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini 
rivojlantirish, muassasalar faoliyatiga rahbarlik qilish va uni nazorat etish vazifasi yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston
Maktabgacha ta’limi vazirligi faoliyatiga ko‘maklashadi va ish rejalarini tasdiqlaydi. Vazirlik «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa me’yoriy hujjatlarga tayangan holda faoliyat yuritib, maktabgacha 
ta’lim, umumiy, o‘rta maxsus va malaka oshirish institutlari tizimini takomillashtirish, respublikada pedagogika fanini taraqqiy ettirish ishlariga rahbarlik qiladi. 
Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
-umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy tajriba, xalqning ko‘p asrlik ilmiy va madaniy 
an’analarini, jamiyatning kelgusi taraqqiyotini hisobga olgan holda, respublikaning intellektual va ilmiy imkoniyatini rivojlantirish, o‘zining jamiyat, oila va 
davlat oldidagi mas’uliyatini anglaydigan, har tomonlama etuk, erkin shaxsni
shakllantirish maqsadida ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish; 
-ta’lim strategiyasini ishlab chiqish, uning rivojlanish istiqbolini belgilash va
rejalashtirish, ta’lim tizimining xalq xo‘jaligi boshqa sohalari bilan o‘zaro munosabati tartibini takomillashtirish; 
ta’lim mazmunini muntazam yangilab turish hamda ta’limning jahon andozalariga, aholining milliy, yosh va boshqa guruhlari ehtiyojlariga javob beradigan yangi 
mazmuni ishlab chiqilishini ta’minlash; 
kasb ta’limi olish va yangi„ijtimoiyiqtisodiy sharoitlardagi faoliyatga tayyorlanish uchun yoshlarning umumiy o‘rta va bazaviy ta’limi konsepsiyasini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish; 
bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish, chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ta’lim ilmiypedagog xodimlar tayyorlash va ulardan foydalanishni takomillashtirish, ta’lim sohasi xodimining jamiyatdagi ijtimoiy maqomini ko‘tarishni amalga oshirish sohasilagi kadrlar siyosatini ro‘yobga chiqarish; 
-o‘quvtarbiya jarayoni sifatiga davlat bahosini berish, davlat tasarrufida bo‘lgan va davlatga qarashli bo‘lmagan ta’lim muassasalarida ishchilar va mutaxassislar 
tayyorlash; 
-ta’limning moddiy negizini rivojlantirish va texnika bilan qayta jihozlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy ta’limni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli buyumlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarini belgilash; 
ta’lim masalalarida xalqaro, davlatlararo darajalarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini bel-gilangan tartibda ifodalash; 
ta’lim muassasalarida, ularning idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, o‘quv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni muvofiqlashtirish, vazirliklar, davlat qo‘mitalari 
idoralar bilan birgaliqda ta’lim sifatini oshirish, bolalar va yoshlar tarbiyasi bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish. 


Yüklə 292,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin