Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha ta


Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni



Yüklə 292,8 Kb.
səhifə11/15
tarix15.02.2023
ölçüsü292,8 Kb.
#84397
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
маруза

Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni. 
Maktabgacha ta’lim boshqarmasining vazifalari quyidagilardan iborat: 
maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga rahbarlik 
qilish; 
—maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya va tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik qilish
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktabgacha ta’lim konsepsiyasida va sohaga oid boshqa qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat qilish; 
aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib etish va ommalashtirish ishlarini 
muvofiqlashtirish; 
«ILK QADAM» dasturini takomillashtirish ishlariga rahbarlik qilish; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oilada bolalarga ta’lim-tarbiya berishning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash; 
pedagogika fani va amaliyoti yutuqlari asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya dasturlarini takomillashtirib borish; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish; 
bo‘ysunishidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati ustidan 
nazorat qilish; 
maktabgacha ta’lim muassasalari uchun kadrlar tayyorlash va malakasini
oshirish ishlariga rahbarlik kilish
xorijiy mamlakatlarning maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyatini boshqaradigan idoralar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim
boshqarmasi unga topshirilgan faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha vazirlikning
boshqarma va bo‘limlari,viloyat, shahar, tuman maktabgacha ta’lim
boshqarmalari (bo‘limlari), Iqtisodiyot, Sog‘liqni saqlash vazirliklari,
Pedagogika fanlari akademiyasi, shuningdek, qaramog‘ida maktabgacha ta’lim muassasalari bo‘lgan tarmoklarning tegishli bo‘linmalari bilan amaliy
hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. 
Maktabgacha ta’lim boshqarmasining ish mazmuni quyidagilardan iborat: 
ta’lim-tarbiya va tashkiliy-pedagogik ishlarga rahbarlik qilish;
ijtimoiy maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash; 
viloyat, shahar, tuman maktabgacha ta’limi bo‘limlari, maktabgacha ta’lim 
boshqarmalari (bo‘limlari) tomonidan me’yoriy, instruktiv, metodik-dasturiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish; 
ichki mehnat tartibi to‘g‘risida nizom, yo‘lyo‘riq va qoidalarni ishlab chiqish 
(kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda);
muassasalar tarmog‘i taraqqiyotining istiqboli, yillik, xalq xo‘jaligi va
davlat rejalarini tuzishda, kapital qurilish, kadrlar tayyorlash, pedagogik 
mahoratni oshirish va uni nazorat qilishda ishtirok etish, namunaviy binolar
loyihasini
ishlab chiqish, muassasalar uskunalar va o‘quvko‘rgazma qo‘llanmalariga bo‘lgan talabini aniqlash; 
bolalar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish,
uning bajarilishini nazorat qilish; 
-ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining ishini tashkil etish; 
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash borasida to‘plangan ilg‘or
xorijiy tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish; 
-mehnatkashlarning arizalari, xat va shikoyatlarini ko‘rib chiqish va tegishli 
qarorlar qabul qilish va hokazolar. 
Viloyat, shahar boshqarmalari bevosita Maktabgacha ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi.
Viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi bo‘limlarida maktabgacha ta’lim sektori 
mavjud bo‘lib, u mazkur hududda joylashgan muassasalar faoliyatini boshqaradi,ularning ishini nazorat qiladi, pedagog xodimlar malakasini oshirish
tadbirlari ham ular zimmasidadir. Tumanmaktabgacha ta’limi bo‘limi shu hududda joylashgan barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, ular qaysi idora va tashkilotlarga bo‘ysunishidan qat’i nazar, nazorat etadi.


Yüklə 292,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin