O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA KAFEDRASI
MAKTABGACHA TA’LIMDA BOSHQARUV VA MENEJMENT
O‘ Q U V–U S L U B I Y M A J M U A
(sirtqi bo‘lim 4-kurs)
Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Ta`lim yo`nalishi:
|
100000 –
110000 –
5111800 –
|
Gumanitar
Pedagogika
Maktabgacha ta’lim
|
Andijon – 2022
Fanning ishchi o‘quv dasturi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligining 2022-yil ___-avgustdagi ______-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
I.A.Oxunov -
O.Sodikova -
|
|
Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim kafedrasi v.b.dotsenti.
Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi.
|
Taqrizchi:
F.Komilova -
|
Umumiy pedagogika kafedrasi dotsenti, Pedagogika
fanlari doktori (PhD).
|
|
O‘quv-uslubiy majmua Andijon davlat universiteti Kengashining 2022-yil ___ -_____dagi ___-son yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va foydalanishga tavsiya etildi.
MUNDARIJA
|
|
|
1.
|
O‘QUV MATERIALLLARI
|
|
1.1
|
MA’RUZA MATERIALLARI
|
|
1.2
|
SEMINAR MASHG‘ULOTLARI
|
|
1.3
|
AMALIY MASHG‘ULOTLARI.
|
|
|
|
|
2.
|
MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI
|
|
|
|
|
3.
|
GLOSSARIY
|
|
|
|
|
4
|
ILOVALAR
|
|
4.1
|
FAN DASTURI
|
|
4.2
|
ISHCHI DASTUR
|
|
4.3
|
TARQATMA MATERIALLAR
|
|
4.4
|
TESTLAR
|
|
4.5
|
BAHOLASH MEZONLARI
|
|
4.6
|
BOSHQA MATERIALLAR
|
|
4.7
|
OQ’UV USLUBIY MAJMUANING ELEKTRON VARIANTI
|
|
O‘QUV MATERIALLLARI
1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisining metodik ishlarga rahbarligi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubiy boshqaruvida uslubchi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari.
Reja:
1. Maktabgacha ta`lim tashkiloti uslubchisi lavozimi mohiyati.
2. Uslubchining huquqi va vazifalari.
3. Uslubchiga qo‘yilgan talablar.
4. Uslubchining metodik ishlarga rahbarligi mazmuni va shakllari.
Yangi tahrirdagi “Ta`lim to‘g‘risida Qonun”ning «Ta`lim tizimi boshqarish» nomli 4-bo‘limi, 25-moddasida shunlay deyiladi: Ta`lim sohasida yagona davlat tizimini amalga oshirish Davlat boshqaruv organlariga rahbarlik qilish ta`limni rivojlantiruvchi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish har bir rahbarning bosh vazifalaridan biridir. Maktabgacha ta`lim to‘g‘risidagi Nizomda ham maktabgacha ta`lim tashkilotlarini boshqarish va kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshirish, rahbarning huquq doirasi kafolatlari belgilab berilgan. Maktabgacha ta`lim tashkiloti ustavida har bir bolalar tashkiloti tomonidan qabul qilingan ustaviga binoan uslubchining ish jarayonida huquq va vazifalari aniqlab belgilab beriladi, ya`ni uslubchi, birinchidan, oliy yoki o‘rta maxsus ma`lumotiga bo‘lgan yetakchi metodik jihatdan kuchli ma`naviy, siyosiy ongi, dunyoqarashi keng tadbirkor, kamida bitta xorijiy tilni biluvchi pedagoglardan tayinlanadi. Shuningdek, uslubchi quyidagilarni bilishi lozim:
maktabgacha bolalar tashkilotidagi ta`lim-tarbiyaviy ishga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
«Ilk qadam» dasturining bajarilishini ta`minlaydi va nazorat qiladi, ta`lim - tarbiyaviy ishning to‘g‘ri uyushtirilishi uchun javobgar;
ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, pedagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi;
maktabgacha bolalar tashkilotidagi metodik kabinetning ishini tashkil qiladi; bolalarnnng yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yinchoqlarni tanlaydi;
ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni tashviqot qilish, turli guruh tarbiyachilari, shuningdek, maktabgacha bolalar tashkiloti va maktab ishida ketma ketlilikni ta`minlash bo‘yicha ishni uyushtiradi.
Uslubchi oliy pedagogik ma`lumotga (maktabgacha ta`lim bo‘limi) ega bo‘lgan yoki o‘rta pedagogik (maktabgacha bo‘limi) ma`lumotiga va kamida 3 yil pedagogik stajiga ega bo‘lgan eng yaxshi tarbiyachilardan tayinlanadi. O‘z hamkasblarining hurmatini qozonishi va ularga o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun uslubchi qanday rahbarlik sifatlariga ega bo‘lishi kerak?
Uslubchi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmasiga ham ega bo‘lishi zarur. Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: g‘oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga olishiga qarab farqlanadi.
Uslubchi talablarni qo‘yishda talabchan va qat’iy bo‘lishi kerak. Rahbarning o‘ziga bo‘ysunuvchilar bilan muloqotning emotsional - irodaviy tomonini ifodolovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislatini, talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, xayrixohlik, odamlarga hurmat bilan birga olib borish zarur. Talabchanlik - bu qattiqqo‘llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi. Maktabgacha ta`lim tashkiloti uslubchisining ta`lim-tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi uning obro‘si ko‘p jihatdan pedagoglar jamoaning jipslashganligiga, eng avvalo, butun maktabgacha ta`lim tashkilot rahbar yadrosida birlik va o‘zaro tushunishning mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta`minlash; jamoada jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir - birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini rag‘batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta`minlash kabi ijtimoiy - psixologik masalalarini hal qilish uslubchi uchun birmuncha murakkablik qiladi. Har bir yosh mutaxassis ishini endi boshlayotgan yosh tarbiyachi maslahatlar olib turishi uchun unga tajribaliroq murabbiy va obro‘liroq tarbiyachini biriktirish lozim. Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bo‘lmaydi. Mana shuning uchun ham yosh pedagog ishining ilg‘or metodlari va usullarini egallashga, o‘z bilimlarini doimo to‘ldirib borishga, erishilganlar bilan cheklanmay, tarbiya asoslarini egallash ishtiyokini singdirishga yo‘llash uslubchining vazifasi hisoblanadi.
Uslubchining doimiy hujjatlari qatoriga guruhlardagi ta`lim - tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish ishlarini nazorat qilish daftari (jurnali) ham kiradi. Unda uslubchi o‘zining guruhlarda bolalarning o‘quv, o‘yin, mehnat faoliyatlarini o‘rganishga doir ishini; tarbiyachilar ishining sifatini; bolalarning dasturining turli bo‘limlari bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarining tahlili; bolalarning xulq - atvor madaniyati, ma`naviy- irodaviy sifatlarini, jamoada yashash ko‘nikmalarini egallaganlik darajalari va shu kabilarni aks ettiradi. Uslubchi tarbiyachilar ishidagi ijobiy jarayonlarni va kamchiliklarni qayd etadi, ularning qiyinchiliklari va muvaffaqiyatsizliklari sabablarini tahlil qiladi hamda ishni yaxshilashning aniq yo‘llarini ko‘rsatadi//. Maktabgacha ta`lim tashkiloti (yasli - maktabgacha ta`lim tashkiloti) tarbiyachi – uslubiyotchisi lavozimining malaka tavsiflari Maktabgacha ta`lim tashkiloti (yasli - maktabgacha ta`lim tashkiloti) tarbiyachi – uslubiyotchisi lavozimining majburiyatlariga quyidagilar kiradi: a) maktabgacha ta`lim tashkilotisi (yasli - maktabgacha ta`lim tashkiloti) jamoasi o‘quv - tarbiyaviy faoliyatiga metodik uslubchilik qiladi, barcha yosh guruhlarida bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturlarining bajarilishini ta`minlaydi va nazorat qiladi, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko‘rsatadi. b) maktabgacha ta`lim tashkilotisida metodik kabinet ishini tashkil qiladi, bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha yo‘riqnoma - metodik materiallarni umumlashtiradi, ilg‘or tarbiyani o‘rganadi va umumlashtiradi, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qiladi tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish maqsadida maslahatlar o‘tkazadi; v) bolalar tarbiyachisining dolzarb masalalarini pedagogik kengashning muhokamasiga qo‘yadi, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning faol ishtirokini ta`minlaydi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi, ota - onalar orasida pedagogik bilimlarning tashviqoti bo‘yicha, maktabgacha ta`lim tashkilotilar va maktablardagi turli yosh guruhlari bo‘yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta`minlash bo‘yicha ishni tashkil qiladi. Maktabgacha ta`lim tashkiloti (yasli - maktabgacha ta`lim tashkiloti) tarbiyachi - uslubiyotchisi quyidagilarni bilishi kerak: a) ―Ta`lim to‘g‘risidagi, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida‖gi qonunlarini, maktabgacha ta`limga qo‘yilgan davlat talablarining mazmunini, hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta`lim vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, buyruqnomalari, metodik va me`yoriy hujjatlarini, bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konseptsiyasini; b) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini, maktabgacha ta`limga davlat talablarini nazorat qilish shakllari va metodlarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish qoidalarini; v) pedagogik fan va aialiyotda ishlab chiqilgan me`yoriy - metodik hujjatlarni, o‘quv va tarbiya jarayonida o‘qitish texnikaviy vositalardan foydalanish amaliyotini.// Maktabgacha ta`lim tashkiloti (yasli - maktabgacha ta`lim tashkiloti) tarbiyachi - uslubiyotchisi lavozimiga quyidagi malaka talalari qo‘yiladi: a) oliy yoki o‘rta maxsus pedagogik (maktabgacha) ma`lumot; b) uch yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji.
Uslubchining liderlik va boshqaruv jihatlari.
Uslubchi jamoani boshqarishda o‘zi shaxsiy namuna bo‘lishi lozim, ya`ni u barcha ishlarni oldida, boshida bo‘lib yetakchilik qiladi. Umuman olganda ko‘p adabiyotlarda «lider» so‘zini «yetakchi» atamasi bilan almashtirish hollari ko‘p uchraydi. O‘ylashimizcha, «yetakchi» atamasi «lider»ga xos bo‘lgan psixologik tavsifni to‘la ifodalay olmaydi. «Yetakchi» so‘zi guruhga munosabat sifatida, uning a`zolariga ta`sir o‘tkazuvchi va maqsadga yetaklovchi shaxsga nisbatan ishlatiladi. Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali aniqlanadigan shaxs holatidir. Lekin liderga xos bo‘lgan fazilatni ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda liderga xos bo‘lgan asosiy jihatlardan yana biri – shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati tug‘iladi. Biron - bir muammoli vaziyatda paydo bo‘lgan qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik va mohirlik liderga xos fazilatlardir. Muammoni yechish bilan bog‘liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan o‘zining ilg‘orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi. Fikrimizcha, o‘zbek tilida aynan shu ikki ibora - «peshqadam» va «yetakchi» so‘zlari majmuasi lider mohiyatini to‘la ifodalashi mumkin. Nazarimizda, «Yetakchi» so‘zi shaxsning guruhni yetaklashga, boshchilik qilishga bo‘lgan ishtiyoqi mavjudligidan kelib chiqadi. «Peshqadam» iborasi esa ma`lum fazilatlarga ega bo‘lgan shaxs ketidan guruhning ergashishini, jamoaning o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zi ishongan odam borayotgan yo‘lni tanlashini anglatadi. Aynan shu xolat «lider» iborasiga nisbatan ham ishlatilishi zarur. Liderning bu xususiyati uning hissiy jozibadorligida, o‘zgalarni o‘ziga jalb etish fazilatida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, «lider» so‘zini faqat «yetakchi» atamasi bilan almashtirish liderlik holatining psixologik talqinini tor doiraga kiritib qo‘yadi. Ushbu mulohazadan kelib chiqqan holda qo‘llanmamiz matnida «lider» so‘zidan foydalanishni ma`qul deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, «lider» so‘zidagi izohiy ma`noni anglab olish o‘zbek kitobxoni uchun tanish holdir.
Liderlik va rahbarlik. Mehnat jamoasidagi har bir xodim guruhda o‘zining mavqeiga ega. Bu mavqe rasmiy yoki norasmiy tarzda qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin. Rasmiy mavqe xodimning mansab pog‘onasidagi o‘rni va uning lavozimidan kelib chiquvchi vakolatlari bilan ifodalanadi. Har qanday xodim o‘z hamkasabalari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lar ekan, turli omillar ta`sirida bu munosabatlar hissiy rang ola boshlaydi.
Hissiyotga asoslangan munosabatlar ikki ko‘rinishda - yoqtirish (simpatiya) va yoqtirmaslik (antipatiya) sifatida shakllanadi. Shunday xodimlar ham borki, ular o‘zining ma`lum xislatlari bilan jamoaning ko‘pchilik a`zolarida simpatiya uyg‘ota oladilar va ular guruhning norasmiy tizimida yuqori mavqeni egallaydilar. Psixologik talqin bo‘yicha, jamoaning rasmiy tizimida yuqori mavqeni egallovchi xodim rahbar bo‘lib hisoblansa, norasmiy tizimda yuqori mavqeni egallovchi shaxs esa – liderdir. Liderlik holati, odatda, guruhning norasmiy munosabatlar tizimida amalga oshadi. Biron-bir shaxsning lider darajasida tan olinishi unga hissiy yaqinlikni, uning ish bilan bog‘liq bo‘lgan qator fazilatlarini yuqori baholashni va ushbu shaxsning guruh manfaatlariga e`tiborliligini anglatadi. Lider - guruhning hamma a`zolari tomonidan tan olingan shaxs. Liderning qadriyatlar tizimidagi asosiy jihati - guruh manfaatini har narsadan ustun qo‘yish, doimo guruh oldiga qo‘yilgan vazifani yechishga sidqidildan kirishish va bu jarayonda jamoani safarbar eta olishidir. Mehnat jamoasidagi lider avvalambor o‘zining ishchanlik xususiyatlari bilan farqlanib turadi, chunki, u aynan mehnat faoliyati tufayli boshqalardan ajralib ko‘zga tashlana boshlaydi. Bundan tashqari, lider, guruh manfaatini himoya etar ekan, kezi kelganda rasmiy munosabatlar tizimiga va rasmiy doiralar manfaatiga ham zid chiqa oladi. Natijada jamoada rasmiy rahbar va norasmiy lider o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lishi mumkin. Korxona manfaatidan kelib chiqsak, jamoadagi rasmiy rahbar va norasmiy tizimda shakllanuvchi lider bir shaxs orqali ifodalanishi eng maqbul holdir. Zamonaviy psixologiya fani, o‘z yutuqlari orqali, liderga xos fazilatlar tabiati va unga erishish yo‘l-yo‘riqlari haqida yetarlicha ma`lumot bera oladi. Shu munosabat bilan liderga xos bo‘lgan jihatlarni uch toifaga kiritishimiz mumkin: 1) jamoa manfaatlariga yo‘nalganlik 2) kasbiy mohirlik, har qanday muammoli vaziyatda qiyinchilikni o‘z bo‘yniga olish va ishni oxirigacha hal etishda tashabbuskor bo‘lish; 3) emotsional, hissiy jalb etuvchanlik xislatlari. Yuqorida sanab o‘tilgan xislatlar majmuasining ketma-ketligi ham o‘z mantiqiga ega. Tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, hissiy jalb etuvchanlik odatda lider shaxsda juda yorqin ko‘zga tashlanishi shart emas ekan. Shaxsda bu ko‘rsatkichning o‘rta me`yorda mavjudligi, uni liderlik darajasida tan olinishi uchun yetarlidir. Lekin insonga xos hissiy jozibadorlik ko‘rsatkichi pastligi ish yuzasidan o‘tadigan muloqot va muzokaralarga salbiy ta`sir etishi mumkin. Rahbarning muloqot sirlarini yaxshi bilishi orqali atrofdagilarda o‘zi haqida ijobiy taassurot uyg‘ota olishi ushbu ko‘rsatkichni oshirishdagi asosiy vositadir .
Rahbarlik tayinlanuvchi lavozimdir, liderlik esa hamfikrlar tomonidan ko‘tarilgan shaxs mavqeidir. Agar rahbar va lider o‘rtasidagi farqga e`tibor beradigan bo‘lsak, ko‘pgina jihatlarni sanab o‘tishimiz mumkin. Masalan, rahbar xodimlarga ega bo‘lsa, liderning hamfikr tarafdoshlari mavjud, rahbar tayinlansa, lider jamoa a`zolari orasidan ajralib chiqadi, rahbar o‘z hokimiyatiga asoslansa, lider esa obro‘siga tayanadi. Rahbar o‘z majburiyati bo‘yicha tashkilot manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yadi va shu xususiyat unga rasmiy tus berib, jamoa oldida liderga nisbatan uni bir muncha «zaif» holatga qo‘yadi. Hayotda ko‘pgina jamoalar uchraydiki, ularda rasmiy rahbar va lider alohida shaxslardan iboratdir. Bunday jamoa hayotidagi ko‘p vaziyatlarda guruh a`zolari rahbardan ko‘ra norasmiy lider tomonida bo‘lishlari ehtimoli kuzatiladi. Jamoadagi rasmiy rahbar va norasmiy liderning o‘zaro munosabati doimo qiyin masalalar doirasiga kiradi. Bunday vaziyatda odatda ko‘pchilik rahbarlar liderni siqib chiqarishga, undan qutulishga intilishlari kuzatilsa, boshqa bir rahbar bu liderdan foydalanishga, uni guruh maqsadiga tezroq erishish yo‘liga safarbar etishi mumkin. Rahbarning lider bilan o‘zaro til topishi, hamfikr bo‘la olishi albatta bo‘lajak muvaffaqiyatlar garovidir. Buning uchun rahbardan ham topqirlik, sabr-toqat va o‘z shaxsiy manfaatidan ustun tura olish qobiliyati ko‘tiladi. Rasmiy rahbar va guruh lideri turli shaxslardan iborat bo‘lsa, ular o‘rtasidagi kelishmovchilik ko‘pgina xodimlar tomonidan ijtimoiy adolatning buzilishi sifatida idrok etiladi. Lider bilan munosabatni rivojlantirish esa aksincha, guruhdagi kuchlarni tan olish, oqillik yo‘lini tanlash deb baholanadi. Rahbar sezgir shaxs sifatida nafaqat liderga, balki bunday xislatga ega bo‘lgan har bir guruh a`zosiga alohida diqqat ajrata olishi lozim. Alohida olingan lider bilan mavjud munosabatni rivojlantirish orqali guruhning boshqa a`zolari bilan o‘zaro ijobiy hislarni shakllantirish imkoniyati tug‘iladi. Shu ma`noda tahlil etilganda, guruhda norasmiy liderning mavjudligi rasmiy rahbar uchun guruh a`zolari bilan ilik munosabatni qurishdagi qo‘shimcha ko‘prikdir. Lekin hayotda hamma narsa ham o‘ylanganday sillik ketavermaydi va rasmiy rahbar bilan norasmiy lider manfaatining zidligi, rahbarning iltifotli qadamiga qaramay norasmiy liderning qaysarligi to‘qnash kelishi mumkin. Bu esa jamoadagi nizo bilan ifodalanadi va bunday hollarni hal etish yo‘l-yo‘riqlari haqida jamoadagi nizolar mavzusida batafsil gapirib o‘tiladi.
Liderga xos bo‘lgan fazilatlarni shakllantirish bo‘yicha psixologiya faniqa qator amaliy tadbirlar mavjud bo‘lib, bu xil dasturlar interfaol ta`lim uslubiga asoslangan amaliy mashg‘ulotlarda o‘z aksini topadi. Shaxsning liderlik jihatlarini rivojlantiruvchi psixologik tadbirlarning metodologik asoslari bir muncha bahsli bo‘lib, bu mavzuning puxta ishlab chiqilishi ushbu mashg‘ulotlardan olinajak natija samarasini belgilaydi. Yaqin paytgacha psixologiya faniqa shaxsning liderlik xislatlarini shakllantirish bo‘yicha «Xislatlar nazariyasi» degan ta`limot yetakchi bo‘lib kelgan. Bu ta`limotga binoan liderlikni ifodalovchi bir necha xislatlar mavjud va ushbu xislatlar majmuasi shaxsning o‘zgalarga ta`sir etish qobiliyatini belgilaydi. Ammo, aniqlanishicha, xislatlarning shunchaki majmuasi shaxsni lider darajasiga ko‘tara olmaydi va bu xislatlar soni bir necha o‘ntalikdan iborat bo‘lishi mumkin. Bu xislatlarni shakllantirish, ularni shaxs tuzilmasidagi boshqa tarkibiy jihatlar bilan muvofiqlashtirish va insonning ichki mazmunmohiyatiga aylantirish o‘ta murakkab masaladir. Ko‘p yillik psixologik tadbirlar bunday yo‘lning kammahsul ekanligini ko‘rsatdi. Shaxsning liderlik imkoniyatini rivojlantirishning zamonaviy yondoshuvlaridan biri, insonda shakllangan qobiliyatga suyanishni va shu qobiliyatni imkon bergan vaziyatda namoyon etilishini taqozo etadi. Bunday yondoshuv «situativ liderlik» deb atalib, unda lider deb, tan olingan shaxsning umumiy maqsadga erishish yo‘lida muammoli vaziyatda o‘z qobiliyatini namoyon eta olishi tushuniladi. Bu nazariyaga binoan guruh doimo bir necha liderga ega bo‘lishi mumkin va kezi kelganda har bir jamoa a`zosi muammoli vaziyatni hal etish borasida o‘z qobiliyat va imkoniyatini namoyish eta oladi. Fikrimizcha, samarali foliyat olib boruvchi rahbar o‘z jamoasida aynan shunday muhitni yaratishi kerakki, har bir xodim zarur vaziyatda o‘z imkoniyatini ishga solish orqali muammoli vaziyatni hal etishda qatnashishi va boshqaruv jarayonida ishtirok etayotganini his qila olsin. Buning uchun jamoa, har qanday vaziyatni hal etishda chuqur mas`uliyat his etuvchi va o‘z ishining ustalari bo‘lgan professional xodimlarga ega bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, guruhda doimo shunday xodimlar topiladiki, ular paydo bo‘luvchi ko‘pgina muammoli vaziyatlarni hal eta oluvchi universal qobiliyatga ega. Shu nuqtai nazardan qaraganda, liderlik ko‘p jihatdan shaxs tug‘ma qobiliyalarining yetarli darajada shakllanganligi bilan harakterlanadi. Yuqorida aytganimizdek, liderliknning asosiy jihatlaridan biri – guruh manfaati haqida g‘amxo‘rlikdir. Shuning uchun ham liderlik ta`rifidagi asosiy ma`no kasb etuvchi tomonlar bu – shaxsning ushbu vaziyatni muvaffaqiyatli hal eta olish qobiliyati va guruh manfaati yo‘lidagi jonbozligi deb tushunilishi mumkin.
Shaxsning liderlik imkoniyatini namoyon ettiruvchi yana bir asosiy tomon – jamoaning talab va istagiga mos kela olishidir. Turli mehnat jamoalari o‘z mas`uliyat darajasidan kelib chiqqan holda turlicha istaklarni namoyon etadi va hatto, ba`zida jamiyat manfaatiga to‘la mos kelmaslik hollari ham kuzatiladi. Bunday jamoalarda esa, tabiiyki destruktiv, ya`ni buzg‘unchi xulqqa mos keluvchi liderlar ajralib chiqadi va ular guruhning yashirin motivlarini namoyon etuvchi o‘ziga xos kuchga aylanadi.
Lider va rasmiy rahbarning turli shaxslardan iboratligi va ular o‘rtasidagi ziddiyat haqida yuqorida to‘xtalib o‘tdik. Shunday holat ham yuz beradiki, tashkilot manfaatiga zid yo‘l tutgan lider atrofida o‘zi kabi hamtovoqlarni to‘plashi va o‘zining og‘uvchi xulqi bilan nafaqat tashkilot maqsadi, balki rahbarning obro‘siga ham putur etkazadi. Bunday liderni darhol ishdan bo‘shatish lozim, degan an`anaviy fikr bir qaraganda to‘g‘ri bo‘lsa-da, lekin ushbu vaziyatdan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish rahbarning mohir tashkilotchiligidan dalolat beradi. Rahbar o‘z tashkilotidagi mavjud imkoniyatlarni qo‘llagan holda norasmiy liderni nafaqat guruhdan ajratishi, balki unga ma`qul keluvchi va uning qobiliyatlariga mos keluvchi vazifalarni ham topib berishi mumkin. Umuman olganda, rahbar uning manfaatlariga zid bo‘lgan har qanday kuchni o‘z tomoniga og‘dira olishi uning obro‘siga obro‘ qo‘shuvchi va jamoa oldida uning nufuzini yanada oshiruvchi eng samarali imkoniyatdir.
Dostları ilə paylaş: |