Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha ta



Yüklə 292,8 Kb.
səhifə7/15
tarix15.02.2023
ölçüsü292,8 Kb.
#84397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
маруза

Ota-onalar kuzatuv kengashi. Ota-onalar kuzatuv kengashi «Maktabgacha ta’lim tashkilotining Ustavi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun to‘ziladi. U ota-onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu qo‘mitaga har bir yosh guruh ota-onalaridan 1-2 vakil saylanadi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta’lii tashkilotining xo‘jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo‘mita a’zolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayyorlash, o‘tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir. Ota-onalar qo‘mitasi bolalarning ota-onalar bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi. Qo‘mita a’zolari har ikki oyda bir marta yig‘ilish o‘tkazadi. Ota-onalar qo‘mitasi mudiraning ish rejalari va ishning ahvoli to‘g‘risidagi ota-onalarni qiziqtiruvchi ba’zi masalalar haqidagi ma’ruza va hisobotni eshitishga haqlidir. Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktabgacha ta’lim tashkilotida saqlanadi.
Aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish. Pedagogik bilimlarni targ‘ib etish natijasida millionlab kishilar bolalarini oilada maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalash printsiplarini ongli ravishda anglab oldilar. Korxonalarda, xo‘jaliklarda, jamoa joylarida, mahallalarda oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida ma’ruzalar bilan chiqish, televideniya va radio eshittirishlar, pedagogik targ‘ibot ishining keng vositalaridandir. Shuningdek, bu targ‘ibot vaqtli matbuot: «Maktabgacha ta’lim», «Xalq ta’limi», «Pedagogik ta’lim» jurnallari, ko‘p sonli badiiy pedagogik, ilmiy ommabop va metodik adabiyotlarni chiqarish orqali ham amalga oshiriladi.
Ota-onalar uchun maxsus pedagogika va ruhshunoslik, anatomiya va fiziologiya, oila tarbiyasi nazariyasi va amaliyoti to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qish, bolalar tarbiyasi to‘g‘risida kinofilm va spektakillar namoyish qilish. Bu mashg‘ulotlarni har xil sohalar bo‘yicha yuqori malakali o‘qituvchi, aktyor, ruhshunos mutaxassislar olib boradilar. Pedagogik targ‘ibot ishida quyidagilarga amal qilish kerak: 1. Pedagogik targ‘ib hayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog‘lab olib borilishi lozim. Pedagogik targ‘ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni har tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yo‘llari, ilmiy asoslangan usullari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. 2. Oila tajribasidagi ijobiy tajribalar, oiladagi bola tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolar va ularni oldini olish, bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini olib boriladi. 3. Pedagogik targ‘ibotga tayyorlashda ota-onalar har xil saviyada ekanliklari hisobga olib, ular uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli, ko‘rgazmali va ularning his-tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lishi kerak. Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o‘rtasidagi birlik o‘rnatilishi mumkin. Bolalarni maktabga tayyorlashda maktabgacha tarbiya tashkilot va maktab hamkorligi.Bolalar MTTsi bilan maktab o‘rtasida o‘rnatiladigan hamkorlikning har tomonlamaligi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash vazifasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartidir.
MTT va maktab o‘rtasidagi bog‘liqlik bir tomondan bolalarni maktab ta’limi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli qilib tarbiyalagan holda maktabga o‘tkazishni , ikkinchi tomondan, o‘qituvchining katta MTT yoshidagi bolalarning egallagan bilim, malaka sifatlariga va tajribalariga tayanib, ulardan o‘quv tarbiyaviy jarayonda foydalanishni taqozo etadi. Bolalar MTTsi va maktab o‘rtasidagi o‘zviy bog‘liqlik katta MTT yoshidagi bolalar va maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berish sharoitini yaqinlashtirishga yordam beradi. Maktabgacha tarbiya tashkilot xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga qo‘yiladigan talablarni yaxshi bilishlari,maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni shunga muvofiq ravishda ta’lim olishga tayyorlashlari kerak. Maktab va MTT o‘rtasidagi o‘zviy aloqa murakkab va ko‘p tomonlama to‘zilishga ega.Unda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni , metod va usullari, tashkiliy shakllari, shuningdek bolalarnitarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab kabi yetakchi tomonlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunda quyidagilarga etibor berish kerak:
• Maktab talabi nuqtayi nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari lozim.
• MTT nuqtayi nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantirish zarur.
• Bolalarni maktabga ruhiy tayyorligi. Bu yerda vazifa bolalar mehnatning har qanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat- bilishga qiziqishni o‘stirish, ularni kelajakdagi mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat.
Maktab bilan MTT o‘rtasida o‘zviy a’loqa asosini bolalar MTTsi va maktabda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tashkil etadi. Hozirgi boshlang‘ich sinflar dasturi bilan MTT dasturini olib solishtiradigan bo‘lsak, ular o‘rtasida birqancha o‘zaro bog‘liqlikni ko‘ramiz. Bu eng avvalo dasturlarda asos qilib olingan printsiplarning umumiyligi bilan belgilanadi. Ularning mazmuni bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsad va vazifalariga mos kelish prinsipi, hayot bilan bog‘liqlik, ilmiylik printsiplari, ta’limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatga egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtai nazarlarning birligida namoyon bo‘ladi. Birinchi sinf o‘quv dasturi ayrim predmetlar bo‘yicha bolalar MTTsi dasturi bilan solishtirganda ularda umumiylik ko‘pligini ko‘ramiz. Masalan, bolalar MTTsida ona tiliga o‘rgatish va boshlang‘ich sinflardagi ona tili darsiga bolalar nutqi har tomonlama rivojlantirish kabi umumiy g‘oya asos qilib olinadi.Bolalar MTTsi bu ish bolalarning lug‘atini boyitish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, ifodali o‘qishga o‘rgatish, bog‘langan nutqni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Maktabda esa bolalarda mana shu MTTda egallangan bilim, malaka, tushunchalarga asoslanib, yozma nutq malakasi, orfografiya xat malakasi shakllantiriladi, ularga morfologiya va sintaksis elementlari o‘rgatiladi. Shu bilan bir qatorda MTTda boshlangan bolalar lug‘atini boyitish, nutqning ifodaliligi, bog‘langan nutqni rivojlantirish davom ettiriladi.
Bolalar MTTsida ham, maktabda ham tabiatshunoslik to‘g‘risidagi bilimlar organizm bilan muhitning birligi to‘g‘risidagi umumiy g‘oyaga asoslangan holda olib boriladi. Shu asosda bolalarga jonli va jonsiz tabiat, tabiat va kishilar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida bilim va tushunchalar beriladi. Bolalarni maktab va o‘quvchilar hayoti bilan tanishtirish. Bolang‘ich sinf o‘quvchisi va MTTning tayyorlov guruhi tarbiyachisi tayyorlov guruhi bolalarini maktab bilan tanishtirish bo‘yicha ekskursiya uyushtiradilar. Bunday ekskursiyalar yil davomida 3 marta o‘tkazilishi mumkin. Ekskursiya paytida katta va tayyorlov guruhi bolalari maktab o‘quvchilari bilan tanishadilar, ular MTT bolalariga o‘zlarini maktabdagi o‘qishlari, ishlari to‘g‘risida gapirib beradilar; o‘quvchilar xonasini qanday bezaganliklari, tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni qanday parvarish qilayotganliklari, ustaxonada qanday ishlarni bajarayotganliklarini ko‘rsatadalar.
Mudira nazoratidagi ish shakli quyidagicha bo‘lishi mumkin:
• sinfda «Rasmga qarab so‘zlab berish» mavzusidagi dars – mashg‘ulotni birga o‘tkazish. Sport maydonchasida yoki sport zalida maktabdagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotini birga bajarish;
• birinchi sinf o‘quvchilari va tayyorlov guruhi bolalari ishlagan rasmlarni birgalikdagi ko‘rgazmasini tashkil etish;
• maktab ustaxonasida o‘quvchilarni mehnat mashg‘ulotini kuzatish. O‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan o‘yinchoqlarni MTT bolalariga sovg‘a qilishadi;
• maktabda o‘qiyotgan bolalar o‘z MTTsiga kelishadi;
• «Maktab» o‘yini tashkil etish.
Bolalar MTTsi tarbiyachisi va boshlang‘ich sinf o‘quvchisi faoliyatiga izchillik yaqqol namoyon bo‘ladi. Biri bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishni boshlaydi, ikkinchisi davom ettiradi. Maktab bilan MTT o‘rtasidagi a’loqa mustahkam bo‘lgandagina bola tarbiyasidan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Bolalar MTTsi bilan maktab o‘rtasidagi aloqaning mazmuni va shakllari. MTT va maktab o‘rtasidagi aloqa ikki yo‘nalishda olib boriladi:
• Bolalar MTTsi bilan maktabning pedagoglar jamoasi o‘rtasidagi aloqa.
• MTT bolalari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bir-birlariga yaqinlashtirish.
Tarbiyachilar boshlang‘ich sinfda olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmunini, o‘ziga xos tomonlari bilan tanishadilar, natijada MTTda bolani maktab talabi darajasida tayyorlash istiqbollari belgilab olinadi. Maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari katta va tayyorlov guruhlarida olib boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishib boradilar va maktabda ta’lim berishda bolalar egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarga asoslanadilar.



Yüklə 292,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin