Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha ta


Maktabgacha ta’lim tashkiloti nazoratchi uslubchisining vazifalari, huquqlari



Yüklə 292,8 Kb.
səhifə2/15
tarix15.02.2023
ölçüsü292,8 Kb.
#84397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
маруза

Maktabgacha ta’lim tashkiloti nazoratchi uslubchisining vazifalari, huquqlari
va unga qo‘yilgan talablar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishiga bevosita rahbarlik qilish maktabgacha ta’limi bo‘limi maktabgacha ta’lim nazoratchi uslubchi zimmasiga yuklatiladi
Nazoratchi uslubchi maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli qonun-qoidalarning bajarilishini nazorat qiluvchi shaxsdir. 
Nazoratchi uslubchining ishi murakkab va ko‘p qirralidir. Shuningdek, u mamlakatimizda xalq ta’limi sohasiga oid chiqarilgan qonunlar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va instruktiv, dasturiy, uslubiy hujjatlarga amal qiladi. 
Nazoratchi uslubchining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
turli tildagi, idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, maktabgacha ta’lim 
muassasalarida «Ilk qadam » dasturi va DT ning bajarilishini kuzatadi, tekshiradi; 
-maktabgacha ta’lim tashkilot i ishini har tomonlama nazorat etadi; 
-amaldagi qonunlar doirasida yo‘lyo‘riq, buyruq,tavsiya, ko‘rsatmalar beradi; 
-‘ayriqonuniy ishlarga chek qo‘yadi va bu haqda xalq ta’limi bo‘limiga
axborot taqdim etadi; 
-maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif-tavsiya, fikr mulohazalar beradi; 
-xalq ta’limi bo‘limida mudira, uslubchi va tarbiyachilar uchun ilmiy-uslubiy kengashlar tashkil etadi; 
-maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi; 
xodimlarni rag‘batlantirish va jazolash, ishdan bo‘shatish masalalari bo‘yicha 
tavsiyalar beradi. 
Nazoratchi-uslubchiga qo‘yiladigan asosiy talablar: 
Nazoratchi-uslubchi: 
-maktabgacha ta’lim tizimi ishini va tamoyillarini puxta egallagan, oliy
maxsus ma’lumotga, ko‘p yillik ish stajiga, eng ilg‘or, yuksak pedagogik
qobiliyatiga ega bo‘lishi; 
*har jihatdan etuk, o‘z ishining ustasi, dunyoqarashi keng, davlatimizning ta’lim yo‘nalishidagi siyosatini chuqur biladigan, nazoratchi uslubchi mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakaga ega bo‘lishi; 
*qat’iyatli, xolis, vijdonli, davlat manfaatlarini ko‘zlab ish yuritadigan, zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his etadigan, tartibli, o‘ziga va boshqalarga talabchan, o‘z so‘zida tura oladigan, kamchilikka murosasiz bo‘lishi; 
*maktabgacha ta’lim ravnaqi uchun eng muhim vazifalarni o‘z vaqtida
aniqlay olishi, ularni qisqa muddatda bajara olish qobiliyatiga ega bo‘lishi; 
*maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qila 
oladigan, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini belgilab amalga oshirishga qodir bo‘lishi; 
*Maktabgacha ta’limi bo‘limi va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy ravishda uslubiy yordam berishga tayyor bo‘lishi; 
*yangilikka intiluvchan, pedagogika fani sohasida qo‘lga kiritilgan yangi 
ishlanmalar va texnologiyalarni, etuk pedagoglarning ilg‘or ish tajribalar amaliyotini tatbiq etishga qodir bo‘lishi; 
*g‘oyaviy, siyosiy, pedagoglik saviyasi va bilimlarini oshirish ustida tinimsiz ko‘nikmasini egallagan bo‘lishi zarur. Nazoratchi-uslubchi har uch yilda malaka oshirish kurslarida o‘z malakasini oshiradi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishining barcha bo‘limlarini samarali
boshqarish uchun nazoratchiuslubchi o‘z ishini aniq va puxta o‘ylangan reja asosida, keng jamoatchilikka tayangan holda amalga oshirishi kerak. Nazoratchi-uslubchi aholining maktabgacha ta’lim tashkilot lariga bo‘lgan talabini 
qondirishga alohida e’tibor qaratishi lozim. Shu maqsadda u maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirishning kundalik va istiqbol rejalarini 
etadi,yangi muassasalarning foydalanishga topshirilishini muntazam nazorat etib boradi.
Nazoratchi uslubchi maktabgacha ta’lim muassasalarining samarali faoliyat yuritishiga harakat qiladi, ayniqsa, qishloqda maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishiga, larning moddiy bazasining yaxshilanishiga alohida e’tibor qaratadi. 
Nazoratchi-uslubchi moliya masalalarini tushunishi, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarini jihozlash, bolalarni ovqatlantirishga oid me’yoriy hujjatlarni bilishi, muassasa faoliyati uchun ajratilgan mablag‘larni o‘z vaqtida berilishi va to‘g‘ri sarflanishini muntazam tekshirib turishi, bu borada markazlashtirilgan buxgalteriya bilan hamkorlikda ishlashi kerak. 
Nazoratchiuslubchi maktabgacha ta’lim tashkilotiga borganida uslubiy, tarbiyaviy va ma’muriyxo‘jalik ishlar holatini o‘rganadi, ilg‘or tajribani, ishdagi
kamchiliklarni aniqlaydi, zarur yordam ko‘rsatadi. 
U «Ilk qadam» dasturi va DT ning bajarilishini nazorat qiladi, pedagogik kadrlar tarkibi va joylashtirilishini o‘rganadi, ularning malakasini oshirishga
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. 
Nazoratchiuslubchi faoliyatida otaonalar qo‘mitasi ishiga rahbarlik qilish va aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib etish va ommalashtirish muhim o‘rin tutadi. Uning bu boradagi faoliyatiningmazmuni va shakllari muayyan hudud viloyat, shahar, tuman, qishloq) sharoitiga muvofiq ravishda belgilanadi. 
Maktabgacha ta’limi bo‘limlariga umumiy rahbarlik bo‘lim mudiri, nazoratchi-uslubchi tomonidan ishlab chiqilgan yillik reja asosida olib boriladi.
Rejaning kirish qismida avvalgi o‘quv yiliga tavsifnoma, qanday shaklda, qancha 
maktabgacha ta’lim muassasalari qurilgani, uslubiy ishlar qay darajada yo‘lga qo‘yilgani, qanday ilg‘or ish tajribalari umumlashtirilgani, shuningdek, amalga
oshirilgan tashkilixo‘jalik ishlari, o‘tkazilgan kengashlar va boshqa masalalar atroflicha tahlil etiladi.



Yüklə 292,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin