Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha ta



Yüklə 292,8 Kb.
səhifə8/15
tarix15.02.2023
ölçüsü292,8 Kb.
#84397
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
маруза

Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. –T.: O‘zbekiston, 1920.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yladigan davlat talablari. –T.: Kvinta print. 2012.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-son qarori
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5198-son farmoni.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi  “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillash-tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

    2. Karimov I.A. “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch”. –T.: Ma`naviyat, 2008.

    3. Sodiqova Sh.. “Maktabgacha pedagogika”. –T.: Tafakkur sarchashamalari, 2013.

    4. N.Qayumova M.. Maktabgacha pedagogika. – T.: TDPU nashriyoti, 2013.

9. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova. Maktabgacha pedagogika.–T.: Ma’naviyat, 2013.


Elektron ta`lim resurslari:
www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
www. ziyonet.uz
www. edu.uz


4-Mavzu. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga rahbarlikda MTT direktorining yo‘nalishlari


Reja:

  1. Boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri amalga oshirish.

  2. Xodimlar faoliyatini samarali boshqarish va muvofiqlashtirish.

3. Rahbarga bo‘ysunishda jamoa ta’siri. Ta’lim sohasida boshqaruv madaniyati.


Tayanch so‘zlar: boshqaruv, jamoa ta’siri, motivatsiyalash, rag‘batlantirish, mansublik, tamoyil, samarali, amalga oshirish.

Intizom. Ta’limga tatbiqan bu tamoyilning roli juda katta, chunki tarmoqning xususiyati ijro intizomi darajasigagina emas, balki moliyaviy intizomga hamda vazirdan tortib tarbiyachigacha bo‘lgan barcha xodimlarning ichki intizomiga oshirilgan talablar qo‘yilishini taqozo etadi. Shu bilan birga, intizom xodimlarning ta­shabbusini bo‘g‘ib qo‘ymasligi va ishga ijodiy munosabatda bo‘lish uchun imkoniyat qoldirishi kerak.


Rag‘batlantirish tamoyili, eng avvalo, moddiy va ma’naviy rag‘batlardan foydalanish asosida mehnat faoliyatini motivatsiyalashni ko‘zda tutadi. Moddiy rag‘batlantirish xodimlarning mehnat natijalaridan shaxsiy iqtisodiy manfaatdorligiga, ma’naviy rag‘batlantirish esa — asosan xodimlarga psixologik ta’sir ko‘rsatishga tayanadi. Xodimlarning turli ma’naviy ehtiyojlari, ya’ni mansublik, taalluqlilik va muvaffaqiyatga bo‘lgan ehtiyojlari undovchi sabablar bo‘lishi mumkin.
Binobarin, rag‘batlantirish tamoyili mazmunini, ko‘pincha amaliyotda bo‘lganidek, faqat ish haqiga bog‘lab qo‘yish noto‘g‘ri. Rag‘batlantirish, shuningdek, ma’naviy rag‘bat va sabablardan foydalanishni, xodimlarga adolatli munosabatda bo‘lishni ham ko‘zda tutadi.
Ierarxiklik (ko‘p pog‘onalilik) tamoyili boshqaruv mehnatining vertikal taqsimlanishini, ya’ni, boshqaruv darajalarining bo‘linishini hamda boshqaruv quyi darajalarining yuqori darajalarga bo‘ysunishini ko‘zda tutadi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini shakllantirishda, boshqaruv apparatini tuzishda, kadrlarni joy-joyiga qo‘yishda ushbu printsip hisobga olinadi.
Boshqaruvning barcha tamoyillari bir-biri bilan uzviy bog‘langan va biri ikkinchisini taqozo qiladi. Masalan, rejasiz, bilimdon bo‘lmasdan, intizomsiz va ierarxikliksiz tashkilotning aniq maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini ta’minlab bo‘lmaganidek, bosh­qaruvning boshqa (aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, bilimdonlik, rag‘batlantirish, intizom) tamoyillarini inkor etgan holda boshqaruv tizimining aniq faoliyat yuritishiga erishib bo‘lmaydi.
Boshqaruvning umumiy tamoyillari bilan birga yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan va faqat ayrim boshqaruv jarayonlarini hamda boshqaruv jihatlarini tartibga soladigan xususiy tamoyillari mavjud. Masalan, ta’lim tashkilotlarini boshqarishga tatbiqan, odatda, boshqaruv jarayonlarining uzluksizligi ajratib ko‘rsatiladi.
Boshqaruv qonuniyatlari va tamoyillari boshqarish funksiyalari bilan uzviy bog‘liqdir.
Ta’limni boshqarish funksiyalari — bu ular boshqaradigan kichik tizim boshqaruv obyektiga ta’sir ko‘rsatishida yordam beradigan faoliyat turlaridir. Boshqaruv funksiyalari umumiy va xususiy (maxsus) funksiyalarga bo‘linadi. Umumiy funksiyalar boshqaruvning barcha ijtimoiy tizimlariga xos funksiyalardir. Xususiy funksiyalar muayyan xususiyatga ega.
Menejmentga tatbiqan strategik rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiyalash, nazorat kabi umumiy funksiyalar ajratib ko‘rsatiladi.
Strategik rejalashtirish tashkilotning o‘z maqsadlariga maqbul darajada erishish uchun qo‘llaniladigan harakatlar yig‘indisidir.
Strategik rejalashtirishning mohiyati tashkilotning maqsadlariga erishishga qaratilgan o‘ziga xos strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. Menejmentga tatbiqan strategiya tashkilotning maqsadlariga maqbul darajada erishishni ta’minlaydigan har tomonlama majmuini rejalashtirishni bildiradi.
Strategik rejalashtirish boshqaruv faoliyatining to‘rtta asosiy turini: resurslarni taqsimlash; tashqi muhitga moslashish; ichki muvofiqlashtirish; oldindan ko‘ra biladigan uyushgan strategiyani ko‘zda tutadi.
Kishilar xatti-harakatida ehtiyojlar va manfaatlar muhim rol o‘ynaydi. Ehtiyoj — bu insonning biron-bir kamchilikni fiziologik va psixologik his qilishi, taqdirlash esa inson o‘zi uchun qadr­li deb hisoblagan barcha narsani his qilishi demakdir. Anglab yetilgan ehtiyojlar harakatga undaydi. Odamlarning faoliyati bilan erishiladigan ehtiyojlarning yig‘indisi boshqaruv metodlarining iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv va ijtimoiy-psixologik singari motivatsion yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Boshqaruvning iqtisodiy metodlari moddiy motivatsiyani, ya’ni muayyan ko‘rsatkichlar yoki topshiriqlarni bajarishga va, ular bajarilgach, ish natijalari uchun iqtisodiy taqdirlashga yo‘naltirishni taqozo etadi. Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy metodlaridan foydalanish ish rejasini shakllantirish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish bilan, shuningdek mehnatni moddiy rag‘batlantirish, ya’ni muayyan miqdor va sifatdagi mehnat uchun taqdirlashni hamda miqdori muvofiq kelmaganligi va tegishli sifatga ega bo‘lmaganligi uchun jazo chorasi qo‘llanilishini ko‘zda tutuvchi ish haqining oqilona tizimi bilan bog‘liqdir.
Boshqaruvning tashkiliy-boshqaruv metodlari qonunga, huquq-tartibotga, lavozimi bo‘yicha o‘zidan yuqoriroq bo‘lgan xodimga bo‘ysunishga, ya’ni hokimiyat motivatsiyasiga asoslanadi. Boshqaruvda bu motivatsiya g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. U davlat darajasida qabul qilingan qonunlar va me’yoriy hujjatlarga shubhasiz rioya qilinishinigina emas, boshqaruv xodimlari va ular qo‘l ostidagilarning boshqaruv xodimining ko‘rsatmasi uning qo‘l ostidagilar tomonidan ijro etilishi majburiy qilib qo‘yadigan huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo‘yilishini ham taqozo etadi. Boshqaruv xodimining qo‘l ostidagi xodimlarning ushbu munosabatlarga rioya etmasliklari jazo choralari (tanbeh, hayfsan, ishdan bo‘shatish va h. k.) qo‘llanishiga olib keladi.
Hokimiyat motivatsiyasi tashkil etish va o‘zaro munosabatlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Tashkiliy-boshqaruv metodlarining o‘zi esa uni maqbul tashkil etish asosida har qanday darajadagi boshqaruv tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu metodlar tashkiliy rejalashtirish, tashkiliy me’yorlash, yo‘l-yo‘riq berish, boshqarish va nazorat singari masalalarni o‘z ichiga oladi. Makrodarajadagi tashkiliy-boshqaruv metodlariga boshqaruv obyektlarining huquq va majburiyatlarini tartibga soladigan va ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatishi uchun turli shart-sharoitlar yaratadigan qonun hujjatlarini kiritish mumkin.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, faqat moddiy va hokimiyat motivatsiyalarining qo‘llanilishi tashkilotning maqsadlariga erishishda xodimlar va har bir xodimning ijodiy faolligini to‘liq safarbar etish imkonini bermaydi.
Boshqaruvning maksimal samaradorligiga erishish uchun boshqaruvning ijtimoiy-psixologik metodlariga tayanadigan ma’naviy motivatsiyalar zarur. Ushbu metodlar yordamida xodimlar ongiga, odamlarning ijtimoiy, axloqiy va boshqa manfaatlariga ko‘proq ta’sir ko‘rsatiladi va mehnat faoliyati ma’naviy rag‘batlantiriladi. Ma’naviy motivatsiya juda murakkabligi va nozikligi bilan farq qiladi. Uning pirovard samarasini aniqlash qiyin bo‘lsa-da, natijalari salmoqlidir.
Matematik modellashtirish, ekspert baholash metodi, aqliy hujum metodi, o‘yinlar nazariyasi va boshqalar boshqaruv qarorlarini maqbullashtirishning keng tarqalgan metodlari hisoblanadi.
Matematik modellashtirish boshqaruv qarorini osongina shakl­lantirish mumkin bo‘lgan keng ishlatiladigan raqamli axborot asosida qabul qilingan hollarda qo‘llaniladi. Matematik modellardan keng ko‘lamda foydalanish muammoni miqdoriy tavsiflash va uni hal etishning maqbul variantini topish imkonini beradi.



Yüklə 292,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin