Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha ta



Yüklə 292,8 Kb.
səhifə5/15
tarix15.02.2023
ölçüsü292,8 Kb.
#84397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
маруза

Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. –T.: O‘zbekiston, 1997.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, –T.: O‘zbekiston, 1997.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qo‘yladigan davlat talablari. –T.: Kvinta print. 2012.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-son qarori

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5198-son farmoni.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

  3. Karimov I.A.. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma`naviyat-2008.

  4. Sodiqova Sh.. Maktabgacha pedagogika. –T.: Tafakkur sarchashamalari, 2013.

  5. N.Qayumova M. “Maktabgacha pedagogika”. T.: TDPU nashriyoti, 2013.

  6. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova. Maktabgacha pedagogika. –T.: Ma’naviyat, 2013.

  7. Sh.Shodmonova. Maktabgacha ta’lim pedagogika. –T.: Fan va texnologiya. 2008.



Elektron ta`lim resurslari:
www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
www. ziyonet.uz
www. edu.uz
3-Mavzu. Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvida oila bilan hamkorlik


Reja:

        1. Mudira rahbarligidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda oila hamkorligi.

        2. Ota-onalar bilan ishlash shakllari.

        3. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maktab bilan hamkorligini tashkil qilish.

Mudira rahbarligidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti asosan tarbiyachilar vositasida oila bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi:


• bola tarbiyasi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni bilan tanishtirib borish;
• ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;
• ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, malakalardan xabardor qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);
• bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‘g‘ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarini o‘rganish va ommalashtirish.
Bola MTTda egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni esa bolalar MTTsida qo‘llansa istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlarni ko‘ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quvvatlash va u asosida ota-onalar e’tiborini bola tarbiyasida xali xal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim. Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja to‘ziladi. Bu reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarida ko‘rgazmalar tashkil etishva konsertlar qo‘yib berish, shuningdek, bu tadbirlarni o‘tkazish vaqtlari va unga ma’sul bo‘lgan shaxslar belgilanadi. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni tarbiyachi-pedagog amalga oishiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko‘proq e’tibor Berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovqati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi. Bolalar MTTsi va oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin. Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim ota-onalarni MTTga taklif etish, alohida esdaliklar va ko‘chma papkalardan foydalanish. Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad- oila sharoiti, bolaning oiladagi xulqi qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan tanishish, shuningdek, ota-onalarni bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarni o‘rganib, ommalashtirishdir. Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do‘st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga har gal borishidan avval o‘z oldiga aniq maqsadqo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak. Suhbat shunday to‘zilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ular o‘rtasida ishonchli aloqa o‘rnatilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to‘g‘risida (ota-onalarning fe’l-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to‘g‘risida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq uchun avval ota-onalarga bolaning ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini bilib oladi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarni o‘qib va hikoya qilib berish mumkinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta’lim - tarbiya ishlari mazmuni va usullari bo‘yicha tavsiyalar beradi. Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktabgacha ta’lim tashkilotiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday kiyinayotganini ko‘radilar va bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar. Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiligi kamida 2 marta borishi kerak. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etadi. Masalan:
• bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to‘g‘risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida;
• maktabgacha tarbiya tashkilotlarining yillik ish rejasi to‘g‘risida;
• ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir.
Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferentsiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.

Yüklə 292,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin