Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha ta



Yüklə 292,8 Kb.
səhifə14/15
tarix15.02.2023
ölçüsü292,8 Kb.
#84397
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
маруза

Nazorat savol va topshiriqlari: 
1.«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan boshqarish maqsadlarini yoriting. 
2.Maktabgacha ta’limi vazirligining tashkiliy tizimi va ish mazmuni nimalardan iborat? 
3.Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish faoliyatini yoritib bering. 4. Maktabgacha ta’limi bo‘limi nazoratchi uslubchisi va unga qo‘yilgan 
talablar nimalardan iborat? 
5.Nazoratchi uslubchi faoliyatining mazmuni nimalardan iborat? 
6.Ota-onalar va jamoatchilik bilan ish uslublarini izohlab bering. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Ilk qadam . dastur. —T., 2018. 
2. Maktabgacha ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari. -T.: 2018. 
3. Maktabgacha ta’lim tizimiga doir huquqiy-me’yoriy hujjatlar to‘plami. T., «YUEK. RKE55», 2009.
Smeta - davlat moliyaviy hujjat sifatida. MTTda rejalashlirishning olib borilishi.

Reja:

  1. Smetani yuritishning xususiyatlari.

  2. Davlat moliyaviy hujjatlari.



Tayanch so‘z va iboralar: smeta, moliyaviy hujjatlar, davlat byudjeti, moliyalashtirish, unitar narx.


SMETA (rus.) — oldindan tuzilgan kirim-chiqim hisobi. 1)xarajatlar S. si — mahsulot i. ch., ish, xizmatlarni bajarish boʻyicha toʻliq xarajatlar hisobi;
2) daromadlar va xarajatlar Smetasi — korxona, tashkilot, muassasaning xoʻjalik faoliyatini moliyalashtirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari tushumlari va uni sarflash boʻyicha hujjatlashtirilgan buxgalteriya rejasi. Baʼzan i. ch. ga, obyektlarni qurishga alohida xarajatlar Smetasi tuziladi;
3) Smeta boʻyicha moliyalashtirish — xarajatlarni qoplash uchun taqdim etilgan xarajatlar hisoblariga koʻra, davlat byudjetidan pul mablag‘lari ajratish.1


Mahalliy byudjet - ish hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida aniqlangan hajmlar asosida ishlarning ayrim turlari (xarajatlar) uchun tuziladigan dastlabki byudjet hujjati. Mahalliy xarajatlar smetasiga bo‘lgan ehtiyoj, agar ishlarning yakuniy qiymati va hajmi hali aniqlanmagan bo‘lsa va ularni aniqlashtirish zarur bo‘lsa yoki loyihalash jarayonida aniq aniqlab bo‘lmaydigan bo‘lsa, bu qurilish vaqtida ish hajmlari, usullari va xarakterini aniqlashtirishni talab qiladi.
Mahalliy smetada ishlarning (xarajatlarning) qiymati narx darajasining ikki turida berilishi mumkin:

  • Asosiy daraja. Ko‘rsatkichlar smeta tuzish paytida amaldagi narxlar va normalar asosida aniqlanadi.

  • Hozirgi narx darajasi. U shuningdek, bashoratli deb ataladi, chunki uni pasaytirish maqsadi smeta hujjatlarini tayyorlash paytida yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish vaqtida haqiqiy narxlarni belgilashdir.

Narxlarni ma'lumotlar bazalariga etkazishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular bilan ishlash uchun ular indekslash yo‘li bilan yangilanishi kerak. Stavkalar mahalliy smetaning har bir punkti (chizig‘i) uchun norma kodi ko‘rsatilgan tegishli to‘plamlardan olinadi. Bo‘limdagi to‘plam, bo‘lim, jadval raqamlaridan va jadvaldagi norma raqamlaridan raqamlarni ketma-ket ravishda shifrga qo‘shish orqali hosil bo‘ladi.
Bu erda narx turli xil ishlarning (qurilish, o‘rnatish va boshqalar) qiymati bo‘lib, ular o‘lchov birligiga to‘g‘ri keladi va ma'lum bir sanada belgilanadi.
Unitar narx - bu pul ko‘rinishida berilgan har qanday ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning yig‘indisi. Ushbu turdagi ish stavkalari, ish turiga qarab, yig‘ishlarga birlashtiriladi, bu erda qurilish, ta'mirlash, o‘rnatish, ishga tushirish va texnik xizmat ko‘rsatish stavkalari keltirilgan.
Stavkalar, Rossiya Federatsiyasi hududidagi qurilishda standartlashtirish va narxlash tizimining bir qismi sifatida, 2000 yil yanvar oyiga belgilangan davlatning bazaviy narx darajasida ishlab chiqilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta'lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, direktor faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko‘rsatib, ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta’lim tashkiloti ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta'kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo‘lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda yetakchi hisoblanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko‘ra pedagogik ta'sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo‘llangan bo‘lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo‘lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to‘g‘risidagi bilimlarni, ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.
Reja (tarbiyachiga yil bo‘yi amalga oshiradigan ta'lim-tarbiya ishlarini bir tekisda taqsimlab, ma'lum izchillik bilan amalga oshirishga yordam beradi.
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rish metod va usullarni yaxshilab o‘ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi lozim. SHu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo‘lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o‘zgarishlar kiritish mumkin.
Shuning uchun MTMda bir-birini to‘ldiradigan bir necha xil reja tuziladi: MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM direktorsi, metodist tarbiyachi tomonidan tuzilib, bolalar muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o‘z ichiga oladi.
lstiqbol rejasi 1-3 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma'lum maqsadga qaratilgan va samarali bo‘lishini ta'minlashdir. Unda «MTMda ta'lim- tarbiya dasturi»ning hamma bo‘limlari o‘z aksini topadi.
lstiqbol rejasida dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ta'lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida aniq mavzular bo‘yicha belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta'lim- tarbiya mazmunini aks ettiriladi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta’lim tashkilotining ish sharoiti hisobga olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to‘g‘risida umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o‘stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.
Pedagog va pyhshunos olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning malaka va ko‘nikmalarni egallashi ma'lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko‘rsatdi.
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo‘ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog‘i zarur. Tarbiyachi o‘zi ishlayotgan guruh, shuningdek o‘zidan oldingi va keyingi guruhlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo‘limida bolalarni hayvonlar, o‘simliklar va shunga o‘xshashlar to‘g‘risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
O‘rta guruhda dastur bo‘yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa- buyumlarga, voqea-hodisalarga nisbatan qiziqishini o‘stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va tushunchalar hosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa va buyumlar, voqea-hodisalar o‘rlasidagi o‘zaro bog‘liqlikni topa bilishga o‘rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruhi bolalarini narsa-buyumlar, vokea- hodisalar to‘g‘risidagi haqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog‘lik ekanligini shakllantirish dasturning muhim vazifasidir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o‘zi yetarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojlantirish yo‘llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e'tiborga olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - uning metodik qo‘llanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o‘xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir.
Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti-vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim. Kalendar reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati hisoblanadi.
Dasturga muvofiq hamma ta'lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o‘yin, mehnat, maishiy faoliyat va mashg‘ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi. Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi. Bolalarning o‘yini ham. mehnat mashg‘uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o‘rin olishi lozim.
Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib shakllanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi.
Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarga quyidagilar rejalashtiriladi:
1. Bolalarning og‘zaki nutqini tuzatish va rivojlantirish:
a) kitoblar, o‘yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o‘tkazgani, uning oila a'zolari ota-onasi, opa-singlisi, aka-ukasi va shunga o‘xshashlar to‘g‘risida jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish
b) albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko‘rish;
v) she'rlarni takrorlash;
g) to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantiruvchi didaktik o‘yinlar;
d) tovushlarni to‘g‘rilash bo‘yicha yakka tartibda shug‘ullanish.
2. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo‘yicha didaktik o‘yinlarni rejalashtirish (kichik va o‘rta guruhlarda).
3. Bolalar xohlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil shug‘ullanishlari uchun plastilin, bo‘yoqlar, qalamlar, bo‘yashlari uchun rasmli kitobchalar va o‘zlarining chizgan rasmlari beriladi.
4. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o‘yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar, idish- tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo‘g‘irchoqlar beriladi.
5. Bolalarni madaniy-gigiyenik malakalarga o‘rgatish bo‘yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan, kichkina guruhda dastro‘molchadan foydalanishga o‘rgatish bo‘yicha didaktik o‘yin o‘tkaziladi.,
6. Koptokli dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib chiqish, sirpanib yurish kabi asosiy harakatlarni rivojlantiruvchi ishlar rejalashtiriladi.
7. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash rejalashtiriladi.
8. Bolalarning o‘yin faoliyatlari rejalashtiriladi:
a) qurilish o‘yinlari rol, syujet bilan bog‘lik qurilish o‘yinlari rejalashtiriladi;
b) sujetli-rolli o‘yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa
shunga o‘xshash o‘yinlar rejalashtiriladi;
v) stol usti bosma didaktik o‘yinlari. so‘zli buyumlar bilan o‘ynaladigan didaktik o‘yinlar. ermak o‘yinlar, xorovod o‘yinlar, xalq didaktik o‘yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni, nutqni o‘stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va sport o‘yinlari ham rejalashtiriladi.
9. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat ко’chat o‘tkazish, suv sepish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish va shu kabilar;
b) xo‘jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish, xonani yig‘ishtirish, kitoblarni yopishtirish-yelimlash, o‘simliklar bargini artish);
v) qo‘l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, somonchalar, lattalar yog‘och va kartondan har xil buyumlar yasash) har bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o‘tkazilishi dasturda ko‘rsatilgan. Ertalab 2-3 xil faoliyat rejalashtiriladi. Ertalabki soatlarni rejalashtirishda shu kungi o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar e'tiborga olinadi. Mashg‘ulotda biror narsa o‘qib berish rejalashtirilgan bo‘lsa, ertalabki soatda rasm ko‘rish. onasi to‘g‘risida so‘zlab berish, o‘qish rejalashtirilmaydi, shu kuni ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalashtiriladi. Tarbiyachi har xil mashg‘ulotlarni rejalashtiradi; bolalarga yangi bilim beruvchi mashg‘ulotlar ularning olgan bilimlarini, orttirgan tajribalarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi mashg‘ulotlar, kompleks mashg‘ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruvchi) mashg‘ulotlari bo‘ladi. Tarbiyachi o‘zining kalendar rejasiga mashg‘ulotning nomi va dastur mazmunini yozib qo‘yadi. Dastur mazmuniga mashg‘ulotning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab olishlari, aniqlash va mustahkamlash kerak bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikmalar xajmi ham yoziladi.
Mashg‘ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma'lum hajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo‘llash imkonini beradi. Bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarning hajmi mashg‘ulotdan- mashg‘ulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi birinchi mashg‘ulotda bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o‘rganadi. Keyingi mashg‘ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo‘ladi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa, kelgusi mashg‘ulotda bolalar uy hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o‘z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi to‘g‘risida gap boradi.
Dastur materialini o‘rganish mashg‘ulotdan-mashg‘ulotga mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari aksariyat xollarda tarbiyachining tayyorlagan metod va usullariga, shart-sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning yosh xususiyati asosan ko‘rgazmali metoddan kuzatish namoyish qilish metodi hikoya, suhbat tushuntirish; amaliy metod mashq o‘yindan foydalanishni takrorlaydi.
Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo‘l bo‘lib, usullar yig‘indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo‘lish mumkin: ko‘rgazmali (ko‘rsatish), og‘zaki (savol. solishtirish, she'r aytish, topishmoqdan foydalanish), amaliy (topshiriq, o‘yin, vaziyat usullari va boshqalar).
Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Ko‘p xollarda metod va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg‘ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni bolalar yaxshi o‘zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi o‘zining kalendar rejasida mashg‘ulotda foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga uning mazmunini ham ochib yozishi kerak.
Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qo‘yish zarur. Agar tarbiyachi mashg‘ulotda topishmoq yoki she'rdan parcha keltirmoqchi bo‘Isa, uning mazmunini yozib qo‘ygan ma'qul. Solishtirishga o‘rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi.
Tarbiyachining mashg‘ulotni rejalashtirishdagi ba'zi bir metod va usullarini ko‘rib chiqamiz.
Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rayotganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri ko‘rgazmali-obrazli bo‘lishini e'tiborga oladi va asosan mashg‘ulotda ko‘rgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan obyektni bolaning hissiy idrok qilishini ta'minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Ko‘p mashg‘ulotlarda, ayniqsa, nutqni o‘stirish mashg‘ulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bo‘lgan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan olingan voqea- hodisalarni tarbiyachi his-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir.
Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga avval egallagan bilimlari bilan yangisini bog‘lash imkonini yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni o‘zlashtirib olishlarini engillashtiradi. Tarbiyachi mashg‘ulotlarda foydalanadigan so‘zli metodda uning qiyinligini savollar tashkil etadi. savollarni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkurini faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy zo‘r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Mashg‘ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishini yengillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan bo‘lishiga yordam beradi.
Mashg‘ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning eng qimmatbaho aqliy xazinasi bo‘lib, u buyumlarni yaxshiroq o‘rganish va tushunishga yordam beradi. Kichik guruhlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko‘p bo‘lmaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib borishni o‘zining kalendar rejasida yozib qo‘yadi.
Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni. Metodi va usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o‘yinlariga rahbarlik usullari, bolaning bo‘sh vaqti, ko‘ngil ochar daqiqalarni tashkil etish , shuningdek, ota- onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim.
O‘qitishning har bir bo‘limiga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanish ularni sekin asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan bo‘limga doir mashg‘ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo‘lim bilan bog‘langan asosiy ta’lim tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa bo‘limlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg‘ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi.
Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg‘ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o‘yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixohlik munosabatini, bir-birining o‘yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni haqgo‘ylik bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi.
Rejada o‘yinda bolalarni o‘zaro munosabatlari va xulq-atvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o‘yinlarining mazmunini, ularning o‘ynash ko‘nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachi xilma-xil harakatli va didaktik o‘yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik qiladi.
Bolalarning mehnat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O‘z mazmuniga ko‘ra topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so‘ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmuni, bolalarga novbatchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz,metod va usullarni ko‘rsatadi. Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o‘tkazish vaqti ko‘rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.
Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va hodisalar bilan bog‘liq bayramlar, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalmilal hislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o‘tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta’lim tashkilotining bolalarga ta’sir ko‘rsatishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadlarida ta’lim-tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning ilg‘or usullarini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorsi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota- onalar majlisi, bolani oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg‘ulotlar o‘tkazishni, bolalar ishlari bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.
Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik-fiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda ta’lim- tarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o‘ylab olish, maqsadni aniqroq ko‘rish imkonini beradi. Reja bo‘lsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi qo‘llanmalardan foydalanishni biladi.
Ta’lim-tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy boshlanishidan besh kun avval metodistga tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja daftarida avvalo haftalik mashg‘ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi. Har o‘n besh kunga mo‘ljallangan badan tarbiya mashqlari, ota-onalar bilan ishlash rejasi va kundalik faoliyatining yuritilishi ochib beriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist,direktor faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish ta’lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko‘rsatib, ta’lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta’lim tashkiloti ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta’kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo‘lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rej alashtirishningmaqsadi-«Bolajon»dasturining bajarilishini ta’minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda yetakchi hisoblanadi.
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko‘ra pedagogik ta’sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo‘llangan bo‘lishi kerak
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rish metod va usullarni yaxshilab o‘ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim. Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo‘lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o‘zgarishlar kiritish mumkin.
MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM direktorsi, metodist tarbiyachi tomonidan tuzilib, bolalar muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o‘ z ichiga oladi.
Istiqbol rejasi 1-3 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma’lum maqsadga qaratilgan va samarali bo‘lishini ta’minlashdir. Unda « Bolajon dasturi »ning hamma bo‘limlari o‘z aksini topadi.
Istiqbol rejasida dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ta’lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida aniq mavzular bo‘yicha belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta’lim tarbiya mazmunini aks ettiriladi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta’lim tashkilotining ish sharoiti hisobga olinadi.
Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to‘g‘risida umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o‘stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.
Pedagog va ruhshunoc olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning malaka va ko‘nikmalarni egallashi ma’lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko‘rsatdi.
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo‘ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog‘i zarur. Tarbiyachi o‘zi ishlayotgan gurux, shuningdek o‘zidan oldingi va keyingi guruhlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo‘limida bolalarni hayvonlar, o‘simliklar va shunga o‘xshashlar to‘g‘risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.
Katta va tayyorlov guruhi bolalarini narsa-buyumlar, voqea-hodisalar to‘g‘risidagi haqiqiy tasavvur va tushunchalarini, ularning tabiiy sabablar bilan bog‘lik ekanligini shakllantirish dasturning muhim vazifasidir. 2



Yüklə 292,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin