Andijon davlat universiteti maktabgacha pedagogika kafedrasi maktabgacha ta



Yüklə 292,8 Kb.
səhifə6/15
tarix15.02.2023
ölçüsü292,8 Kb.
#84397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
маруза

Ota-onalar majlisi. Ota-onalar majlisiga MTTdagi hamma guruh bolalarining ota-onalari, parallel guruhlar ota-onalari va bitta guruh bolalarining ota-onalari taklif etilishi mumkin. Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, ota-onalar qo‘mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishtiriladi. Bunda majlisda mudira yoki metodist-tarbiyachi ma’ruza qiladi, ota-onalar so‘zga chiqishadi, bolalar gapirishadi. Bular ta’lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustaxkamlaydi, ota-onalarning o‘z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi, ularda MTTga qiziqish uyg‘onadi.
Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur shdagi bolalarning ota-onalari uchun dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi. Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya berishda oilaning roli» bo‘lsa, o‘rta guruhda o‘tkaziladigan majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalashda MTT va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga hurmatni tarbiyalash» va hokazo bo‘lishi mumkin. Ota-onalar uchun tayyorlangan ma’ruzani bolalar ishini, tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘shib olib borish mumkin. Bolalar hayoti, faoliyati to‘g‘risidagi misollardan foydalanganda ijobiy materiallar ko‘proq bo‘lishi kerak, salbiy faktlarni gapirishda ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qilinuvchilarning nomlari ko‘rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali ota-onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin. Yilning oxirida o‘tkaziladigan guruh majlisida ota-onalarga bir yil mobaynida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning rejalari, haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisob beradilar va faollarning yangi tarkibi saylanadi.
Ota-onalar majlisi, ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish, . Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaning uyidagi va oiladagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi.
Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, konsultatsiyalar oldidan tashkil etiladi.
Unda xalq ta’limi to‘g‘risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishini ko‘rsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim - tarbiya jarayonlari, bolalar hayotini aks ettiruvchi tasvirlar, kitob va o‘yinchoqlar, bolalarning ishlari o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ishning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalarni qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga sababchi bo‘ladi. Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning mashg‘ulotlari, mehnat, o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada o‘larining qanday tutushlari va shunga o‘xshashlar ko‘satiladi.

Yüklə 292,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin