Andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 54,15 Kb.
səhifə7/10
tarix23.06.2023
ölçüsü54,15 Kb.
#134536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ASAKA TUMANI

Ma`muriy bo`linishi
Asaka tumani Andijon viloyatining Shahrixon, Marhamat, Andijon, Xoʻjaobod tumanlari va Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni — 0,26 ming kilometr kvadrat.
Asaka tumanida 1ta shahar (Asaka) va 77ta mahalla fuqarolar yigʻini mavjud.
Asaka shahri
Zarbdor
Ilgʻor
Kujgan
Mustahkam
Niyozbotir
Oʻzbekiston
Qadim
Qoratepa
Axolisi
Tumani aholisi soni — 191,5 ming kishi. Aholi zichligi — 1 kvadrat kilometrga 533 kishi. Aholining asosiy qismini oʻzbeklar, shuningdek, ruslarqirgʻizlartatarlaruygʻurlar va boshqa millat vakillari tashkil etadi.
Andijon viloyati yer yuzasi asosan tekislik. Hozirgi relyefi va yer yuzasidagi jinslar toʻrtlamchi geologik davrning katta-kichik daryolari va irmoqlarining faoliyatidan hosil boʻlgan. Viloyatning gʻarbiy qismi qirli tekislik (bal. 400-500 m), sharqi (Andijon shahridan sharda) Fargʻona va Oloy tizmalarining tarmoqlaridan iborat. Andijon viloyati geologik aktiv zonada joylashgan, kuchli zilzilalar boʻlib turadi (qarang Andijon zilzilasi). Iqlimi keskin kontinental, quruq. Togʻ tizmalari Fargʻona vodiysini sovuq havoning kirib kelishidan toʻsib turganligi uchun qishda Andijon viloyatida ob-havo birmuncha barqaror. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 27,3°, qishi nisbatan sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi −3°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yiliga 200 — 250 mm yogʻin tushadi. Av. Oʻzbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boy. Daryolari yogʻindan, togʻlardagi koʻp yillik qor va muzliklardan suv oladi. Asosiy daryosi — Qoradaryo (Sirdaryo irmoqlaridan biri). Uning irmoqlari — Moylisuv, Oqboʻra, Aravonsoy va boshqa Av. daryolarining suvi sugʻorish uchun ishlatiladi. Tuproqlari boʻz, qoʻngʻir, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel, less va chaqirtoshlardan iborat. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanadi. Av.ning ekin ekilmaydigan tekislik qismida shuvoq-shoʻra oʻsimliklari, togʻ yon bagʻirlarida pista, bodom oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar (buri, tulki, qobon va boshqalar) kam uchraydi; sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv havzalarida baliqlar bor.
Aholisining koʻpchiligini oʻzbeklar tashkil etadi. Qirgʻizlar, Tojiklar, Uygʻurlar, Ruslar, Koreyslar, Qangli va boshqalar ham bor. Rossiya Qoʻqon xonligini bosib olgach, bu yerga rus, ukrain, tatar, arman, yahudiy va boshqa millat vakillari koʻchib kelgan. 1 km² ga oʻrtacha 517 kishi toʻgʻri keladi. Milliy tarkibi: oʻzbeklar — 86,8%, qirgʻizlar 3,8%, tatarlar 3,1%, Qanglilar 2%, ruslar 2%. Shaharliklar 657,7 ming kishi, qishloq aholisi 1539,2 ming kishi (2000).



Yüklə 54,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin