Raxbariyati Bugun.uz nashrining keltirishicha, „Oʻzavtosanoat“ Bo Anderssonni oʻzining eng yirik korxonalari — „UzAutoMotors“ va „UzAutoMotors Powertrain“larning bosh direktori etib tayinladi[25]. Qayd etilishicha, u Shvetsiya Harbiy Akademiyasi hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvchisi. Stokgolm universitetining biznes boshqaruvi bakalavr diplomini olgan. Bo Andersson avtomobilsozlik sohasidagi top-menejer boʻlib, sohasidagi faoliyatini 1987-yildan Shvetsiyaning „Saab Automobile AB“ kompaniyasida boshlagan.
1993-yildan 2009-yilgacha xarid yoʻnalishida turli rahbar lavozimlarni egallagan va 2001—2009-yillarda „General Motors“ning global xarid boʻlinmasiga rahbarlik qilgan. 2009-yildan 2013-yilgacha „Gruppa GAZ“ korxonasiga prezidentlik qilgan. Bu davrda Andersson «Gruppa GAZ» biznesini zarardan barqaror foydaga olib chiqa olgan. 2014-yildan 2016-yilgacha „AvtoVAZ“ prezidenti etib tayinlangan. „Gruppa GAZ“da boʻlgani kabi Andersson „AvtoVAZ“da ham toʻliq transformasiyani amalga oshirgan. U „AvtoVAZ“ni tark etgach, eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlgan „Yazaki Europe, Africa, North & South America“ korporasiyasiga 4 yil rahbarlik qilgan.
Bunga qadar „UzAutoMotors“ bosh direktori etib Rustam Rajabov tayinlangandi. U kompaniyaning 2021-yildagi natijalari koʻrib chiqilgunga qadar, biroq 2022-yil 30-iyundan kech boʻlmagan, bir yillik muddatga tayinlangandi
Kompaniya tarixidagi barcha avtomobillar tarixi
Yillar
Model
1996—h.v
Daewoo Damas
1996—2004
Daewoo Labo
1996—2003
Daewoo Tico
2001—2017
Daewoo Matiz
1996—yildan
Daewoo Nexia
2003—yildan
Daewoo Lacetti
2007—h.v
Chevrolet Captiva
2007—2012
Chevrolet Epica
2008—2009
Chevrolet Tacuma
2010—h.v
Chevrolet Spark
2012—h.v
Chevrolet Malibu
2013—h.v
Chevrolet Cobalt
2013—h.v
Chevrolet Orlando
2013—h.v
Daewoo Gentra
2016—yildan
Chevrolet Nexia
2018—yildan
Chevrolet Tracker
2019—yildan
Chevrolet TrailBlazer
2019—yildan
Chevrolet Equinox
2019—yildan
Chevrolet Traverse
Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan modellar
Chevrolet Damas (1996—h.v)
Chevrolet Labo (1996—h.v)
Chevrolet Spark (avvalgi model nomi Ravon Spark/R2) (2010—h.v)
Chevrolet Cobalt (avvalgi model nomi Ravon Cobalt/R4) (2013—h.v)
Chevrolet Lacetti (avvalgi model nomi Ravon Gentra/R5) (2003—h.v)
Chevrolet Nexia 3 (T250) (avvalgi model nomi Ravon Nexia/R3) (2015—h.v)
Chevrolet Onix (2022—h.v)
Chevrolet Tracker (2022—h.v)
Hozirgi kunda import qilinayitgan modellar
Chevrolet Damas (1996—h.v)
Chevrolet Labo (1996—h.v)
Chevrolet Spark (avvalgi model nomi Ravon Spark/R2) (2010—h.v)
Chevrolet Cobalt (avvalgi model nomi Ravon Cobalt/R4) (2013—h.v)
Chevrolet Lacetti (avvalgi model nomi Ravon Gentra/R5) (2003—h.v)
Chevrolet Nexia 3 (T250) (avvalgi model nomi Ravon Nexia/R3) (2015—h.v)