Andijon davlat universiteti toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/179
tarix30.09.2023
ölçüsü5,68 Mb.
#151193
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   179
дарслик Ионлантирувчи нурлар биологияси Радиобиология дарслик

8-
chizma. 
To’qima antigenlarining tsirkulyatsiyasi
 
 
5.4. Ultratovushning organizmga ta’siri (UZI) 


158 
Ultratovush tekshiruvi (UZI) o’zining ma’lumotlarni aniqlik bilan olishi va 
informativligi bilan nurli diagnostik metodlar ichida muhim o’ringa ega.
Ultratovush to’lqinlari yuqori mexanik energiyaga ega bo’lib, bir qator fizik, 
kimyoviy va bioloigik o'zgarishlarga olib keladi. Shuning uchun ushbu fiziologik 
omilning biologik ob’ektlarga ta’sir etishi va u sabab sodir bo’ladigan 
o’zgarishlarning mexanizlarini o’rganish katta qiziqish uyg’otadi 
55,
56

Ultratovush to’lqinlari to’qima va hujayrada mikromassajni yuzaga keltiradi, 
ta’sir zonasida haroratning ortishiga olib keladi, organizmda fizik-kimyoviy, 
biokimyoviy va biofizikaviy jarayonlarning kechishida katalizator vazifasini 
bajaradi. Ultratovush bakteriostatik, bakteriosid, shamollashga qarshi, metabolitik, 
immunologik va analgetik effektlarni yuzaga keltiradi. Ushbu effektlar turli 
patologik holatlar va ikkilamchi profilaktikada keng qo’llaniladi. Ultratovushni 
turli dori preparatlar bilan qo’llash yuqori samara beradi.
Ultratovush to’lqinlari deb, qayishqoq akustik to’lqin xususiyatiga ega 
bo’lgan va turli muhitlar (qattiq, suyuq va gaz)da tarqalish xususiyatiga ega 
to’lqinlarga aytiladi
57
. Ultratovush to’lqinlarining quyi chegarasi 16-20 Gs, yuqori 
chegarasi bir necha o’n megagertsgacha boradi. Har ikki chegara ham yetarli 
darajada shartli bo’lib, insonlar eshitishi mumkin bo’lgan chegaradan ancha farq 
qiladi
55
.
Ultratovush to’lqinlari suvli muhitda tarqalganda o’zgaruvchan bosim 
yuzaga keladi. Tashqi kuchlar ta’siri natijasida yuzaga kelgan qayishqoqlik muhit 
zarrachalarini dastlabki holatiga qaytishini ta’minlaydi. Bunda zarrachalr to’lqin 
yo’nalishi bo’yicha uzatilmaydi, balki muvozanat atrofida to’planadi. Muvozanat 
holatidagi har bir qavat atrofida zarrachalarning to’lqinlanishi, keyingi qavatga 
to’lqinlarning tarqalishi yo’nalishiga mos ravishda uzatiladi. Shunday qilib, akustik 
55
Акопян, В. Б. Основы взаимодействия ультразвука с биологическими объектами: Ультразвук в медицине, 
ветеринарии и экспериментальной биологии. М. : МГТУ им. Н. Э. Баумана, 2005. - 224 с.
56
Демин, И. Ю., Прончатов-Рубцов, Н. В. Современные акустические методы исследований в биологии и 
медицине (учебно-методические материалы) [Электронный ресурс] // Электронный курс лекций. URL: 
http://www.unn.ru/pages/issues/aids/2007/37.pdf (дата обращения: 20.01.2013).
57
Гайдамака, И. И. Физическая характеристика и механизм действия ультразвука. [Электронный ресурс] / 
Сайт медиков-радиолюбителей. URL: http://smham.ucoz.ru/publ/2-1-0-55 (дата обращения: 05.05.2009). 


159 
to’lqinda energiyaning uzatilishi moddaning uzatilishisiz amalga oshadi. To’lqinlar 
ko’ndalang va bo’ylama to’lqinlarga bo’linadi. Agar zarrachalar tebranishi 
yo’nalishi to’lqinlar tarqalishi yo’nalishi bilan bir xil bo’lsa, to’lqinlar bo’ylama, 
agar ta’sirlar o’zaro perpendikulyar yo’nalgan bo’lsa ular ko’ndalang to’lqinlarga 
bo’linadi. Gazsimon va suvli muhitda, shu jumladan 75 % ni suv tashkil qiluvchi 
makroorganizmlarning 
yumshoq 
to’qimalari 
va 
mikroorganizmlarning 
hujayralarida bo’ylama to’lqinlar tarqaladi
58

Ultratovish to’lqinlarining biologik ob’ektlarga ta’sir mexanizmlaridan biri 
– tovushli kimyoviy reaksiyalardir. Kimyoviy o’zgarishlar ultratovush 
to’lqinlarining intensivligi bir necha Vt/sm
2
dan, o’n hattoki yuz Vt/sm

gacha 
bo’lganda va 1 kGs dan bir necha MGs bo’lgan chastotalarda kuzatiladi. Zero bu 
chastotalar molekulaning tebranish chastotalaridan bir necha barobar kichik bo’lib, 
UZIning rezonans yutilishi natijasida tizimda kimyoviy o’zgarishlar kuzatilmaydi 
va mazkur diapozonda chastotaning tebranishi unchalik sezilmaydi hamda 
biosistemada yuzaga keladigan reaksiyalar xarakteriga unchalik ta’sir qilmaydi
58
.
Ultratovush to’lqinlarining biologik ta’siri ko’p xollarda kavitatsiya bilan 
bo’g’lanadi
55
. Kavitatsiya bu suyuq muhitda yuqori qarshiliklar natijasida yuzaga 
kelgan va muhit suyuqligi bilan to’lgan pufakchalar bo’lib, ularning yorilishi 
yuqori bosim ostida kuzatiladi va muhitning lokal isishiga olib keladi. Kavitatsiya 
lokal xarakterda bo’lib, muhitda ko’chish xususiyatiga ega emas. Kavitatsion 
kavernlarning to’qnashuvi natijasida yuzaga keladigan bosim impulslari, nafaqat 
qattiq yoki suyuq tanalarni, balki boshqa bioob’ektlarni ham parchalash 
xususiyatiga ega bo’lib, shu jumladan mikroorganizmlarni ham parchalash 
xususiyatiga ega
55, 58

Kavitatsiya holatida UZIning kimyoviy ta’siri kavitatsion bo’shliq 
devorlarida elektrik mikrozaryadlarning paydo bo’lishi va keyinchalik elektronning 
uzatilishiga asoslangan. Biroq, ko’pchilik eksperimental tadqiqotlarni bu yo’l bilan 
58
Сорока С. А. Влияние акустических колебаний на биологические объекты // Вибрация в технике и 
технологиях. 2005. № 1. - С. 39 – 41. 


160 
isbotlash qiyinchilik tug’diradi. Shuning uchun, bunda aksariyat hollarda 
kavitatsiya kimyoviy ta’sirining issiqlik mexanizmi haqida fikr yuritiladi, zero 
bunda kaviatatsion pufakning adiabatik siqilishida unda harorat 104 Kgacha 
ko’tariladi
59
. UZI ta’sirida yuzaga keladigan ko’pchlik kimyoviy jarayonlar suvli 
muhitda amalga oshadi. Yuqori harorat ta’sirida kavitatsion pufak ichidagi suv 
molekulalarini qo’zg’algan holatga o’tadi va H
+
hamda OH
-
radikallariga 
parchalanadi. Shuningdek, ionlarga ajralishi va gidratlangan elektronlar (neytral 
suv molekulalarining elektron bilan birikishi hosilasi)ning hosil bo’lishi ham 
kuzatiladi. Radikallar qisman rekombinatlanadi, bunda ultratovush natijasida 
suvning radikal va molekulyar mahsulotlarga parchalanish muhitda erigan gaz 
tabiatiga bog’liq bo’ladi. Masalan, agar havo erigan suvli muhitga UZI ta’sir 
qildirilganda, azot oksidi va vodorod peroksid hosil bo’ladi
57
. Bundan tashqari 
moddadan UZIning o’tkazilishi bir qator kimyoviy jarayonlarning kechishini 
tezlashtiradi. Odatda, H
2
O
2
va H
+
lar ishtirokida ketadigan reaksiyalar tezlashadi, 
ayniqsa, atomar kislorod natijasida ketadigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari 
tez ketadi (2). UZI ta’sirida dixlorazotning detonatsiyasi kuzatiladi, bu esa oqsil 
molekulalarining parchalanishiga sabab bo’ladi (2). Shunday qilib, ultratovush 
tebranislari kimyoviy jarayonlarni initsirlashda, bir qancha yangi sintez 
jarayonlarini amalga oshirishda va organik tizimda sekin kechadigan jarayonlarni 
tezlatishda qo’llaniladi.
UZI biologik ob’ektlarga mexanik ta’sir ham ko’rsatadi. Kichik 
intensivlikda (2-3 Vt/sm
2
) zarrachalarning tebranish chastotasi 105-106 Gs 
bo’lganda biologik muhitda to’qimalarda o’ziga xos mikromassaj kuzatiladi. UZI 
intensivligining ortishi biologik muhitda kavitatsiyaning yuzaga kelishiaga olib 
keladi, u esa o’z navbatida to’qima va hujayralarning mexanik buzilishiga sababchi 
bo’ladi.
59
Бакланов, А. Н., Чмиленко, Ф. А. Сонолюминисценция в химическом анализе (Обзор) [Электронный 
ресурс] // Методы и объекты химического анализа. 2006. т. 1, № 2. С. 105-107. URL: 
http://www.nbuv.gov.ua/portal/chem_biol/moca/2006_2008/pdf/0102200 
6-105.pdf 
(дата 
обращения: 
11.04.2011). 


161 
UZIning bilogik muhitda tarqalishi natijasida doimo unig yutilishi va 
akustik energiyaning issiqlik energiyasiga aylanishi kuzatiladi. Issiqlikning hosil 
bo’lishi barcha to’qima bo’ylab bir xilda amalga oshmaydi, to’lqin qarshiliklari 
yaqqol namoyon bo’lgan chegarada u nisbatan sezilarli bo’ladi. Biroq, UZIning 
uzoq vaqt ta’siri natijasida biologik sistemalarda qizish kuzatiladi, bu esa o’z 
navbatida ular strukturasining buzilishiga olib keladi.
UZIning biologik ob’ektlarda ta’siri murakkab jarayon hisoblanadi, zero 
ob’ektlarning strukturasi murakkab va turli tumandir. Shunga ko’ra, ultratovush 
to’lqinlari hujayrani parchalashi yoki uning hayotiy jarayonlarini stimullashi 
mumkin. 

Yüklə 5,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin