19
me`yoriy xujjati «Sanitarnie pravila i normi pri rabote s radioaktivnimi izotopami»,
«Normi radiatsionnoy bezopasnosti - NRB-96» xisoblanadi.
Radiatsion immunologiya
– Radiatsiyaning immunitetga ta`siri va shu orqali
immunologik
faktorlar, ularning mexanizmlarini o’rganish bilan shug’ullanuvchi
fandir.
Radiatsion mikrobiologiya
– ionlovchi nurlarning mikrobiologik ob`ektlarga
ta`siri, mikroblarda radiatsion mutatsiya, sterilizatsiya, mikrob o’zgarishlari
vositasida turli radiobilogik jarayonlarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi fandir.
Yer shari bir necha 10 km qalinlikka ega atmosfera qatlami bilan o’ralgan. Bu
qatlam fazodan kelayotgan kuchli nur oqimini yutadi.
Yerga kosmik nurlarining
kichik bir ulushigina yetib keladi. Er yuzasidan yuqoriga ko’tarilgan sari bu
nurlarning miqdori ortib boradi, uzoq vaqt davomida 80-100
km va undan
balandlikda bo’lish hayot uchun xavfli. Yer atrofidagi radiatsiya, yerning magnit
belbog’lari
sohasida
ayniqsa
kuchli.
Fan va texnikaning rivoji tufayli XX asrning ikkinchi yarmida kosmik parvozlar va
sayoxatlar erasi boshlandi. Bu yangi muammolarni tug’dirdi. Parvozlar jarayonida
radiatsiyaning
turli jonzodlar, birinchi navbatda odam organizmiga ta`sirini
o’rganish va kosmonavtlarni fazo radiatsiyasidan saqlash bilan shug’ullanuvchi
radiobiologiyaning yangi bir sohasi - kosmik radiobiologiya yuzaga keldi. Bu fan
sayyoralararo sayoxatlarda kosmonavtlar organizmiga nur ta`siri va undan
muxofazalash muammolari bilan shug’ullanadi. Xozirgi paytda kosmik
sayoxatlarni ta`minlovchi yadro energetik qurilmalari yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: