16
o’rganish, nurning mutagen ta`sirini ochilishi (D.Li, Angliya, 1946 y),
N.V.TimofeevRessovskiy va K.Tsimmer (Germaniya 30-40 yillar)ning nur ta`sir
mexanizmini o’rganish bo’yicha olib borgan ilmiy ishlaridir. 1950 yillardan
boshlab, atom va termoyadro qurolining sinovlari keltirib chiqkargan radiobiologik
muammolar, o’tkir va surunkali nurlanish kasalligi, maxalliy radiatsion jaroxatlar
o’rganildi. So’nggi o’n yilliklarda kichik dozalarda surunkali nurlanishning ta`siri,
yadro xalokatlari keltirib chiqaruvchi radiobiologik muammolar – bunday
nurlanishning asoratlari, ularning oldini olish, davolash, genetik asoratlar extimoli
va radiatsion ekologiya muammolari dolzarb bo’lib kelmoqda.
Radiobilogiya bir vaqtning o’zida ham mustaqil fan, ham boshqa bir qator
fanlar bilan yaqin munosabatlarga ega fandir. (1-chizma) Bu fanlar o’zaro bog’liq
bo’lib, radiatsion tibbiyot, radiatsion veterinariya, radiatsion gigiena va radiatsion
ekologiya kabi bo’limlardan iborat. Radiobiologiya fani biologik fanlar tarkibiga
kiradi va ular bilan chambarchas bog’langan. (2-chizma)
Dostları ilə paylaş: