I.Ishdan maqsad: Texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarining texnologik jarayonida avtomobillarni texnik holatini aniqlashda diagnostika turlarini, vazifalarini va ularning o‘tkazish joylarini amalda o‘rganish.
II.Ishning mazmuni: TXKSda o‘tkaziladigan diagnostika turlari bilan tanishish. TXKSdagi texnologik jarayonida diagnostikaning o‘tkazish sxemasi bilan tanishish. Diagnostikalash turlari bo‘yicha o‘tkazish joyi va kerakli jihozlarni aniqlash.
III.Umumiy ma’lumotlar: TXKS ishlab chiqarish jarayonida quyidagi diagnostikalash turlari qo‘llaniladi: buyurmasli diagnostikalash (Db); avtomobillarni qabul qilishdagi diagnostikalash (Dq); texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashdagi texnologik diagnostikalash (Dt); nazorat diagnostikasini (Dn).
Texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalaridan TXK va ta’mirlash ishlarini texnologik jarayonini tashkil etishda avtomobillarni texnik holatini diagnostikalash katta ahamiyatga ega (1- rasm).
Buyurtmali diagnostikalash (Db) avtomobil egasi byuritmasi asosida o‘tkaziladi. Avtomobilni qabul qilishdagi diagnostikalash (Dq)da avtomobil egasining buyuritmasi va qabul qilish postidagi ko‘rik natijalariga asoslanib avtomobilni texnik holati va kerakli texnik ta’sirlar hajmi aniqlanadi.
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashdagi texnologik diagnostikalash (Dt) servis kitobchasida ko‘zda tutilgan va mijoz buyuritmasiga asoslanib nazorat-sozlash ishlarini va qo‘shimcha bajariladigan ishlarni aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Yuvish, kutish, qabul qilinish mintaqasi (Dq)
Diagnostikalash ustaxonasi (Db)
Egasiga topshirish va kutish mintaqasi (Dn)
Joriy ta’mirlash ustaxonasi (D t)
Texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi (Dt)
1- rasm. TXKS texnologik jarayonida diagnostikani qo‘llash sxemasi.