Andijon mashinasozlik instituti


Avtomobillarning tormoz tizimi



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə20/22
tarix05.04.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#93650
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Amaliy mashg\'ulot

Avtomobillarning tormoz tizimi: Tormoz xususiyatlarini tekshirish uchun ko`pincha kuch turidagi barabanli stendlar ishlatiladi. Stend konstruktsiyasining shakli 1-rasmda, yengil avtomobillar tormoz tizimlarini tekshiruvchi rolikli stend esa 2- rasmda keltirilgan.
Tormoz kuchi avtomobil g`ildiragining baraban bilan tutash nuqtasida vujudga keladigan reaktiv (aks tahsir) kuch sifatida o`lchanadi.
Stendning elektr motori barabanlarni, ular esa ATV ning g`ildiragini aylantiradi. Sekin-asta tormoz mexanizmi ishga tushiriladi va u yugurish barabanlari aylanishiga qarshilikni vujudga keltiradi. Tormoz kuchiga proportsional ravishda reaktiv (aks ta’sir) moment yuzaga keladi. Uni dumalash tayanchlariga balansir ravishda o`rnatilgan elektr motorining korpusi qabul qiladi.



1 - rasm. Tormoz xususiyatlarini tekshirish uchun barabanli stend:


1 - rama; 2 — dumalash tayanchi; 3— elektr motor; 4, 5 — yugurish
barabani; 6 — yulduzcha; 7 - zanjir uzatma; 8— mufta; 9 — pishang
(richag); 10 — aks tahsir moment datchigi; 11 — massa datchigi.

Reaktiv moment datchik yordamida o`lchanadi. Datchik kuchni elektr motor korpusidan pishang (richag) orqati oladi. Stend to`plamiga yana tormoz boshqaruvi uchun kuch o`lchagich moslamalar, tormozlanish boshlanishi datchigi (tormoz pedaliga o`rnatiladi) va tormoz tizimi pnevmatik yuritmasi nazorat nuqtalariga ulanadigan bosim datchigi kiradi.


A T V pnevmo yuritmali tormoz tizimining ishlab ketish vaqtini o`lchash favqulodda to`liq tormozlanish tartibida o`lchanadi. Stendning bosim datchigi o`q boshqaruvi jo`mragidan eng uzoqda joylashgan nazorat nuqtasi bilan ulanadi.
Ishlab ketish vaqtini o`lchayotganda tormozlanishning boshlanishi tepkili datchik bilan belgilab qo`yiladi.

2 - rasm. IW 2 WB rusumli yengil avtomobillar tormoz tizimlarini tekshiruvchi kuch rolikli stendi.
Tormoz xususiyatlarini tekshirish stendiga, odatda, jixozlangan massali avto-mobillar o`rnatiladi. SHuning uchun o`lchanayotgan tormoz kuchlari to`liq massali ATV tormoz kuchlaridan kichik. ATV tormoz mexanizmlarining texnik holati to`g`risidagi xulosani ATV ning yukli holatida paydo bo`ladigan tormoz kuchlari mikdorlari bo`yicha chiqarish kerak. SHuning uchun ATV o`klarini yuklatish moslam alarini qo`llash maqsadga muvofiq. Bunday moslama ATV tekshirilayotgan o`qi g`ildiraklarini stend roliklariga siqib turuvchi q o` sh i m ch a vertikal yuklamani vujudga keltiradi. Bu katta tormoz kuchlaridan foydalanish va ATV tormoz xususiyatlarini haqiqiy baholash imkonini oshiradi. Bunday moslamaning shakli 3- rasmda keltirilgan.

3-rasm. O`qlar va nasos stantsiyasini yuklatish uchun moslamaning shartli tasviri (bir g`ildirakni yuklatish uchun bitta sektsiya ko`rsatilgan):
1 — rama; 2- aravacha; 3- karetka; 4- siquvchi rolik; 5 - gidrotsilindr; 6 — tayanch roligi; 7 — ko`ndalang siljish gidrotsilindri; 8 - ikki yelkali pishang; 9 - tortqi; 10 - elektr motor; 11 -mufta; 12 - nasos; 13 - moy baki; 14 - filg’tr; 15 - suyuqlik
taqsimlagich; 16 - bosim regulyatori; 17— manometr; 18 - magnitli ulagich; 19 — tugmali pulg’t.



Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin