Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə2/22
tarix05.04.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#93650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Amaliy mashg\'ulot

II. Ishning mazmuni.
2.1. Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.2. Avtomobillar ekspluatatsiyasi bo‘yicha yo‘riqnoma
2.3. Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish reglamenti.


III. Umumiy ma’lumotlar.
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) va ta’mirlash (T) tizimi avtomobil zavodlari tomonidan ishlab chiqilib, «Hyundai» kompaniyasi dilerlari tomonidan servis xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.
TXK va T tizimi rejaviy ogohlantiruvchi strategiyaga asoslanib, quyidagi hujjatlar bilan ta’minlanadi:
- TXK va T bo‘yicha zavod rahbariy yo‘riqnomasi;
- N-1 avtomobilini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma;
- TXK pasporti (sevis kitobchasi);
- ehtiyot qismlar katalogi va boshqalar;

TXK va T bo‘yicha zavod rahbariy yo‘riqnomasi (Shop manual), zavodning mualliflik huquqiga ega bo‘lgan (muallifli) dilerlariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda «Hyundai» avtomobiliga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi va agregat, qism va detallarni ta’mirlash haqida to‘liq ma’lumotlar keltirilgan.


U quyidagi 3 qismdan iborat:
- avtomobil agregat va uzellariga TXK va T bo‘yicha yo‘riqnoma;
- avtomobil kuzovi ta’miri haqida yo‘riqnoma;
- avtomobil elektr jihozlari nosozliklarini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish pasportida «Hyundai» kompaniyasining kafolat majburiyatlari haqida to‘liq ma’lumotlar keltirilib, servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma va TXK amallarining bajarilganligi haqida belgi keltiriladi.
Ehtiyot qismlar katalogida nomerlari ko‘rsatilgan agregat, uzel va detallarning rasm va sxemalari keltiriladi.
Avtomobilni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomada quyidagilar keltiriladi:
- kirish;
- avtomobil bilan tanishish;
- avtomobil xavfsizligi tizimi;
- avtomobil tavsifi;
- avtomobilni boshqarish;
- favqulodda holatlardagi xarakat;
- texnik xizmat ko‘rsatish;
- mijozlar uchun ma’lumotlar;
- avtomobilning texnik tavsifi.
N-1 avtomobilining ekspluatatsiyasi bo‘yicha TXK bo‘limida quyidagilar keltiriladi:
- dvigatel bo‘limida joylashgan agregat va uzellar;
- TXK bo‘yicha ishlar majmuasi;
- avtomobil egasi tomonidan bajariladigan TXK ishlari;
- davriy TXK bo‘yicha ishlar majmuasi;
- agregat va uzellar bo‘yicha TXK ning texnik amallari.
TXK bo‘yicha ishlar majmuasida avtomobil egasining mas’uliyati va bu jarayonni bajarishdagi ehtiyotkorlik choralari ko‘rsatilgan.
Avtomobillarga TXK va T «Hyundai» kompaniyasining muallifli dilerlari tomonidan o‘tkazilishi tavsiya qilinadi. Ular tomonidan qabul qilingan sifat standartlarning yuqori talablariga mos keladi va texnik qo‘llab quvvatlanadi.
Avtomobil egasi tomonidan bajariladigan TXK ishlarida ma’lum davriylik bilan o‘tkaziladigan texnik holatni tekshirish ishlari ro‘yxati keltiriladi. Unga quyidagilar kiradi:
Avtomobilni yoqilg‘i bilan to‘ldirishda:
- motor moyi sathini tekshirish;
- bachokdagi sovitish suyuqligi sathini tekshirish;
- old oyna (peshoyna) ni yuvish bachogidagi suyuqlik sathini tekshirish;
- shinalar me’yorida damlanganligiga ishonch hosil qilish.
Avtomobilni ekspluatatsiya qilish jarayonida:
- chiqindi gazlarning tovushi o‘zgarishini, shuningdek hidi salonda paydo bo‘lishini nazorat qilib borish;
- rul chambaragi titrashini nazorat qilish. Kuchlanishning oshishiga, rul chambaragini burish uchun talab qilinadigan kuchning oshib borishiga, rul chambaragida liqillash (lyuft) hosil bo‘lishiga, uning neytral holatini o‘zgarishiga e’tibor berish;
- tekis yo‘lda harakatlanganda avtomobilning bir tomonga og‘ishi yo‘qligiga e’tibor berish;
- avtomobilni tormozlash jarayonida tizimning ishlashiga e’tibor berish, noodatiy shovqinlar paydo bo‘lishi, bir tomonga og‘ish, tormoz pedali yo‘lining o‘zgarishi yoki uni bosish kuchining oshishi kabi holatlarni belgilash;
- uzatmalar qutisini ishlash jarayonida, uzatma pog‘onasini tanlashdagi xatolar yoki biron-bir o‘zgarish holatida transmissiya moylarining sathini tekshirish;
- “R” (saqlash) ish holatida avtomat uzatmalar qutisining ishlashini tekshirish;
- to‘xtab turgandagi tormoz (bekat tormozi) ning ishlashini tekshirish;
- avtomobilning ost qismidan suyuqliklar tommayotganligini tekshirish.
Har oyda:
- bachokdagi sovitish suyuqligi sathini tekshirish;
- tashqi yoritish asboblari ishini, shuningdek to‘xtashdan ogohlantiruvchi, burilishni ko‘rsatuvchi, avariyaviy xabar beruvchi chiroqlar ishlashini tekshirish;
- barcha g‘ildiraklar, shu jumladan zaxira g‘ildiraklardagi havo bosimini tekshirish.

Yilda ikki marta (bahorda va kuzda):


- radiatorning, isitgichning va sovutgichning egiluvchan shlanglaridan suyuqlik oqmayotganligini tekshirish;
- old oyna tozalagichi va yuvgichining ishlashini tekshirish;
- faralar sozlanganligini tekshirish;
- tovush so‘ndirgich, chiqarish quvurlari, ularning g‘iloflari va xomutlarini tekshirish;
- xavfsizlik kamarlari to‘g‘ri ishlashini va yeyilmaganini tekshirish;
- shinalar yeyilganligini va g‘ildirak mahkamlaydigan gaykalarning me’yorida qotirilganligini tekshirish.
Yilda bir marta:
- avtomobil kuzovi va eshiklaridagi zovur teshiklarini tozalash;
- eshik ochilishi cheklagichlari va oshiq-moshiqlari, shuningdek kapot oshiq–moshiqlarini moylash;
- eshik va kapot qulflari va saqlagichlarini moylash;
- eshikning rezinali jipslagichlarini moylash;
- issiq kunlar boshlanishidan oldin havo sovitgich tizimini tekshirish;
- avtomat uzatmalar qutisining mexanik boshqarish elementlari holatini nazorat qilish va moylash;
- akkumulyator batareyasi va uning klemmalarini tozalash;
- tormoz suyuqligi sathini tekshirish.
“Davriy texnik xizmat ko‘rsatishlar bo‘yicha ishlar majmuasi” bo‘limida avtomobil agregat uzel va tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish grafigi ma’lum davriylik bilan keltiriladi (jadval №3.1).
Avtomobillar og‘ir sharoitlarda ishlatilganda servis xizmat ko‘rsatishlar davriyligi qisqaradi, amallarga esa o‘zgartirishlar kiritiladi (jadval №3.2).



Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin