1-rasm. ATXKSlarida ishlab chiqariah texnologik jarayonini tashkil etishninig chizmasi.
avtomobillar xarakatining asosiy yo‘nalishi
avtomobillar xarakatining ayrim hollardagi yo‘nalishi
Ishlab chiqarish joylarining xar biri quyidagicha ixtisoslashgan bo‘ladi:
texnik xizmat va mayda ta’mirlash postlari;
maxsus diagnostika uchastkasi;
ta’mirlash postlari;
agregat va detallarni ta’mirlovchi ustaxonalar.
Agregat va bo‘laklarni ta’mirlovchi ustaxonalarning soni avtoservis korxonasining katta kichikligiga bog‘liq bo‘ladi.
Maqsadga muvofiq (ratsional) texnologik jarayon esa quyidagi talablarga javob berishi lozim:
-sodda va qulay bo‘lishi;
-xammabop va universalligi;
-ishlarni yakunlashga imkon berishi;
-xavfsizligi;
-mexanizatsiya va avtomatizatsiya vositalarini keng qo‘llashga imkon berishidir.
Xammabop (universal) texnologiya deyilganda, uning ko‘p marotaba, boshqa joylarda xam qo‘llash imkoniyati mavjudligi va turli modeldagi avtomobillarga xizmat ko‘rsatishda qo‘llash mumkinligi tushuniladi.
Texnologiyani yakunlovchanligi esa, avtomobil xar bir uchastkadan o‘tgan paytda shu uchastkada mo‘ljallangan barcha ishlar to‘la bajarilishi zarurligini bildiradi.
Albatta maqsadga muvofiq (ratsional) texnologiya qo‘llanilganda mexnat unumi va sifati yuqori bo‘lishligi zarur va shart.
ATXKS ishlab chiqarish texnologik jarayonini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida barcha postlar (avtomobil turar joylari) maxsus belgilanishlariga (indekslariga) ega. Indekslarning birinchi raqami (nuqtagacha) ushbu postning qaysi mintaqaga tegishliligini bildirsa, ikkinchi raqam (nuqtadan so‘ng) postning turini bildiradi:
0-avtomobil-kutish joyi; 1-qo‘g‘almas ko‘tarish eltish jixoziga ega bo‘lgan ishchi posti; 2-yer usti ishchi posti; 3-yordamchi post; 4-tormoz tizimini tekshirish jixoziga ega bo‘lgan ishchi post; 5-boshqarish g‘ildiraklarini o‘rnatilish burchaklarini tekshirish va sozlash jixozi bilan ta’minlangan ishchi post; 6-yoritish va signalizatsiya, shu jumladan dvigatel va uning tizimlarini tekshirish jixozlariga ega bo‘gan ishchi post (quvvat jixozi o‘ratilishi xam mumkin).
Post va ishlab chiqarish mintaqalari quyidagi indekslar bilan belgilanadilar (2-rasm):
1-qabul qilish va topshirish mintaqasi; 1.3-nazorat, qabul va topshirish posti (yordamchi post);
2-yuvish bo‘limi; 2.1-yuvish posti (ishchi); 2.3-quritish posti (yordamchi);
3-diagnostika bo‘limi; 3.4-tormoz tizimini tekshirish jixoziga ega bo‘lgan ishchi post; 3.5- boshqarish g‘ildiraklarini o‘rnatilish burchaklarini tekshirish va sozlash jixozi bilan ta’minlangan ishchi post ; 3.6-dvigatel, uning tizimlari va yoritish va signalizatsiya asboblarini tekshirish ishchi posti (quvvat jxoziga ega bo‘lishi xam mumkin);
4-TXK mintaqasi; 4.0- avtomobil kutish joyi; 4.1- qo‘zg‘almas kutarish jixoziga ega bo‘lgan TXK ishchi posti; 4.2- TXK yer usti ishchi posti;
5-JT posti; 5.0-avtomobil kutish joyi; 5.1-qo‘zg‘almas ko‘tarish jixoziga ega bo‘lgan JT posti;
6-moylash bo‘limi; 6.0-avtomobil kutish joyi; 6.1.-qo‘zg‘almas ko‘tarish jixoziga ega bo‘lgan ishchi posti;
7-akkumulyator batareyalarini ta’mirlash va zaryadlash ustaxonasi; 7.0-avtomobil kutish joyi;
8-elektr jixozlari va asboblarini ta’mirlash ustaxonasi; 8.0-avtomobil kutish joyi;
2.-rasm. ATXKS postlari va mintaqalarini joylashish chizmasi.
I-io‘lab chiqarish mintaqasi; II-ma’muriy mintaqa
9-yonilg‘i ta’minoti tizimi asboblarini ta’mirlash ustaxonasi; 9.0-avtomobil kutish joyi;
10-agregat-mexanika bo‘limi; 10.0-avtomobil kutish joyi;
11-shinomontaj bo‘limi; 11.0-avtomobil kutish joyi;
12-qoplamachilik agregat ustaxonasi; 12.0-avtomobil kutish joyi;
13-kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasi; 13.0-avtomobil kutish joyi; 13.1-qo‘zg‘almas ko‘targichli ishchi post; 13.2-yer usti ishchi posti;
14-bo‘yoqchilik ustaxonasi; 14.1-qo‘zg‘almas ko‘targichli ishchi post; 14.2-yer usti ishchi posti; 14.3-yordamchi post.
ATXKSlari va diler stansiyalari uchun ishlab-chiqarish jarayonlarini tashkil qilishning turli turlarini ishlab-chiqqanlar va qo‘llaganlar.
Amaliy mashg‘ulot bo‘yicha
Нisobot
1.Ishdan maqsad:
2.Ishning mazmuni:
3.Ishni bajarish joyi:
4.Umumiy malumotlar:
5. ATXKSi ishlab chiqarish bazasining eskiz chizmasini chizing.
5.1. Mavjud texnologik mintaqa va bo‘limlarni sanab o‘ting.
5.2. Yetishmaydigan texnologik mintaqa va bo‘limlarni sanab o‘ting.
6. ATXKSsida avtomobillarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish texnologik jarayoni
chizmasi kelitiring.
7.ATXKSsida avtomobillarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning texnologik jarayonini mavjud (namunaviy) texnologik jarayonlar bilan taqqoslash bo‘yicha xulosa va takliflar:
Dostları ilə paylaş: |