IV. Ishni bajarish tartibi Talabalar amaliy ishini bajarish vaqtida zamonaviy avtomobil bo‘yicha avtomobillar ekpluatatsiyasi bo‘yicha yo‘riqnoma, avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari, avtomobiliga servis xizmat ko‘rsatish reglamenti bilan tanishadilar va jadval №3.1 №3.2 ni to‘ldiradilar.
Amaliy mashg‘ulot hisoboti 1. Ishdan maqsad. ______________________________________________ __________________________________________________________________
2. Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish joyi ____________ va sanasi _________
3.Umumiy ma’lumot ____________________________________________ __________________________________________________________________
4. Avtomobil oddiy sharoitda ishlaganda servis xizmat ko‘rsatish grafigi
5. Avtomobilga servis xizmat ko‘rsatish reglamenti
6. Xulosa.
Amaliy mashg‘ulot № 2 Mavzu: Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatishni tashkil etish texnologiyasi I.Ishdan maqsad: Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish korxonasida avtomobillarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish texnologiyasi bilan tanishish, o‘rganish va ularni nisbiy taqqoslash va taxlil qilish bo‘yicha ko‘nikma xosil qilish. Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish davrida bajariladigan ishlarining ketma ketligini o‘rganish.
II.Ishning mazmuni: 1. ATXKSi ishlab chiqarish bazasi bilan tanishish.
2. ATXKSsida avtomobillarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish texnologik jarayoni bilan tanishish.
3.ATXKSsida avtomobillarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning texnologik jarayonini mavjud (namunaviy) texnologik jarayonlar bilan taqqoslash bo‘yicha xulosa va takliflar chiqarish.
III.Ishni bajarish joyi. Amaliy mashg‘ulot Respublikamizning ilg‘or ATXKSlaridan birida bajariladi.
IV.Ishni bajarish tartibi: 1.Darsning birinchi yarim bo‘limida o‘qituvchi tomonidan talabalarga qisqacha nazariy bilimlar eslatib o‘tiladi. Nazariy qismning asosiy mazmuni ATXKSda mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlari, ATXKSlardagi ishlab chiqarish uchastkalarining turlari va vazifalari, ishlab chiqarishni tashkil etish texnologik jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar tashkil etadi. Shu jumladan ishlab chiqarish texnika bazasini eskizini chizish bo‘yicha tushuncha beriladi.