Avtomarkazlar va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida ishlab chiqarish uchastkalari.
ATXKSlarida avtoservis xizmat turlarining eng muximlari avtomobillarga TXK va ularni ta’mirlash xisoblanadi. Xizmatni boshqa turlari tijorat va texnik axamiyatga ega bo‘lsada, shu ikki xizmatga yo‘ldosh sifatida bajariladi.
TXK va ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish binosining maxsus jixozlangan ishchi postlari va ustaxonalarida bajariladi.
Avtomobillarni o‘zida bajariladigan ishlar post ishlari deb ataladi va maxsus postlarda bajariladi. Avtomobillardan chiqarib olingan agregatlar, asbob-uskunalar va turli qismlar esa maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi va sozlanadi. ATXKS larda ishlab-chiqarishini tashkil etish texnologiyasi avtomobilni tozalash-yuvish-yig‘ishtirish, qabul qilish uchun ko‘rib chiqish va zarur bo‘lgan xollarda avtomobilni diagnostika postidan o‘tkazib bajariladigan ishlar xajmini oldindan taxminiy aniqlash xamda ularni bajarish shartlarini mijoz bilan kelishishdan boshlanadi. Shuni aytish zarurki, qaysi va qanday ishlarni bajarilishni tanlash va buyurish mijozning xuquqidir. Bunda, albatta servis xodimi unga malakali tushintirish yordamini ko‘rsatishi mumkin.
Mijoz bilan servis qabul qiluvchi mutaxassisi barcha asosiy masalalar (ishlar xajmi, bajarish muddati va xizmat narxi) bo‘yicha kelishilib kerakli xujjatlar to‘ldirilgandan so‘ng (texnik xolat dalolatnomasi, buyurtma-naryad) avtomobil TXK yoki ta’mirlash mintaqasiga (uchastkasiga) jo‘natiladi. Birinchi navbatda ta’mirlash ishlari bajarilib so‘ngra TXK ishlari bajariladi.
TXK va ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish binosining maxsus jixozlangan ishchi postlari va ustaxonalarida bajariladi.
Ayrim ishchi postlari ba’zi ishlarni bajarishga ixtisoslashgan bo‘lishlari mumkin, masalan, moylash va moylarni almashtirish posti, tormozlarni tekshirish va sozlash, oldingi g‘ildiraklarni o‘rnatish burchaklarini nazorat qilish va sozlash postlari va x.k.
TXK va ta’mirlashning barcha umumiy ishlari (sozlash, qotirish, agregatlar, qismlarni o‘rnidan ajratib olish va o‘rniga qo‘yish va x.k.) universal postlarda bajariladi va bu ishlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Kichik quvvatli stansiyalarning (2-6 postli) postlari asosan universal postlardan iboratdir. Yirik va ba’zan o‘rta quvvatli ATXKS larida avtomobillardagi mayda ta’mirlash ishlarini bajarish uchun aloxida, kirish va chiqish uchun qulay bo‘lgan joyda, maxsus postlar ajratiladi. Bunda avtomobil yuvish-tozalash va qabul qiluvchi bilan kelishgan xolda bo‘sh turgan postga kiritiladi yoki bo‘shi bo‘lmagan xolda kutib turiladi. Shu joyni o‘zida, aynan shu postda, barcha ishlar bajariladi va avtomobil ATXKSdan chiqib ketadi.
Ba’zan, asosan chet amaliyotida, shu postlarni qatorida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish postlari xam ajratiladi, ya’ni mijoz o‘zi yoki yordamchisi bilan o‘zlari mo‘ljallangan ishlarni o‘zlari bajarib olishadi.
Avtomobillarga to‘la ravishda (kompleks) xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda quyidagi ishlab chiqarish uchastkalari tashkil etiladi:
-avtomobillarni yuvish va quritish;
-avtomobillarni TXKga qabul qilish va ularni egasiga topshirish;
-maxsus diagnostika uchastkasi;
-texnik xizmat ko‘rsatish postlari;
-ta’mirlash va agregatlarni almashtirish postlari:
-kuzov elementlarini (eshiklari, kanotlari, bamperlari va x.k.) ta’mirlovchi postlar;
-agregatlar va detallarni ta’mirlovchi ustaxonalar;
-g‘ildiraklar va shinalarga xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalar;
-akkumulyatorlarni ta’mirlovchi va zaryadlovchi ustaxonalar;
-elektr jixozlariga xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalar;
-dvigatelning ta’minot tizimi priborlari (karbyurator, injektor, benzonasos va x.k.) ga xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalar;
-kuzovni ta’mirlash kompleksi (tunukasozlik, payvandlash, armatura, bo‘yashga tayyorlash, bo‘yash va quritish).
Avtomarkazlarda, yirik va o‘rta ATXKS larda yuqorida keltirilgan ishlab chiqarish uchastkalarining barchasi to‘la va mustaqil ravishda tashkil etiladi. Lekin uning bir qancha turlari xam bo‘lishi mumkin, masalan, mayda ta’mirlash ishlarini TXK postlarida yoki aloxida, kirishga va chiqishga qulay bo‘lgan postlarda bajarishni tashkil qilish mumkin. Ba’zi ustaxonalar kichik ATXKS larda birlashtiriladi, masalan, akkumulyator ustaxonasi elektr jixozlari ustaxonasi bilan, ta’minot tizimi asboblarini ta’mirlash agregatlar ustaxonasida baja-rilishi mumkin. Shuningdek TXK ishlari ta’mirlash ishlari bilan birgalikda bir postning o‘zida tashkil etilishi xam mumkin.
Avtoservis korxonalarida xamma xollarda xam avtomobilni yuvish tozalash, qabul qilib ko‘zdan kechirish ishlari bajariladi, xavfsizlikni ta’minlovchi mexanizmlari va tizimlari diagnostika qilinadi, zarurat bo‘lsa chuqur diagnostika qilib so‘ng ishchi postlarga yoki kutish joylariga jo‘natiladi. 1-rasmda ATXKSlarida avtoservis xizmatini tashkil qilishning texnologik jarayoni keltrilgan.
Ishlab-chiqarishni tashkil etilishining texnologiyasi, ya’ni barcha ishlar bajarilishining ketma-ketligi, tartibi ishlab chiqilar ekan, bu texnologiya, ya’ni texnologik jarayon ratsional, eng maqsadga muvofiq bo‘lishi kerak.