I. Ishdan maqsad: Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish korxonasining texnik-texnologik va ishlab chiqarish xujjatlari bilan tanishish, ro‘yxatini tuzish. Xulosalar chiqarish.
II. Ishning mazmuni: Mavjud ATXKSning texnologik va ishlab chiqarish xujjatlari bilan tanishish, ro‘yxatini tuzish.
III.Ishni bajarish joyi. Amaliy mashg‘ulot Respublikamizning ilg‘or ATXKSlaridan birida bajariladi.
IV. Ishni bajarish tartibi: 1.Darsning birinchi yarim bo‘limida o‘qituvchi tomonidan talabalarga qisqacha nazariy bilimlar eslatib o‘tiladi. Nazariy qismning asosiy mazmuni avtoservis xizmatining xuquqiy va me’yoriy ta’minlovchi xujjatlar tizimi, Avtoservis sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan texnik-texnologik xujjatlar turlarini eslatishdan iborat.
2.Talabalarning keyingi faoliyatlari o‘qituvchi topshirig‘iga asosan, amaliy ishining hisobot qismida qayd etilgan ishlar asosida ATXKSda rasmiylashtiriladigan hujjatlar bilan tanishadilar.
Davlat, tarmoq va korxonalarning xizmatlari sifatini belgilovchi va kafolatlovchi standartlari.
Xar qanday ko‘rsatiladigan xizmatni sifatiga mijozlar qo‘yadigan talablar davlat qonunlarida aks ettiriladi va shu xolatdagina ularni bajarilishiga xuquqiy asos yaratiladi. o‘zbekistonda va Rossiyada bunday qonunlar xozircha ikkita: ”Iste’molchilarni xuquqini ximoya qilish to‘g‘risidagi qonuni 1996 yil may oyida qabul qilingan (o‘zbekistonda) va “Tovarlar va xizmatchilarni sertifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun. Bu qonunlarda tovar (mol) ishlab chiqaruvchi yoki savdo qiluvchilar bilan iste’molchilar, mijozlarni o‘zaro xaq-xuquqlari, vazifalari, javobgarliklari umumiy tarzda keltirilgan. Ikkinchi qonunda esa tovarni yoki xizmatni sertifikatsiya qilish, ya’ni ularni barcha talablar, standartlar asosida tayyorlanganligi yoki bajarilganligini davlat tomonidan tasdiqlash va shunga xujjat yoki belgi olish.
Bu qonunlardan tashqari davlatni yana bir qancha standartlari (GOSTlari) mavjud bo‘lib ular xavfsizlikni ta’minlash va tabiatni asrash, ekologik talablaridan kelib chiqadi, masalan, avtomobilning kafolati, chiroqlari, signalizatsiya, boshqaruv organlariga qo‘yilgan standartlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, avtomobillar ishlab chiqaruvchi firmalarning o‘z maxsulotlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda qo‘llaniladigan turli qoidalar, nizomlar, texnik talablar, shartlar, texnologik intizom va xakozolar xam mavjuddir.
O‘zbekistonda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash to‘g‘risida “Nizom” va “Axoli avtomobillariga xizmat ko‘rsatish” qoidalari ishlab chiqilgan.
Yuqorida keltirilgan davlat qonunlari, standartlari, soxa va muassasalarning talablari asosida servis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar xizmat sifatini ta’minlash va uni talab darajasida barqaror ushlab turish maqsadida aytib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z standartlarini ishlab chiqaradi va amalga oshiradi. Tovarlar va xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan barcha xuquqiy va me’yoriy xujjatlar tizimini quyidagi chizmada tasavvur qilish mumkin (1-rasm).
1 -rasm. Avtoservis xizmatining xuquqiy va me’yoriy ta’minlovchi xujjatlar tizimi. Nizomda avtomobillarni texnik xizmati va ta’miri asoslari va me’yorlari, va shuningdek ularni avtotexxizmat korxonalarida tashkil etish bo‘yicha tavsiyanomalar keltiriladi. Nizomni asosi qilib avtomobillarni texnik xolatini ta’minlovchi ma’lum bir strategiya tanlab olinadi.
Qoidada esa mijoz bilan ijrochi orasidagi aloqalarni, tarkiblarni xuquqiy me’yorlari keltiriladi. Shu jumladan:
a) buyurtmani bajarish muddati:
-TXK va davlat texnik qaroviga tayyorlash - 2 kun;
-joriy ta’mirlash - 15 kunga qadar;
-kuzovni to‘la bo‘yash (eskisini olib tashlab) - 15 kunga qadar;
-kuzovni to‘la tiklash va bo‘yash - 45 kunga qadar;
b) sifatni kafolati:
-TXK - kamida 10 kun;
-avtomobilni, agregatni, uzelni joriy ta’mirlash - 30 kun;
-kuzovni bo‘yash - 6 oy
-agregatni qayta tiklash - 6 oy, yurgan yo‘li 15 ming km. ga qadar;
Avtoservis sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan texnik-texnologik xujjatlar Avtomobillarga TXK va ularni ta’mirlash ishlarining tashkil etilishi tartiblari va texnologiyalari avtomobilsoz kompaniyalar tomonidan tayyorlangan maxsus texnik-texnologik xujjatlar asosida olib boriladi. Xar bir kompaniya turli rusumdagi o‘zi ishlab chiqargan avtomobillarga TXK va ta’mirlash ishlarini belgilovchi xujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlab, avvalo, avtomobillar bilan savdo qiluvchi va xizmat ko‘rsatuvchi dilerlarga yetqazib beradi, ayrimlarini esa xar bir sotilgan avtomobillarga qo‘shib xaridorga beradi. Bu xujjatlarning asosiylari quyidagilardir:
-avtomobillardan foydalanish qoidalari;
-servis daftarchasi;
-avtomobildan foydalanish to‘g‘risida qo‘llanma;
-avtomobilga TX ko‘rsatish va ta’mirlash to‘g‘risidagi
qo‘llanma;
-kafolatli xizmat to‘g‘risidagi nizom;
-TXKva ta’mirlash ishlarini bajarishga texnologik
xaritalar va x.k.
Xujjatlar avtomobillar sotiladigan mamlakatlar xududlar tilida yozilishi shart. Ko‘rsatilgan xujjatlarga tayanib xar bir mamlakat o‘z davlat qonunchiligidan kelib chiqib avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni tamirlash qoidasini yoki nizomini tasdiqlaydi.
Avtokompaniyalarning va shuningdek davlatlar tomonidan tasdiqlangan xujjatlari soxada yagona texnik siyosat o‘rnatish, TXK va ta’mirlash tizimiga uning tashkil etilishiga zarur talablar qo‘ylish imkoniyatlarini yaratadi. Xujjatlarda avtomobillar egalari, avtomobilsozlik kompaniyalari va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning o‘zaro munosabatlari belgilanadi va shuningdek, avtomobillarning ishonchli va xavfsiz ishlashlarini ta’minlovchi TXK va ta’mirlashning turlari va me’yorlari keltiriladi.
Avtomobillarga TX ko‘rsatish va ularni ta’mirlash tizimi, ya’ni avtomobillarning ishonchli, samarali va xavfsiz ishlashlarini ta’minlovchi nizomlar, dasturlar, TXK va ta’mirlash me’yorlari majmui ma’lum bir strategiyaga asoslangan bo‘ladi.