Andijon mashinasozlik instituti


Talabalarning keyingi faoliyatlari o‘qituvchi topshirig‘iga asosan, laboratoriya ishining hisobot qismida qayd etilgan ishlar asosida amalga oshiriladi



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə4/22
tarix05.04.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#93650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Amaliy mashg\'ulot

2.Talabalarning keyingi faoliyatlari o‘qituvchi topshirig‘iga asosan, laboratoriya ishining hisobot qismida qayd etilgan ishlar asosida amalga oshiriladi.


V.Umumiy malumotlar
Texnik xizmat ishlari deyilganda avtomobil, uning agregatlari, detallari va qismlari texnik xolatini sozlash, rostlash va ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar jamlanmasi ko‘zda tutiladi.
Tijoriy va axborot(infarmatsion) xizmati ishlari esa avtomobillarni extiyet qismlar, avtoekspluatatsion materiallar va avtoanjomlar bilan taminlash, savdo va reklama qilish xamda bu soxani biznes sifatidagi faoliyati tushuniladi, aniqrog‘i:
-avtomobillar, extiyot qismlar, avtomateriallar, avtoanjomlar bilan savdo kilish;
- avtomobillarni yonilg‘i-moy materiallar bilan taminlash;
- ko‘rsatiladigan xizmat turlarini reklama qilish, mijozlarni axborot bilan taminlash, soxadagi raqobatga moslashish, mijozlarning talablari, fikrlari va didlarini doimo o‘rganib, ish faoliyatida xisobga olib borish va x.k.
Avtoservis xizmat turlariga shuningdek, axoli avtomobillarini komission usulda sotib berish, axoliga transport xizmat ko‘rsatish va avtomobillarni ijaraga berish kabilar xam kiradi.
Avtoservisning iqtisodiy va ijtimoiy axamiyati Vatanimiz avtomobil transporti va axoli avtomobillari uchun katta bo‘lib uning xizmatidan yil davomida avtomobillar doimiy foydalanadilar. Respublikamiz avtoservisi o‘ziga xos rivojlanish tarixi va yo‘liga ega. Malumki, jaxon avtoservisi avtomobil sanoati va transportiga tengdosh bo‘lib ular bilan birga rivojlangan va bir xil tarixga ega. Zotan, jaxon avtomobil bozorlarini egallash xamma vaqt zamonaviy avtomobil servisi uzluksiz ishlab turishini talab etgan.

  1. Vaxalonki MDX da avtoservisni paydo bo‘lishi va uni rivojlanishi asosan fuqarolarni avtomiobillarga ega bo‘lishi bilangina bog‘liq bo‘lgan. Davlat siyosati, xamma soxada bo‘lganidek, avtomobil transportida xam asosan jamoat tarnsportini rivojlantirishga qaratilgan edi. Shaxsiy, fuqarolar transporti, ikkinchi darajali xisoblanar, va uni transport tizimidagi o‘rni qadrlanmas, unga xizmat ko‘rsatish avtomobil egalarini o‘z muammolari bo‘lib qolgan edi. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar mamlakatni faqat yirik va markaziy shaxarlaridagina bo‘lib ular asosan chet el sayoxatchilari va elchixonalari avtomobillariga xizmat qilar edi.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin