Andijon mashinasozlik instituti

-mavzu: “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati

Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
falsafa

13-mavzu: “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati 
Reja: 
1.―Etika‖ fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi.  
2. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati.  
3. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me'yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo'lishi.  
4. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov.  
   
Axloqshunoslik  bir  necha  ming  yillik  tarixga  ega  bo‘lgan  qadimiy  fan.  U  bizda  «Ilmi  ravish»,  «Ilmi  axloq», 
«Axloq  ilmi»,  «Odobnoma»  singari  nomlar  bilan  atab  kelingan.  Ovro‘pada  esa  «Etika»  nomi  bilan  mashhur,  biz 
ham  yaqin-yaqingacha shu atamani qo‘llar edik. U dastlab  manzildoshlik,  yashash joyi,  keyinchalik esa odat, fe‘l, 
fikrlash tarzi singari ma‘nolarni anglatgan; yunoncha «ethos» so‘zidan olingan.  
Uni birinchi bo‘lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni 
uch guruhga bo‘ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga 
etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa san‘at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. SHunday qilib, qadimgi 
yunonlar axloq haqidagi ta‘limotni fan darajasiga ko‘targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar. 
Biroq  bizda  milliy-mintaqaviy  axloqiy  qadriyatlarimizning,  dastlabki  axloqiy  g‘oyalarning  vujudga  kelishi 
qadimgi yunonlar yashagan davrdan o‘nlab asrlar avval ro‘y bergan. Ajdodlarimizning eng ko‘hna e‘tiqodiy-axloqiy 
kitobi - «Avesto» buning yorqin dalilidir. SHu sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy-hayotiy 
talablar nuqtayi nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik. 
Axloqshunoslik  axloqning  kelib  chiqishi  va  mohiyatini,  kishining  jamiyatdagi  axloqiy  munosabatlarini 
o‘rganadi.  «Axloq«  so‘zi  arabchadan  olingan  bo‘lib,  insonning  muomala  va  ruhiy  xususiyatlari  majmuini,  fe‘lini, 
tabiatini anglatadigan «xulq» so‘zining ko‘plik shaklidir. «Axloq« iborasi ikki xil ma‘noga ega: umumiy tushuncha 
                                                 
109
 И.А.Каримов Тарихий хотирасиз келажак йўқ // Асарлар тўплами 7 жилд -   T.: ―Ўзбекистон‖, 1999,134 б. 
 
sifatida  u  fanning  predmetini  anglatsa,  muayyan  tushuncha  sifatida  inson  fe‘l-atvori  va  xatti-harakatining  eng 
qamrovli  qismini  bildiradi.  Axloqni  umumiy  tushuncha  sifatida  olib,  uni  doira  shaklida  aks  ettiradigan  bo‘lsak, 
doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi. 
Odob  -  inson  haqida  yoqimli  taassurot  uyg‘otadigan,  lekin  jamoa,  jamiyat  va  insoniyat  hayotida  burilish 
yasaydigan  darajada  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lmaydigan,  milliy  urf-odatlarga  asoslangan  chiroyli  xatti-
harakatlarni o‘z ichiga oladi. 
Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli 
ta‘sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui. 
Axloq - jamiyat, zamon, ba‘zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan 
ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma‘naviy hodisa. 
Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma 
qatori o‘tiribdi.  Navbatdagi bekatdan bir keksa  kishi chiqib, uning ro‘parasida  tik turib  qoldi.  Agar talaba  darhol: 
«O‘tiring,  otaxon!»  deb  joy  bo‘shatsa,  u  chiroyli  a‘mol  qilgan  bo‘ladi  va  bu  a‘moli  bilan  atrofdagilarda  yaxshi 
kayfiyat  uyg‘otadi;  chetdan  qarab  turganlar  unga  ich-ichidan  minnatdorchilik  bildirib:  «Baraka  topgur,  odobli 
yigitcha ekan», deb qo‘yadilar. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o‘zini mudraganga solib, qariyaga joy 
bo‘shatmasa,  g‘ashimiz  keladi,  ko‘nglimizdan:  «Buncha  beodob,  surbet  ekan!»  degan  fikr  o‘tadi,  xullas,  u  bizda 
yoqimsiz taassurot uyg‘otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo‘shatgani yoki bo‘shatmagani oqibatida 
vagondagi yo‘lovchilar hayotida darhol biror-bir ijobiymi, salbiymi - muhim o‘zgarish ro‘y bermaydi. 
Xulqqa  quyidagicha  misol  keltirish  mumkin:  mahallamizdagi  oila  boshliqlaridan  biri  imkon  boricha  qo‘ni-
qo‘shnilarning  barcha  ma‘rakalarida  xizmatda  turadi,  qo‘lidan  kelgan  yordamini  hech  kimdan  ayamaydi, 
ochiqko‘ngil,  ochiqqo‘l,  doimo  o‘z  bilimini  oshirib  borishga  intiladi,  tirishqoq,  oila  a‘zolariga  mehribon  va  h.k. 
Unday odamni biz xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha 
bo‘lsa,  u  qo‘ni-qo‘shnilar  bilan  qo‘pol  muomala  qilsa,  to‘y-ma‘rakalarda  janjal  ko‘tarsa,  sal  gapga  o‘dag‘aylab, 
musht  o‘qtalsa,  ichib  kelib,  oilada  xotin-bolalarini  urib,  haqoratlasa,  uni  badxulq  deymiz.  Uning  badxulqliligidan 
oilasi,  tevarak-atrofdagi  ba‘zi  shaxslar  jabr  ko‘radi,  mahalladagilarning  tinchi  buziladi,  lekin  xatti-harakatlari 
jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror-bir ko‘zga tashlanadigan ta‘sir o‘tkazmaydi. 
Biroq,  bu  fikrlardan  odob  va  xulqning  jamiyatdagi  roli  u  qadar  ahamiyatli  emas  ekan,  degan  xulosa 
chiqmasligi  kerak;  fuqarolar  orasida  odoblilik  va  xushxulqlilikning  keng  yoyilishi  jamiyat  axloqiy  hayotigagina 
emas,  balki  butunisicha  ijtimoiy  taraqqiyotga  ham  ijobiy  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Bu  ta‘sir  tufayli  garchand  jamiyat 
birdaniga yuksalib ketmasa-da, asta-sekinlik bilan, muntazam ravishda yaxshilanib, ravnaq topib boradi.  
Axloqqa kelsak, masala o‘ta jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud viloyat prokurori o‘zi mas‘ul 
hududda  doimo  qonun  ustuvorligini  ta‘minlash  uchun  intiladi,  adolat  qaror  topishini  ko‘zlab  ish  yuritadi,  lozim 
bo‘lsa,  hokimning  noqonuniy  farmoyishlariga  qarshi  chiqib,  ularning  bekor  qilinishiga  erishadi;  oddiy  fuqaro 
nazdida  nafaqat  o‘z  kasbini  e‘zozlovchi  shaxs,  balki  haqiqiy  huquq  posboni,  adolatli  tuzum  timsoli  tarzida 
gavdalanadi;  u-umrini  millat,  Vatan  va  inson  manfaatiga  bag‘ishlagan  yuksak  axloq  egasi;  u,  o‘zi  yashayotgan 
jamiyat uchun namuna bo‘laroq, o‘sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, 
aksincha, qonun himoyachisi degan nomi bo‘laturib, o‘zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo‘lida oqni qora, qorani 
oq  deb  tursa,  u  axloqsizlik  qilgan  bo‘ladi:  oddiy  fuqaro  nazdida  birgina  kishi-prokuror-amaldor  emas,  balki  butun 
jamiyat  adolatsiz  ekan,  degan  tasavvur  uyg‘onadi.  Bunday  tasavvurlarning  muntazam  kuchayib  borishi  esa  oxir-
oqibat o‘sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi. 
Albatta,  har  uchala  axloqiy  hodisa  va  ularning  ziddi  nisbiylikka  ega.  CHunonchi,  hozirgina  misol 
keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o‘z yakka hukmronligi yo‘lida millionlab begunoh insonlarni 
o‘limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Hitler, Pol Pot singari shaxslar axloqsizligi orasida farq bor: agar prokurorning 
axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti-harakatlari umumbashariy 
miqyosdagi fojealarga olib keladi. 
Bu  o‘rinda  shuni  alohida  ta‘kidlash  joizki,  axloqiy  tarbiya  natijasida  odoblilik  -  xushxulqlilikka, 
xushxulqlilik-yuksak axloqiylikka aylangani  kabi, axloqiy tarbiya  yo‘lga qo‘yilmagan joyda  muayyan  shaxs, vaqti 
kelib, odobsizlikdan-badxulqlilikka, badxulqlilikdan-axloqsizlikka o‘tishi mumkin. 
SHunday  qilib,  axloqshunoslik  mazkur  uch  axloqiy  hodisani  bir-biri  bilan  uzviylikda  va  nisbiylikda 
o‘rganadi. Ana shu uch axloqiy hodisaning umumlashmasini, ya‘ni mazkur fanimizning predmeti bo‘lgan umumiy 
tushuncha sifatidagi axloqni quyidagicha ta‘riflash mumkin: 
Axloq-barcha  odamlar  uchun  birdek  taalluqli  hisoblangan,  ijtimoiy  talablar  hamda  ehtiyojlarning 
munosabatlar  shaklidagi  ko‘rinishidan  iborat  bo‘lgan,  insonga  berilgan  ixtiyor  erkinligining  xatti-harakatlar 
jarayonida ichki iroda kuchi tomonidan oqilona cheklanishini taqozo etuvchi ma‘naviy hodisa. 
SHuningdek, atoqli faylasuf  Erkin Yusupovning:  «Umuman, axloq ijtimoiy  munosabatlar zaminida  alohida 
shaxs  sifatida  mavjud  bo‘lgan  insonlarning  o‘z-o‘zini  idora  qilish  shakllari  va  me‘yori,  o‘zaro  muloqot  va 
munosabatlarda ularga xos bo‘lgan ma‘naviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir»-degan ta‘rifi ham diqqatga 
sazovor.
110
 
Axloqshunoslik  qadimda  fizika,  metafizika  va  mantiq  bilan  birgalikda  falsafaning  uzviy  (uchinchi)  qismi 
hisoblanar  edi.  Keyinchalik  (Arastudan  so‘ng)  u  alohida  falsafiy  yo‘nalishdagi  fan  maqomini  oldi.  Bu  fikrni 
                                                 
110
 Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари. Т., Университет, 1998, 38-б. 
 
quyidagicha  kengaytiribroq  talqin  etish  mumkin.  Ma‘lumki,  falsafaning  fanlar  podshosi  sifatidagi  vazifasi  barcha 
tabiiy  va  ijtimoiy  ilmlar  erishgan  yutuqlardan  umumiy  xulosalar  chiqarib,  insoniyatni  haqiqatga  olib  borishdir. 
SHundan  kelib  chiqqan  holda,  falsafaning  predmetini  tafakkur  deb  belgilash  maqsadga  muvofiq.  Axloqshunoslik 
axloqiy  tafakkur  taraqqiyotini,  uning  nazariy  muammolarini  tadqiq  etadi  va  amaliyotda  insonni  ezgulik  orqali 
haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. SHu bois uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafasi deb ham atash mumkin. 
Bugungi kunda falsafiy fan sifatida uch yo‘nalishda ish olib boradi, ya‘ni axloqshunoslik axloqni: 1) bayon 
qiladi;  2)  tushuntiradi;  3)  o‘rgatadi.  SHunga  ko‘ra,  u  tajribaviy-bayoniy,  falsafiy-nazariy  va  mezoniy-me‘yoriy 
tabiatga  ega.  Qadimgilar  uni  amaliy  falsafa  deb  ataganlar.  Zero,  sof  nazariy  axloqshunoslikning  bo‘lishi  mumkin 
emas.  U  insoniyat  o‘z  tajribasi  orqali  erishgan  donishmandlik  namunalarini  hikmatlar,  naqllar,  matal-maqollar 
tarzida  bayon  etadi,  kishilarni  axloqiy  qonun-qoidalarga  o‘rgatadi,  ularga  axloqning  mohiyatini  tushuntiradi  va 
falsafiy  xulosalar  chiqaradi.  Ya‘ni  axloqshunoslik  fanida  Aflotun,  Arastu,  Epikur,  TSitseron,  Seneka,  Avgustin, 
Forobiy,  Ibn  Sino,  G‘azzoliy  ,  Nasafiy,  Spinoza,  Kant,  Hegel,  SHopenhauer,  Foyerbax,  Kirkegaard,  Nitsshe,  Vl. 
Solovьyov,  Losskiy  singari  buyuk  faylasuflar  yaratgan  axloq  nazariyasiga  doir  ta‘limotlar  bilan  birgalikda 
«Panchatantra»,  «Qutadg‘u  bilik»,  «Qobusnoma»,  Sa‘diyning  «Guliston»,  Jomiyning  «Bahoriston»,  Navoiyning 
«Mahbub ul-qulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi 
amaliy  axloqqa  bag‘ishlangan  asarlari  ham  o‘z  mustahkam  o‘rniga  ega.  Axloqshunoslikning  boshqa  falsafiy 
fanlardan farqi ham, o‘ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning ana shunday omuxtaligidadir. 
Qadimiy ona sayyoramizdagi hayot odatda uch olamdan iborat deb qabul qilingan. Bular – nabotot, hayvonot 
va  bashariyat  olami;  ularning  o‘zaro  munosabatlari  zaminimizdagi  hayotning  asosiy  omili  hisoblanadi.  Har 
uchalasiga  ham  paydo  bo‘lish,  rivojlanish,  o‘zini  muhofaza  qilish,  nasl  qoldirishga  intilish  instinkti  berilgan  va 
hayotining bir kunmas–bir kun o‘lim bilan nihoya topish qismati belgilangan. CHunonchi, o‘simlik urug‘dan paydo 
bo‘ladi, rivojlanadi, singan shoxlari o‘rnini sirach chiqarib davolaydi  – muhofaza qiladi, urug‘ini qoldirib, bir kun 
quriydi.  Hayvon  shu  xususiyatlar  bilan  birgalikda  sezish  a‘zolari  va  qobiliyatiga  hamda  muayyan  darajada  idrok 
etish  xislatiga  ega.  Insonda  esa  bulardan  tashqari  mulohaza  qilish,  fikrlash  qobiliyati  va  uyat  hissi,  bir  so‘z  bilan 
aytganda, aql bor. Uni Imom G‘azzoliy  oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak, yurak ichidagi yurak deb ataydi. Ana shu 
aql ixtiyor erkinligini, ixtiyor erkinligi esa axloqni taqozo etadi. 
Bu fikrni yoyibroq tushuntirish uchun insonning paydo bo‘lishi tarixiga nazar tashlamoq joiz. 
Avvalo, shuni aytish kerakki, insonning paydo bo‘lishi eng bahsli muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada 
bir–biriga  qarama–qarshi  ikki  qarash  mavjud.  Biri  –  diniy,  ikkinchisi  –  dahriycha  qarash.  Diniy–e‘tiqodiy  nuqtayi 
nazardan  odamni  Xudo  yaratgan.  Dahriycha  qarash  esa  buni  inkor  etib,  odamni  tabiat  yaratgan,  u  tabiatning  bir 
qismi, degan g‘oyani ilgari suradi. Ular orasida ingliz tabiiyotshunosi CHarlz Darvin (1809– 1882) fikrlari alohida 
e‘tiborga molik. 
Darvin tabiiy turlarning tanlov yo‘li bilan kelib chiqishi haqidagi evolyutsion ta‘limotni yaratdi. U odam bilan 
odamsimon maymunlarning qardoshligini isbotlashga urindi, biroq u to‘g‘ridan–to‘g‘ri odam maymundan tarqalgan 
jonzot,  degan  fikrni  aytgan  emas.  SHuningdek,  Darvin  dahriy  bo‘lmagan,  hamma  qatori  nasroniylik  qonun–
qoidalariga  amal  qilib  yashagan.  Buning  ustiga  uning  o‘zi  Kembrij  universiteti  qoshidagi  Iso  kollejini  tugatgan. 
Darvin tarjimai holi asosida roman yozgan ingliz yozuvchisi Irving Stoun uning Xudoni inkor etmaganini bir necha 
o‘rinda  ta‘kidlaydi.  Mana  shulardan  biri:  «Mening  nazariyam  Xudoning  borligini  inkor  etmaydi.  Tabiat  Uning 
qonunlariga bo‘ysunadi xolos».
111
 Marks o‘zining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan material so‘rab xat 
yozganida,  Darvin  unga  rad  javobini  beradi.
112
  SHunga  qaramay  markschilar,  Darvinning  mohiyatini 
tushunmaganlari  holda,  uning  nomini  bayroq  qilib,  ta‘limotini  o‘z  foydalariga  soxtalashtirishga  tinimsiz  harakat 
qildilar. Dahriycha qarashni Darvin nomi bilan bog‘lab ish ko‘rish yaqin–yaqingacha «sotsialistik lager» hududiga 
kirgan  mamlakatlarda  rasmiy,  davlat  yondashuvi  sifatida  hukm  surib  keldi.  Totalitar  tuzumga  asoslangan  bu 
davlatlar tanazzulga uchragach, yana insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda yetakchilik mavqeini egalladi. 
To‘g‘ri,  bu  o‘rinda  Darvinning  evolyutsiya  nazariyasi  va  Xudoning  olamni  olti  kunda  yaratgani  haqidagi 
diniy aqida bir–biri bilan qanday sig‘ishadi, degan savol tug‘iladi. Gap shundaki,  makon va zamonda ro‘y bergan, 
milliardlab  yil davom etgan evolyutsiya:  nabotot  – hayvonot  – odamzod doirasi  makon  va zamondan tashqaridagi 
fazoviy, Ilohiy Vaqt  nuqtayi  nazaridan juda qisqa  muddatda voqe bo‘lishi  mumkin. Xudoning olti  kuni o‘z ichiga 
makon  va  zamonni  sig‘dirgan  Mutlaq  Vaqtga,  evolyutsiya  nazariyasiga  asos  qilib  olingan  milliardlab  yillar  esa  – 
makon va zamon ichidagi nisbiy, insoniy vaqtga taalluqlidir. 
Umuman olganda, insoniyatning intellektual tarixida, hatto nisbatan dahriylik asri bo‘lmish XX asrda ham, 
insonni Xudo  yaratgan, degan  fikr  kamida  to‘qson  foizni  tashkil etadi.  Biz  ham ana shu ko‘pchilik  tomonidamiz. 
Ayni  paytda,  kamchilik  bildirgan  va  bildirayotgan  aksilfikr  ham  yashash  huquqiga  ega  ekanini  tan  olamiz. 
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning mana bu gaplari bizning fikrlarimiz uchun e‘tiborli xulosa bo‘la oladi 
deb o‘ylaymiz: 
«SHu  o‘rinda  ta‘kidlamoqchi  edimki,  dunyoviylik,  ayrim  aqidaparast  kimsalarning  da‘volaridan  farqli 
o‘laroq, aslo dahriylik emas. Biz bunday noto‘g‘ri va g‘arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz».
113
 
111
 Стоун И. Происхождение. Роман  –  биография Чарлза Дарвина. М., Политиздат. 1983. С. 273. 
112
 Қаранг: Аъзамов А. Фан ва дин: одамзоднинг пайдо бЎлиши. «Тафаккур» журнали, 1999, 4-сон, 32-б. 
113
 Каримов И.А. Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман. «Фидокор» газетаси, 2000, 8 
июн. 

XX  asr  buyuk  olmon  faylasufi  Karl  Yaspers,  odamni  boshqa  jonzotdan  keltirib  chiqarishning  nojoizligi 
haqida gapirib, inson transtendental bog‘liqlikka ega, uning imkoniyatlarini, erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab 
bo‘lmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini o‘zi ham bilmaydi, deb uni ulug‘laganida, bizningcha, 
tamomila  haq  edi.  Agar  diqqat  qilsak,  asrimiz  mutafakkirining  fikri  Qur‘oni  karim  «Baqara»  surasida  marhamat 
qilingan  quyidagi  oyatlarga  hamohangdir:  «30.  Eslang  (Ey  Muhammad),  Parvardigoringiz  farishtalarga:  «Men 
Yerda  (Odamni)  xalifa  (yordamchi)  qilmoqchiman»,  deganida,  ular  aytdilar:  «U  yerda  buzg‘unchilik  qiladigan, 
qonlar  to‘kadigan  kimsani  (xalifa)  qilasanmi?  Holbuki,  biz  hamdu  sano  aytish  bilan  Seni  ulug‘laymiz  va  Sening 
nomingni  mudom  pok  tutamiz».  (Alloh)  aytdi:  «Men  sizlar  bilmagan  narsalarni  bilaman».  31.  Va  U  zot  odamga 
barcha  narsalarning  ismlarini  o‘rgatdi.  So‘ngra  ularni  farishtalarga  ro‘baro‘  qilib  dedi:  «Agar  xalifalikka  biz 
haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: Ey 
pok  Parvardigor,  biz  faqat  Sen  bildirgan  narsalarnigina  bilamiz.  Albatta  Sen  o‘zing  ilmu  hikmat  sohibisan».  33. 
(Alloh):  «Ey  Odam,  bularga  u  narsalarning  ismlarini  bildir»,  dedi.  (Odam)  ularga  barcha  narsalarning  ismlarini 
bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: «Sizlarga, Men Yeru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan 
narsalarni  bilaman,  demaganmidim?».  34.  Eslang  (Ey  Muhammad),  Biz  farishtalarga  Odamga  ta‘zim  qiling, 
deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib – kofirlardan bo‘ldi». 
Vaholanki,  sajda  bungacha  faqat  Tangrigagina  bajo  keltirilar  edi.  Demak,  Xudo  bu  bilan  barcha 
mavjudotlardan oliy, daraja  nuqtayi nazaridan o‘zidan keyin turadigan buyuk zotni  yaratganini e‘lon etdi. Odam  – 
Xudoning yerdagi xalifasi. 
SHu  o‘rinda  «xalifa»  so‘zining  amaliy  ma‘nosi  haqida  to‘xtalmoq  o‘rinli.  Uni  oddiy  hayotiy  misol  bilan 
tushuntiradigan  bo‘lsak,  kosiblikka,  hunarmandchilikka  murojaat  qilish  maqbul.  Ma‘lumki,  qadimda  kosib  yoki 
hunarmand  ustaning odatda  bir necha shogirdi bo‘lgan.  Ular orasidagi eng aqlli,  tadbirkori,  ustaning  muhabbatini 
qozongani usta tomonidan xalifa etib tayinlangan. Xalifaga usta o‘zining bir qancha vakolatlarini, jumladan, biror 
yoqqa  safarga  ketsa,  shu  muddat  mobaynida  boshqa  shogirdlarni  boshqarib,  rahbarlik  qilib  turishni  topshiradi. 
SHunday  qilib,  usta  qaytib  kelgunga  qadar  xalifa  uning  aytganlari  yoki  ko‘rsatmalarini  amalga  oshirish  bilan 
mashg‘ul bo‘ladi. Odam ham Allohga nisbatan ana shunday xalifadir: to u qiyomatga qadar, ya‘ni Tangri dargohiga 
borgungacha nabotot va hayvonot olami ustidan hukmronlik qilib turadi. 
Hukmronlik  qilish  uchun,  tabiiyki,  muayyan  darajada  erkinlikka,  erkin  harakatni  ixtiyor  etish  huquqiga  ega 
bo‘lish,  falsafiy  ibora  bilan  aytganda,  ixtiyor  erkinligi  zarur.  Ana  shu  ixtiyor  erkinligi  faqat  insonga  berilgan. 
Farishtalar  bunday  ma‘naviy  ne‘matdan  mahrum  –  ular  faqat  Allohning  buyrug‘ini  bajaradilar.  Lekin  insondagi 
ixtiyor  qilish  erkinligi  ham  cheklangan  –  u  Alloh  tomonidan  Qur‘oni  karimda  umumiy  tarzda  belgilab  berilgan 
doiradagina mavjud bo‘lishi kerak. SHu bois mutlaq erkinlik insonga emas, faqat Yaratganga xos. 
SHunday  qilib,  axloq  –  oliy  mavjudotga  ato  etilgan  oliy  ne‘mat.  Ya‘ni  axloqning  kelib  chiqishi  ilohiy 
manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab–avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. SHu 
bois o‘z–o‘zini va, iloji bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi.  
Bu o‘rinda shuni alohida ta‘kidlash kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi ko‘rinishida yaratilgan degan gap 
haqiqatdan  yiroq.  U  mohiyatan  har  tomonlama  mukammallikka,  komillikka  qarab  boruvchi,  taraqqiyotining 
mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti o‘zaro bog‘liqlikda 
rivojlanadi: vaqt  mobaynida  insonning ham  ko‘rinishi,  ham  tafakkuri,  ham axloqiy  xatti–harakati o‘zgarib boradi. 
SHu  jihatdan  olib  qaraganda,  odamzodning  xunuklikdan  chiroylilikka,  nodonlikdan  oqillikka,  qo‘pollikdan 
noziklikka  yo‘nalganligi  tabiiy  hol.  Demak,  uning  axloqiy  xatti–harakatlari  tadrijiy  tarzda  noziklashib  borgan. 
Biroq,  bunday  noziklashuv  shaklan  qo‘polroq  bo‘lgan  soddalikdan  chekinib,  botiniy  qo‘pollikni  zohiriy  nazokat 
bilan  yopishga,  niqoblashga  ham  olib  kelgan.  Natijada  insoniyat  tarixi  qanchalik  ko‘p  davrni  o‘z  ichiga  olsa, 
axloqning xilma–xil ko‘rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq nazariyasiga 
ko‘ra,  ikki  katta  guruh  ostida  voqe  bo‘ladi,  ya‘ni  axloqiy  xatti–harakatlar  asos–e‘tibori  bilan  ikki  turga  bo‘linadi. 
Ulardan  biri  –  obro‘parvarlik  (avtoritar)  axloqi,  ikkinchisi  insonparvarlik  –  (humanitar)  axloqi.  Endi  qisqacha 
ularning mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz. 
«Obro‘parvarlik  axloqiga  ko‘ra,  –  deb  yozadi  Erix  Fromm,  –  bir  odam  –  obro‘  egasi  inson  uchun  nima 
yaxshiligini  belgilab  beradi,  o‘zni  tutish  qonun–qoidalari  va  me‘yorlarini  ham  o‘ylab  topadi,  o‘rnatadi. 
Insonparvarlik axloqi esa bu qonun – qoidalar va me‘yorlarni o‘zi yaratishi, o‘zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal 
qilishi bilan farqlanadi»
114
 
Fromm  obro‘parvarlik  axloqinining  ikki  asosini  ko‘rsatib  o‘tadi:  birinchisi  –  ratsional  obro‘parvarlik,  unga 
ko‘ra,  ratsional  obro‘  egasi  o‘ziga  yuklangan  vazifani  omilkorlik  vositasida  bajarib,  mazkur  vazifani  yuklaganlar 
tomonidan hurmatga sazovor bo‘ladi. Biroq ratsional obro‘parvarlik vaqtinchalik hodisa, u obro‘ egasi faoliyatining 
samaradorligi  bilan  bog‘liq.  Ikkinchisi  –  noratsional  obro‘parvarlik,  u  bir  tomondan  hukmronlikka,  ikkinchi 
tomondan, qo‘rquvga asoslanadi va uzoq muddat davom etadi: muayyan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Noratsional 
obro‘parvarlik  tanqidni  na  faqat  tan  olmaydi,  balki  taqiqlaydi.  Ratsional  obro‘parvarlik  obro‘  egasi  tamonidan 
sub‘ektga nisbatan axloqiy tenglikni taqozo etsa, noratsional obro‘parvarlik aynan tengsizlik asosiga quriladi. Bunda 
obro‘  egasiga  «gap  qaytarmaslik»,  «quloq  solish»  –  fazilat,  «quloq  solmaslik»  –  illat  hisoblanadi.  Odatda, 
obro‘parvarlik  axloqi  deganda,  ko‘proq  noratsional  obro‘  egasi  o‘rnatgan  qonun–qoidalar,  me‘yorlar  nazarda 
tutiladi. 
                                                 
114
 Фромм Э. Человек для себя. Минск, «Харвест», 2004. С. 18. 

SHunday  qilib,  insonparvarlik  axloqi  sub‘ektning  o‘z  insoniylik  tabiatini,  barcha  fazilatlarini,  ochiq–oydin 
namoyon  etishini  ta‘minlaydi.  Obro‘parvarlik  axloqida  esa,  aksincha,  sub‘ektga,  obro‘  egasiga  bo‘ysunish,  quloq 
qoqmaslik,  o‘z  individualligini  yo‘qotish  hodisalari  ro‘y  beradi.  Lekin,  fojea  shundaki,  buni  insonning  o‘zi 
anglamaydi:  atrof–muhitdagi  obro‘  egasining  ulug‘ligi,  bilimdonligi  qahramonligi,  muruvatliligi,  xalqqa  otalarcha 
g‘amxo‘rligi va zaruriy qatiqqo‘lligi haqida to‘qilgan miflar, uning shaxsiga sig‘inish bunga yo‘l bermaydi. Bunday 
odamlar  jamiyatda  asosiy  ko‘pchilikni  tashkil  etadi,  obro‘parvarlikning  mohiyatini  tushunib  yetgan,  ommaga 
qo‘shilmagan,  o‘z  individualligi  va  ichki  erkinligini  saqlab  qolgan  shaxslar  esa  juda  kam  bo‘ladi.  Natijada 
jamiyatning  asosiy  ko‘pchiligi  ezgulik  deb  hisoblagan  narsa  aslida  yovuzlik  bo‘lib  chiqadi,  xalq  ommasi 
anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obro‘ egasi shaxsiga sig‘inish fosh etilganidan so‘nggina tushunib 
yetadi. CHunonchi, Hitlerga ergashganlar o‘sha paytlar Olmoniyada ko‘pchilikni tashkil etardi, ular o‘zlarining yo‘li 
to‘g‘ri  ekaniga  qattiq  ishongan  edilar:  «Fyurer  adashmaydi!»  Hozir  esa  Hitler  kim–u,  uning  tutgan  yo‘li  qanday 
ekanini  hamma  yaxshi  biladi,  Olmoniya  aholisining  asosiy  ko‘pchiligi  fashizmga,  uning  obro‘parvarlik  axloqiga 
qarshi. Bizning mamlakatimiz ham sobiq SHo‘rolar Ittifoqi tarkibida Lenin, Stalin va komunistik partiya o‘rnatgan 
obro‘parvarlik  axloqini  boshidan  kechirdi,  mustaqillik  tufayligina  xalqimiz  insonparvarlik  axloqi  me‘yorlari  bilan 
hayot  kechirish  yo‘liga  kirdi.  Jahon  afkor  emmasi,  erkin,  demokratik  jamiyatlarining  hammasi  ana  shu  axloqiy 
yo‘ldan bormoqda. Aynan shunday axloq jamiyat va shaxsning erkinligidan, individning ixtiyor erkinligidan kelib 
chiqadi.  SHu  sababli  ixtiyor  erkinligi  axloqshunoslikning  eng  muhim,  eng  dolzarb  muammosi  sifatida  alohida 
e‘tiborga molik, unga to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. 

115
 Marks o‘zining dahriycha qarashlarini isbotlash uchun undan material so‘rab xat 
yozganida,  Darvin  unga  rad  javobini  beradi.
116
  SHunga  qaramay  markschilar,  Darvinning  mohiyatini 
tushunmaganlari  holda,  uning  nomini  bayroq  qilib,  ta‘limotini  o‘z  foydalariga  soxtalashtirishga  tinimsiz  harakat 
qildilar. Dahriycha qarashni Darvin nomi bilan bog‘lab ish ko‘rish yaqin–yaqingacha «sotsialistik lager» hududiga 
kirgan  mamlakatlarda  rasmiy,  davlat  yondashuvi  sifatida  hukm  surib  keldi.  Totalitar  tuzumga  asoslangan  bu 
davlatlar tanazzulga uchragach, yana insonni Xudo yaratgan degan fikr ularda yetakchilik mavqeini egalladi. 
To‘g‘ri,  bu  o‘rinda  Darvinning  evolyutsiya  nazariyasi  va  Xudoning  olamni  olti  kunda  yaratgani  haqidagi 
diniy aqida bir–biri bilan qanday sig‘ishadi, degan savol tug‘iladi. Gap shundaki,  makon va zamonda ro‘y bergan, 
milliardlab  yil davom etgan evolyutsiya:  nabotot  – hayvonot  – odamzod doirasi  makon  va zamondan tashqaridagi 
fazoviy, Ilohiy Vaqt  nuqtayi  nazaridan juda qisqa  muddatda voqe bo‘lishi  mumkin. Xudoning olti  kuni o‘z ichiga 
makon  va  zamonni  sig‘dirgan  Mutlaq  Vaqtga,  evolyutsiya  nazariyasiga  asos  qilib  olingan  milliardlab  yillar  esa  – 
makon va zamon ichidagi nisbiy, insoniy vaqtga taalluqlidir. 
Umuman  olganda,  insoniyatning  intellektual  tarixida,  hatto  nisbatan  dahriylik  asri  bo‘lmish  XX  asrda  ham, 
insonni Xudo  yaratgan, degan  fikr  kamida  to‘qson  foizni  tashkil etadi.  Biz  ham ana shu ko‘pchilik  tomonidamiz. 
Ayni  paytda,  kamchilik  bildirgan  va  bildirayotgan  aksilfikr  ham  yashash  huquqiga  ega  ekanini  tan  olamiz. 
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning mana bu gaplari bizning fikrlarimiz uchun e‘tiborli xulosa bo‘la oladi 
deb o‘ylaymiz: 
«SHu  o‘rinda  ta‘kidlamoqchi  edimki,  dunyoviylik,  ayrim  aqidaparast  kimsalarning  da‘volaridan  farqli 
o‘laroq, aslo dahriylik emas. Biz bunday noto‘g‘ri va g‘arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz».
117
 
115
 Стоун И. Происхождение. Роман  –  биография Чарлза Дарвина. М., Политиздат. 1983. С. 273. 
116
 Қаранг: Аъзамов А. Фан ва дин: одамзоднинг пайдо булиши. «Тафаккур» журнали, 1999, 4-сон, 32-б. 
117
 Каримов И.А. Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман. «Фидокор» газетаси, 2000, 8 
июн. 

XX  asr  buyuk  olmon  faylasufi  Karl  Yaspers,  odamni  boshqa  jonzotdan  keltirib  chiqarishning  nojoizligi 
haqida gapirib, inson transtendental bog‘liqlikka ega, uning imkoniyatlarini, erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab 
bo‘lmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini o‘zi ham bilmaydi, deb uni ulug‘laganida, bizningcha, 
tamomila  haq  edi.  Agar  diqqat  qilsak,  asrimiz  mutafakkirining  fikri  Qur‘oni  karim  «Baqara»  surasida  marhamat 
qilingan  quyidagi  oyatlarga  hamohangdir:  «30.  Eslang  (Ey  Muhammad),  Parvardigoringiz  farishtalarga:  «Men 
Yerda  (Odamni)  xalifa  (yordamchi)  qilmoqchiman»,  deganida,  ular  aytdilar:  «U  yerda  buzg‘unchilik  qiladigan, 
qonlar  to‘kadigan  kimsani  (xalifa)  qilasanmi?  Holbuki,  biz  hamdu  sano  aytish  bilan  Seni  ulug‘laymiz  va  Sening 
nomingni  mudom  pok  tutamiz».  (Alloh)  aytdi:  «Men  sizlar  bilmagan  narsalarni  bilaman».  31.  Va  U  zot  odamga 
barcha  narsalarning  ismlarini  o‘rgatdi.  So‘ngra  ularni  farishtalarga  ro‘baro‘  qilib  dedi:  «Agar  xalifalikka  biz 
haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: Ey 
pok  Parvardigor,  biz  faqat  Sen  bildirgan  narsalarnigina  bilamiz.  Albatta  Sen  o‘zing  ilmu  hikmat  sohibisan».  33. 
(Alloh):  «Ey  Odam,  bularga  u  narsalarning  ismlarini  bildir»,  dedi.  (Odam)  ularga  barcha  narsalarning  ismlarini 
bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: «Sizlarga, Men Yeru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan 
narsalarni  bilaman,  demaganmidim?».  34.  Eslang  (Ey  Muhammad),  Biz  farishtalarga  Odamga  ta‘zim  qiling, 
deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib – kofirlardan bo‘ldi». 
Vaholanki,  sajda  bungacha  faqat  Tangrigagina  bajo  keltirilar  edi.  Demak,  Xudo  bu  bilan  barcha 
mavjudotlardan oliy, daraja  nuqtayi nazaridan o‘zidan keyin turadigan buyuk zotni  yaratganini e‘lon etdi. Odam  – 
Xudoning yerdagi xalifasi. 
SHu  o‘rinda  «xalifa»  so‘zining  amaliy  ma‘nosi  haqida  to‘xtalmoq  o‘rinli.  Uni  oddiy  hayotiy  misol  bilan 
tushuntiradigan  bo‘lsak,  kosiblikka,  hunarmandchilikka  murojaat  qilish  maqbul.  Ma‘lumki,  qadimda  kosib  yoki 
hunarmand  ustaning odatda  bir necha shogirdi bo‘lgan.  Ular orasidagi eng aqlli,  tadbirkori,  ustaning  muhabbatini 
qozongani  usta  tomonidan  xalifa  etib  tayinlangan.  Xalifaga  usta  o‘zining  bir  qancha  vakolatlarini,  jumladan,  biror 
yoqqa  safarga  ketsa,  shu  muddat  mobaynida  boshqa  shogirdlarni  boshqarib,  rahbarlik  qilib  turishni  topshiradi. 
SHunday  qilib,  usta  qaytib  kelgunga  qadar  xalifa  uning  aytganlari  yoki  ko‘rsatmalarini  amalga  oshirish  bilan 
mashg‘ul bo‘ladi. Odam ham Allohga nisbatan ana shunday xalifadir: to u qiyomatga qadar, ya‘ni Tangri dargohiga 
borgungacha nabotot va hayvonot olami ustidan hukmronlik qilib turadi. 
Hukmronlik  qilish  uchun,  tabiiyki,  muayyan  darajada  erkinlikka,  erkin  harakatni  ixtiyor  etish  huquqiga  ega 
bo‘lish,  falsafiy  ibora  bilan  aytganda,  ixtiyor  erkinligi  zarur.  Ana  shu  ixtiyor  erkinligi  faqat  insonga  berilgan. 
Farishtalar  bunday  ma‘naviy  ne‘matdan  mahrum  –  ular  faqat  Allohning  buyrug‘ini  bajaradilar.  Lekin  insondagi 
ixtiyor  qilish  erkinligi  ham  cheklangan  –  u  Alloh  tomonidan  Qur‘oni  karimda  umumiy  tarzda  belgilab  berilgan 
doiradagina mavjud bo‘lishi kerak. SHu bois mutlaq erkinlik insonga emas, faqat Yaratganga xos. 
SHunday  qilib,  axloq  –  oliy  mavjudotga  ato  etilgan  oliy  ne‘mat.  Ya‘ni  axloqning  kelib  chiqishi  ilohiy 
manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab–avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. SHu 
bois o‘z–o‘zini va, iloji bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi.  
Bu o‘rinda shuni alohida ta‘kidlash kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi ko‘rinishida yaratilgan degan gap 
haqiqatdan  yiroq.  U  mohiyatan  har  tomonlama  mukammallikka,  komillikka  qarab  boruvchi,  taraqqiyotining 
mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti o‘zaro bog‘liqlikda 
rivojlanadi: vaqt  mobaynida  insonning ham  ko‘rinishi,  ham  tafakkuri,  ham axloqiy  xatti–harakati o‘zgarib boradi. 
SHu  jihatdan  olib  qaraganda,  odamzodning  xunuklikdan  chiroylilikka,  nodonlikdan  oqillikka,  qo‘pollikdan 
noziklikka  yo‘nalganligi  tabiiy  hol.  Demak,  uning  axloqiy  xatti–harakatlari  tadrijiy  tarzda  noziklashib  borgan. 
Biroq,  bunday  noziklashuv  shaklan  qo‘polroq  bo‘lgan  soddalikdan  chekinib,  botiniy  qo‘pollikni  zohiriy  nazokat 
bilan  yopishga,  niqoblashga  ham  olib  kelgan.  Natijada  insoniyat  tarixi  qanchalik  ko‘p  davrni  o‘z  ichiga  olsa, 
axloqning xilma–xil ko‘rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq nazariyasiga 
ko‘ra,  ikki  katta  guruh  ostida  voqe  bo‘ladi,  ya‘ni  axloqiy  xatti–harakatlar  asos–e‘tibori  bilan  ikki  turga  bo‘linadi. 
Ulardan  biri  –  obro‘parvarlik  (avtoritar)  axloqi,  ikkinchisi  insonparvarlik  –  (humanitar)  axloqi.  Endi  qisqacha 
ularning mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz. 
«Obro‘parvarlik  axloqiga  ko‘ra,  –  deb  yozadi  Erix  Fromm,  –  bir  odam  –  obro‘  egasi  inson  uchun  nima 
yaxshiligini  belgilab  beradi,  o‘zni  tutish  qonun–qoidalari  va  me‘yorlarini  ham  o‘ylab  topadi,  o‘rnatadi. 
Insonparvarlik axloqi esa bu qonun – qoidalar va me‘yorlarni o‘zi yaratishi, o‘zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal 
qilishi bilan farqlanadi»
118
 
Fromm  obro‘parvarlik  axloqinining  ikki  asosini  ko‘rsatib  o‘tadi:  birinchisi  –  ratsional  obro‘parvarlik,  unga 
ko‘ra,  ratsional  obro‘  egasi  o‘ziga  yuklangan  vazifani  omilkorlik  vositasida  bajarib,  mazkur  vazifani  yuklaganlar 
tomonidan hurmatga sazovor bo‘ladi. Biroq ratsional obro‘parvarlik vaqtinchalik hodisa, u obro‘ egasi faoliyatining 
samaradorligi  bilan  bog‘liq.  Ikkinchisi  –  noratsional  obro‘parvarlik,  u  bir  tomondan  hukmronlikka,  ikkinchi 
tomondan, qo‘rquvga asoslanadi va uzoq muddat davom etadi: muayyan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Noratsional 
obro‘parvarlik  tanqidni  na  faqat  tan  olmaydi,  balki  taqiqlaydi.  Ratsional  obro‘parvarlik  obro‘  egasi  tamonidan 
sub‘ektga nisbatan axloqiy tenglikni taqozo etsa, noratsional obro‘parvarlik aynan tengsizlik asosiga quriladi. Bunda 
obro‘  egasiga  «gap  qaytarmaslik»,  «quloq  solish»  –  fazilat,  «quloq  solmaslik»  –  illat  hisoblanadi.  Odatda, 
obro‘parvarlik  axloqi  deganda,  ko‘proq  noratsional  obro‘  egasi  o‘rnatgan  qonun–qoidalar,  me‘yorlar  nazarda 
tutiladi. 
                                                 
118
 Фромм Э. Человек для себя. Минск, «Харвест», 2004. С. 18. 

SHunday  qilib,  insonparvarlik  axloqi  sub‘ektning  o‘z  insoniylik  tabiatini,  barcha  fazilatlarini,  ochiq–oydin 
namoyon  etishini  ta‘minlaydi.  Obro‘parvarlik  axloqida  esa,  aksincha,  sub‘ektga,  obro‘  egasiga  bo‘ysunish,  quloq 
qoqmaslik,  o‘z  individualligini  yo‘qotish  hodisalari  ro‘y  beradi.  Lekin,  fojea  shundaki,  buni  insonning  o‘zi 
anglamaydi:  atrof–muhitdagi  obro‘  egasining  ulug‘ligi,  bilimdonligi  qahramonligi,  muruvatliligi,  xalqqa  otalarcha 
g‘amxo‘rligi va zaruriy qatiqqo‘lligi haqida to‘qilgan miflar, uning shaxsiga sig‘inish bunga yo‘l bermaydi. Bunday 
odamlar  jamiyatda  asosiy  ko‘pchilikni  tashkil  etadi,  obro‘parvarlikning  mohiyatini  tushunib  yetgan,  ommaga 
qo‘shilmagan,  o‘z  individualligi  va  ichki  erkinligini  saqlab  qolgan  shaxslar  esa  juda  kam  bo‘ladi.  Natijada 
jamiyatning  asosiy  ko‘pchiligi  ezgulik  deb  hisoblagan  narsa  aslida  yovuzlik  bo‘lib  chiqadi,  xalq  ommasi 
anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obro‘ egasi shaxsiga sig‘inish fosh etilganidan so‘nggina tushunib 
yetadi. CHunonchi, Hitlerga ergashganlar o‘sha paytlar Olmoniyada ko‘pchilikni tashkil etardi, ular o‘zlarining yo‘li 
to‘g‘ri  ekaniga  qattiq  ishongan  edilar:  «Fyurer  adashmaydi!»  Hozir  esa  Hitler  kim–u,  uning  tutgan  yo‘li  qanday 
ekanini  hamma  yaxshi  biladi,  Olmoniya  aholisining  asosiy  ko‘pchiligi  fashizmga,  uning  obro‘parvarlik  axloqiga 
qarshi. Bizning mamlakatimiz ham sobiq SHo‘rolar Ittifoqi tarkibida Lenin, Stalin va komunistik partiya o‘rnatgan 
obro‘parvarlik  axloqini  boshidan  kechirdi,  mustaqillik  tufayligina  xalqimiz  insonparvarlik  axloqi  me‘yorlari  bilan 
hayot  kechirish  yo‘liga  kirdi.  Jahon  afkor  emmasi,  erkin,  demokratik  jamiyatlarining  hammasi  ana  shu  axloqiy 
yo‘ldan bormoqda. Aynan shunday axloq jamiyat va shaxsning erkinligidan, individning ixtiyor erkinligidan kelib 
chiqadi.  SHu  sababli  ixtiyor  erkinligi  axloqshunoslikning  eng  muhim,  eng  dolzarb  muammosi  sifatida  alohida 
e‘tiborga molik, unga to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q. 
    Axloqshunoslikda  inson  xatti–harakatining  ikki  qutbi  –  axloqiylik  bilan  axloqsizlik  holatlari  tahlil  va 
tadqiq etiladi. Axloqiylik – fazilatlarda, axloqsizlik esa illatlarda namoyon bo‘ladi. Bu ikki qutb  – tushuncha kun–
tun, oq–qora singari bir–birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib 
Ibn  Sinogacha  bo‘lgan  qadimgi  faylasuflar  ta‘kidlaganlaridek,  ikki  illat  oralig‘ida  ro‘y  beradi.  Boshqacha  qilib 
aytganda,  fazilat  ikki  manfiylik  o‘rtalig‘ida  yuzaga  keladigan  musbat  hodisadir.  CHunonchi,  adolat  –  zulm  bilan 
mazlumlikning,  saxiylik  –  isrofgarchilik  bilan  baxillikning,  iffat  –  qizg‘anchiqlik  bilan  rujuning  o‘rtalig‘i  sifatida 
voqe bo‘ladi. 
Fazilat va illat shunday yirik hamda qamrovli atamalarki, ularning har biri o‘z ichiga bir necha emas, o‘nlab 
emas, balki yuzlab tushunchalarni oladi. SHu jihatdan axloqshunoslik barcha falsafiy fanlar ichida tushunchalarining 
ko‘pligi  va  xilma–xilligi  bilan  alohida  ajralib  turadi.  Ularni  avvalgi  ilmiy–uslubiy  adabiyotlarda,  xususan, 
lug‘atlarda  axloqshunoslik  mezoniy  tushunchalari  yoxud  kategoriyalari,  axloqiy  mezoniy  tushunchalar,  axloqiy 
tamoyillar,  axloqiy  me‘yorlar,  axloqiy  munosabatlar,  axloqiy  hissiyotlar  singari  guruhlarga  bo‘lib  taqdim  etilgan. 
Bunday «maydalashtirish», bizningcha, shart emas. CHunki u, birinchidan, tizimni murakkablashtiradi, ikkinchidan, 
muayyanlikdan  yiroqlashtiradi,  uchinchidan,  tushunchalar  bilan  hissiyotlarni,  me‘yorlar  bilan  tamoyillarni 
farqlashda chalkashliklarga olib keladi, ularni rosmana idrok qilishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Zero, fan mazmunini 
taqdim  etishdagi  har  qanday  murakkablashtirishlar,  chalkashliklar,  tabiiyki,  tushunmovchilikni  keltirib  chiqaradi. 
Natijada mazmun mo‘ljallangan «o‘z egasiga» risoladagidek yetib bormaydi. 
SHu  sababli  axloqshunoslik  fanida  qo‘llaniladigan  barcha  tushunchalarni  uch  guruhga  bo‘lishni  maqsadga 
muvofiq  deb  o‘ylaymiz.  Bularning  birinchisi  –  axloqiy  bilish  bilan  real  hayot  o‘rtasidagi  eng  muhim  aloqa  va 
munosabatlarni  in‘ikos  ettiruvchi,  axloq  ilmining  mezonini  ifodalovchi  tushunchalardir;  ularni  biz 
axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari sifatida olib qaraymiz. Nisbatan qamrovli ikkinchi 
guruh  tushunchalarini  –  axloqiy  tamoyillar,  uchinchi  guruhni  esa  axloqiy  me‘yorlar  deb  taqdim  etamiz.  Birinchi 
guruh tushunchalari umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va 
uchinchi guruh tushunchalari esa amaliy axloqqa tegishli bo‘lib, nisbatan muayyan, tor qamrovga ega; ular birinchi 
guruh uchun «moddiy asos» vazifasini o‘taydilar. 
SHu o‘rinda «tushuncha» atamasining mohiyatiga nazar tashlashni joiz deb o‘ylaymiz. Avvalroq biz axloqiy 
hissiyotlarning axloqiy onglash uchun ma‘lum ma‘noda  material ekani to‘g‘risida birrov to‘xtalib o‘tgan edik. Bu 
haqda mumtoz faylasuflar ham e‘tiborga sazovor fikr bildirganlar. CHunonchi, buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, 
tushunchada  nimaiki  bor  ekan,  u  bundan  avval  hissiyotda  mavjud  bo‘lgan,  deb  ta‘kidlaydi.  «Tabiat  qonuni 
borasidagi tajribalar» asarida u shunday deb yozadi: «Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi yetkazib berilmasa, u 
holda  tafakkur  uchun  hech  qanday  material  berilmagan  bo‘ladi  va  aql  bilishni  taraqqiy  ettirishi  borasida  me‘mor 
bino qurishda tosh, yog‘och, qum va hokazo qurilish materiallarisiz qanchalik ish qila olsa, xuddi shuncha ish bajara 
biladi».
119
 
Aqlni  ideallashtirish,  hissiyotni  ikkinchi  darajali  omil  sifatida  talqin  etish,  Lokk  va  unga  o‘xshash  ba‘zi 
mutafakkirlar fikrlarini hisobga olmaslik, afsuski, keyingi davrlarda ayniqsa kuchaydi. Hegel singari faylasuflar esa 
butun borliqni mantiqiylashtirish yo‘lidan bordilar. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin G‘arb allomalari bu 
yo‘lning  ko‘p  jihatdan  Yanglish  ekanini  anglay  boshladilar.  XX  asr  mutafakkiri,  ruhiy  tahlil  falsafasidagi  Yangi 
froydchilik oqimining atoqli namoyandalaridan biri Karl Yung Tibet mayyitlar kitobi  – «Bardo Tyodol»ga yozgan 
sharhida  shunday  deydi:  «G‘arb  kishisi,  «psixologik»  («ruhiy»)  so‘zini  eshitganida,  uning  uchun  u  «bor–yo‘g‘i 
psixologik» tarzida jaranglaydi. Uning uchun «psixe» – qalb qandaydir, achinarli darajada kichik, e‘tiborga noloyiq, 
shaxsiy, sub‘ektiv va h.k. SHu sababli «ruh» (qalb) o‘rniga «aql» so‘zini ishlatishni ma‘qul ko‘radi...».
120
 Boshqa bir 
o‘rinda  barcha  metafizik  mulohazalar  uchun  ijodiy  zamin  aynan  ana  shu  qalb  ekanini,  ong  esa  qalbning  ko‘zga 
                                                 
119
 Локк Ж. Сочинения в 3 т. Т.3 М., «Мысль», 1988. С. 21. 
120
 Тибетская «Книга» мѐртвых. М., «Подиум», 1992. С. 79. 

ko‘rinmas in‘ikosidan iboratligini ta‘kidlaydi. Darhaqiqat, «yurak va aql», «hissiyot va ong» bahsida G‘arb, ayniqsa, 
XX  asrda,  so‘zsiz,  birinchilikni  aqlga,  ongga  beradi.  Yuqoridagi  kabi  fikrlar  istisnoli  hollardir.  SHu  bois 
axloqshunoslik nuqtayi nazaridan muhabbat haqida gap ketsa, uni hissiyot deb, yana buning ustiga, ta‘riflash qiyin 
bo‘lgan  tuyg‘u,  deb  ataydilar  va  uni  tushuncha  tarzida  olib  qarashdan  cho‘chiydilar.  Vaholanki,  muhabbat  aynan 
axloqiy hissiyot va axloqshunoslikning bosh mezoniy tushunchasidir. 
  Muhabbat  bosh  mezoniy  tushuncha  sifatida  deyarli  barcha  asosiy  tushunchalarda  va  tamoyillarda  o‘z 
«hissa»siga  ega.  SHu  jihatdan  atoqli  tasavvufshunos  Najmiddin  Komilov:  «Juda  ko‘p  irfoniy  tushuncha–
istilohlarning sharhi muhabbatga borib taqaladi», – der ekan, ayni haqiqatni aytadi.
121
 Na ezgulikni, na yaxshilikni, 
na vatanparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘tgan boblarning ba‘zilarida biz bu 
tushunchaning  mohiyati,  turlari  haqidagi  Ilohiy  Og‘ustin,  Imom  G‘azzoliy  ,  Erix  Fromm  singari  mutafakkirlar 
fikrlarini  keltirgan  edik.  Qo‘shimcha  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  muhabbat  –  insoniy  mohiyatning  erkin  tarzda 
namoyon  bo‘lishidir,  u  zo‘ravonlik  yoki  zo‘rma–zo‘rakilik  bilan  chiqisha  olmaydigan  hodisa.  U  me‘yorlar, 
an‘analar, qonunlarga bo‘ysunmaydi, lekin yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan mas‘uliyat yuklaydi, uni 
jasoratga chorlaydi, u – insonni tash–qi va transtendental olam bilan bog‘laydigan, uni yolg‘izlikdan olib chiqadigan 
buyuk kuch.  
Muhabbatning  ob‘ekti  doimo  go‘zallik,  manfaatsiz  go‘zallik.  U  –  Allohmi,  Vatanmi,  yormi  –  muhabbat 
egasiga undan–da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir ob‘ektni sevgan kishi boshqa ob‘ektlarni ham sevishi tabiiy. 
Deylik, yorga bo‘lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga muhabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. 
Zero,  «o‘z–o‘zicha»,  «yakka»,  «xudbin»  muhabbatning  bo‘lishi  mumkin  emas.  Inson  o‘zi  o‘zgaga  aylanganida, 
o‘zgani  o‘ziga  aylantira  olganida  haqiqiy  muhabbat  egasi  hisoblanadi.  Mana  shu  ob‘ekt  bilan  sub‘ekt  orasidagi 
farqning «yo‘qolishi» eng buyuk, eng mukammal lazzatdir. Buni mavlono Fuzuliy nihoyatda go‘zal qilib, bir baytda 
shunday ifodalaydi: 
Ishqdir ul, nasha‘i komilkim, andandir mudom  
Mayda tashviri harorat, nayda ta‘siri sado.
122
 
Komil nash‘a, komil lazzatga faqat komil insongina erisha oladi. Demak, muhabbat inson axloqiy hayotining 
cho‘qqisi,  komillik  belgisidir.  SHu  bois  haqiqiy  muhabbat  egalari  yoshlar  tomonidan  doimo  axloqiy  ideal  tarzida 
qabul  qilinadi:  Farhod  va  SHirin,  Romeo  va  Juletta,  Otabek,  Kumush  va  h.k.  SHunday  qilib,  muhabbatni  shaxs 
erkinligining axloqiy zarurat sifatidagi o‘ziga xos ko‘rinishi, baxtga erishuvning asosiy omili deyish mumkin. 
Ta‘kidlash  lozimki,  muhabbat  –  oliy  tuyg‘u,  shu  ma‘noda  u  oliy  tushuncha.  Lekin  uni  tuban,  quyi  narsa–
hodisalarga nisbatan ham qo‘llash hollari uchrab turadi. CHunonchi, Fromm singari g‘arblik mutafakkirlar, ba‘zi rus 
faylasuflari  muhabbat  tushunchasini  o‘likka  (nekrofil),  mol–dunyoga,  pulga  nisbatan  qo‘llaydilar.  Ularga  nisbatan 
«o‘chlik», «ruju», «hirs» singari tushunchalarni qo‘llash ma‘qul emasmikan? 
Muhabbat  ham,  axloqshunoslikdagi  ko‘pgina  tushunchalardek,  «juftlik»  xususiyatiga  ega,  uning  ziddi  – 
nafrat.  Nafrat  tushunchasi,  albatta,  muhabbat  singari  keng  qamrovli  emas.  U  aksil  muhabbat  tarzida  namoyon 
bo‘ladi,  ob‘ektdan  chetlashishni,  undan  begonalashishni  taqozo  etadi.  Hazar,  jirkanch  hissi  nafratning  kundalik 
turmushdagi  tor,  «mayda»  ko‘rinishidir.  Nafratning  ularga  nisbatan  «yirikligi»  uning  ijtimoiy  hodisa  sifatida 
mavjudligidir. 
Ayni paytda, nafrat g‘azabdan keskin farq qiladi. U, g‘azabga o‘xshab, o‘z ob‘ektini yo‘qotishga intilmaydi, 
undan  faqat  yuz  buradi.  Uni  muhabbat  egasida  o‘z  muhabbati  ob‘ektiga  nisbatan  tashqi  bir  kuchning  noinsoniy, 
adolatsiz,  noinsoflarcha  munosabati  tufayli  o‘sha  kuchga  qarshi  qo‘zg‘aladigan  hissiyot  deyish  mumkin.  U 
davomiylik tabiatiga ega, g‘azab kabi o‘tkinchi hodisa emas. Agar g‘azabning asosida inson fe‘lining salbiy holati – 
oniy  badjahllilik  yotsa,  nafrat  uchun  chuqur  o‘ylab  qabul  qilingan  uzil–kesil  qaror  yotadi.  Ko‘rinishdan  nafrat 
kishida yoqimsiz taassurot uyg‘otsa–da, ko‘p hollarda u illat emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, 
botiniy jasoratidan dalolatdir. 
SHu o‘rinda buyuk fransuz yozuvchisi Emil Zolyaning «Nima menda nafrat uyg‘otadi» degan estetikaga doir 
kitobiga yozgan so‘zboshisidan olingan quyidagi fikrni keltirish maqsadga muvofiq: 
«Nafrat  –  muqaddas.  Nafrat  bu  –  kuchli  va  qudratli  yuraklarning  noroziligi,  bu  –  o‘rtamiyonalik  va 
pastkashliklardan qahrlanadigan odamlarning jangovar jirkanchi. Nafratlanmoq  – sevmoq degani, o‘zida otashin va 
mardona  qalbni  his  qilmoq,  nimaiki  sharmandalik  va  nodonlik  bo‘lsa,  o‘shanga  nisbatan  chuqur  hazar  tuyg‘usini 
tuymoq degani. 
Nafrat yengillik beradi, nafrat adolat o‘rnatadi, nafrat yuksaltiradi»
123
 
Nafratdan  tashqari  yana  rashk  tushunchasi  borki,  u  –  ijtimoiy  hodisa  emas,  ko‘p  hollarda  jinsiy  muhabbat 
bilan  yonma–yon  keladi.  Ma‘lumki,  muhabbat  egasi  o‘z  sevgisini  va  sevgilisini  qizg‘anib,  asrab  qolishga  harakat 
qiladi. Ana shu qizg‘anish hissi me‘yoridan oshib ketganda rashkka aylanadi. Rashk esa, uni qanchalik ta‘rif–tavsif 
qilmaylik, me‘yorning buzilishi, illat. CHunki uning mohiyati xudbinlikka borib taqaladi: muhabbat egasi muhabbat 
lazzatiga noil bo‘lgani holda uning iztirobidan qochishga intiladi; o‘zi chekishi lozim bo‘lgan iztirobni o‘z muhabbat 
ob‘ektiga o‘tkazishga harakat qiladi. Natijada ba‘zan iztirobni yo‘qotishga intilish muhabbat ob‘ektining o‘zini yo‘q 
qilishga, fojeaga olib keladi. 
                                                 
121
 Комилов Н. Тасаввуф. I китоб. Т., «Ёзувчи», 1996, 48-б. 
122
 Фузулий. Асарлар. Икки жилдлик. I жилд. Т., Ғ. Ғулом номидаги Адабиѐт ва санъат нашрѐти, 1968, 27-б. 
123
 Золя Э. Собрание сочинений в 26 томах. Т. 24. М., ИХЛ, 1966. С. 7.  

 Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik – ezgulik va yovuzlik; ezgulik axloqshunoslikdagi eng muhim 
kategoriyalardan.  U  inson  faoliyatining  asl  mohiyatini  anglatadi  –  Tangri  irodasining  inson  qalbidagi  tajassumi 
sifatida  namoyon  bo‘ladi.  «Ezgu  o‘y,  ezgu  so‘z,  ezgu  a‘mol»  uchligi  «Avesto»  dan  tortib,  barcha  muqaddas 
kitoblarda yetakchi o‘rinni egallashi ham shundan. 
Ezgulik – insonga eng kuchli ma‘naviy lazzat bag‘ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga 
olib  boruvchi  fazilat;  shaxsni  komillikka,  jamiyatni  esa  yuksak  taraqqiyotga  yetkazuvchi  yuksak  qadriyat.  U 
insonning  axloqiy  faoliyati  tufayli  muayyanlashadi,  yuzaga  chiqadi.  Uni  sinfiylik  yoxud  partiyaviylik  qobig‘iga 
o‘rash  mumkin  emas.  CHunonchi,  «sinfiy  dushmanni»,  ya‘ni  biror  bir  shaxsni  yoki  guruhni  faqat  boshqa  sinfga 
mansub  bo‘lgani  uchun  jisman  yo‘qotish,  qanchalik  bo‘yab–bejalmasin,  ezgulik  bo‘lolmaydi.  U  tom  ma‘nodagi 
yovuzlikdir.  Totalitar  tuzumlar  mafkurasida  ezgulikni  bunday  talqin  etishning  noilmiyligi,  soxtaligi  hozirgi  kunda 
hammaga ayon. 
Ezgulik  va  uning  ziddi  yovuzlik  odatiy,  kundalik  hayot  mezonlari  bilan  o‘lchanmaydi,  ular  ham  muhabbat 
singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog‘liqligi shundan. SHu tufayli u 
amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o‘z ichiga oladi. 
SHuni  ham  aytish  kerakki,  muhabbat  va  nafrat  juftlik  tushunchasida  nafrat  muhabbatni  inkor  etmay, 
aksincha, uning barqarorligidan dalolat bersa, ezgulik va yovuzlik juftligida har ikki tushuncha bir–birini tamomila 
inkor etadi. Nafaqat inkor etadi, balki ular orasida hayot–mamot kurashi ketadi va bu kurash abadiy kurash sifatida, 
olamni  harakatga  keltiruvchi  kuch  tarzida  namoyon  bo‘ladi.  Lekin,  ayni  paytda  ular  orasida  muayyan  tarzdagi 
dialektik aloqadorlik bor: ular hech qachon bir–biridan mutlaq alohida holda voqe bo‘lolmaydi. 
Ezgulik va yovuzlikning yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, bu juftlik tushuncha inson faoliyatini baholash 
xususiyatiga ega. Uni odam bolasining ulug‘ligi va tubanligini o‘lchaydigan muqaddas tarozuga o‘xshatish mumkin. 
Insonning  komilligi, jamiyatning takomilga erishgan–erishmagani  shu  mezon bilan o‘lchanadi. CHunonchi,  Lenin, 
Stalin,  Hitler,  Pol  Potlarni  yovuz  insonlar,  sobiq  sho‘rolar  ittifoqini  esa  jamiyat  sifatida  «Yovuzlik  saltanati»  deb 
baholanishi buning yorqin misolidir. 
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin