Baxt. Hayotning ma‘nosi ideal bilan bog‘liq bo‘lgani kabi baxt atamasini ham hayotning ma‘nosi
tushunchasidan ajratib olingan holda tahlil etish mumkin emas. Zero, baxt inson o‘z hayoti ma‘nosini qay darajada
tushungani va shu ma‘nodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish
hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina ro‘y beradi. Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir umr davom
etadi. SHu ma‘noda buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy: «Baxt – har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan
komillikdir», – deganida ko‘p jihatdan haq edi.
126
125
Толстой Л.Н. Собрание сочинений в 22 т. Т. 16. М., ИХЛ, 1983. С. 151.
126
Аль – Фараби. Социально-этические трактаты. Алма – Ата, «Наука», 1973. С. 3.
Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish
to‘g‘ri emas. Lazzat oniylik xususiyatiga ega, o‘zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va u moddiy
hayotdagi real, ammo o‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastronomik yoki shahvoniy lazzatni olib
ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko‘rasiz va lazzatlanib yeya boshlaysiz, lekin bir oz muddat o‘tgach, to‘yasiz,
boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma‘naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda
maqsadlarga birin–ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to‘xtamaydi va doimo lazzat
va zavqni o‘z ichiga oladi.
Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy–ehtirosli shakli sifatida ko‘zga tashlansa-da, aslida undan farqli
o‘laroq, shaxsning intilishini emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir intilishning ro‘yobga chiqishi esa
muayyan tayyorgarlikni va kurashni taqozo etadi. Buyuk shoirimiz G‘afur G‘ulomning:
Taqdirni qo‘l bilan yaratur odam,
G‘oyibdan kelajak baxt bir afsona, –
degan hikmatli satrlari shu jihatdan diqqatga sazovor.
127
Baxt haqida gap ketganda, albatta, omad to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim. Omad ham lazzatga o‘xshash
oniylik tabiatiga ega. Lekin bu oniylikda lazzatdagidek takrorlanish xususiyati yo‘q: odamga omad hayoti
mobaynida kamdan–kam kulib boqadi. Omadning ana shu jihati haqida qrim–tatarlarning qadimgi asotiri bor. Unga
ko‘ra, Omad ma‘buda ekan, kunlardan birida uning o‘g‘li Yerni tomosha qilaman deb osmondan tushibdi–yu, qaytib
chiqmabdi. SHu–shu Omad Yerga tushib, hanuz bolasini qidirarmish. Ma‘budaning yuzi yo‘q, faqat qoq miyasi
ustida bittagina ko‘zi bor ekan. SHu bois u to‘g‘ri kelgan o‘tkinchini tutib olib, o‘g‘limmikan deb, balandga
ko‘tarib, ko‘ziga olib borib qararkan va o‘g‘li emasligiga ishonch hosil qilgach, osmonu falakdan pastga qaratib
itqitib yuborarkan. Omad o‘z qo‘liga tushganlarning hammasiga shunday munosabatda bo‘lar ekan.
Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o‘tkinchilik mohiyati juda chiroyli va majoziy ochib berilgan; bir umr
omadli odam yo‘q, omad – tasodif, baxt – zaruriyat; omad – istisnoli, baxt – qonuniy hodisa. Omad – shaxsning bir
zumlik holatini aks ettiradi, baxt esa inson nimaga erishmog‘i lozim, degan savolga bir umr mobaynidagi amaliy
javobdir.
Baxtni tushunish har bir davrda, ma‘lum tarixiy sharoitda millat, shaxs va jamiyatning taraqqiyot darajasiga
qarab, turlicha muayyanlashish xususiyatiga ega. Ya‘ni, ideal kabi uning ham tabiati o‘zgaruvchan.
Axloqshunoslikda baxt mezoniy tushunchasini alohida o‘rganadigan an‘anaviy evdeymonchilik deb ataladigan
yunoncha «eudaimonja» (baxt) so‘zidan olingan yo‘nalish mavjud.
O‟lim va o‟lmaslik. O‘lim va o‘lmaslik ahloqshunoslikdagi eng murakkab tushunchalar. Avvalo shuni
aytish kerakki, o‘lim shu paytgacha ahloqiy tushuncha sifatida «rasmiy» olib qaralmagan. Vaxolanki uni eng katta
yovuzlik, eng ulkan baxtsizlik tarzida talqin etish odat tusiga kirgan. Mantiqan olib qaralganda, ezgulik va baxtning
ziddi bo‘lgan bu tushuncha axloqqa taaluqli, ya‘ni illatdir. Zero o‘lim oliy qadriyat bo‘lmish inson hayotini kesib
qo‘yadi, uning ezguliklar, yaxshiliklar qilishga bo‘lgan imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Masalan, Ibn Sino, juda
bo‘lmaganda, yana o‘n yil yashaganida, 67 yoshga kirganida qanchadan–qancha ezgu ishlar qilgan, falsafa, tibbiyot
va badiiy adabiyot sohasida ko‘plab buyuk asarlar yaratgan bo‘lur edi. O‘lim uni, u orqali bizni ham ana shu
ma‘naviy ezguliklaridan mahrum qildi. Demak, o‘lim, faqat biologik yoki tabiiy tushuncha emas, uning mohiyati
ahloqiylik bilan chambaras bog‘liq. To‘g‘ri, o‘lim – haq. Lekin bu yerda o‘limning turlari mavjudligini unutmaslik
lozim.
O‘limning birinchi turi, bu tabiiy, tashqi tabiat va inson ichki tabiati bilan bog‘liq o‘lim. U ikki xil bo‘ladi:
birinchisi – odatiy o‘lim, u qarilik tufayli, inson a‘zolarining hayotni davom ettirishga yaroqsizligi tufayli ro‘y
beradi. Ikkinchisi – halokat, u biror bir tabiiy ofat, yoki tasodiflar tufayli voqe bo‘ladigan o‘lim.
Ikkinchi turdagi o‘lim – jamiyat bilan bog‘liq, u ham ikki xil bo‘ladi. Birinchisi – majburiy o‘lim, u odatda
jazo shaklida amalga oshiriladi. Ikkinchi xili – bu dunyodagi azob–uqubatlardan, ular hoh ruhiy, hoh jismoniy
bo‘lsin, qutilib, uyqu bilan mangu orom olish uchun ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladigan o‘lim, totli o‘lim yoki
evtanaziya deb ataladi. Ayni ana shu ikkinchi turdagi o‘lim ahloq bilan bog‘liq. CHunonchi ikkinchi turdagi
o‘limning birinchi xili – ulkan yovuzlik hisoblanadi. SHunga ko‘ra, o‘lim jazosi yovuzlikka qarshi yovuzlik
ko‘rsatishdir. Bu haqda keyinroq bafurja to‘xtalamiz.
Ixtiyoriy o‘lim, aytilganidek, ba‘zan ruhiy iztiroblar orqali hayotda o‘z o‘rnini topa olmaganligi, o‘zi uchun
eng ulug‘ hisoblangan maqsadiga erisha bilmaganligi natijasida ro‘y beradi. Bunday holat goho ommaviy tus olishi
ham mumkin, o‘tgan asr 80 yillarining ikkini yarmida sobiq totalitar rejim iskanjasidagi O‘zbekistonda ayollar
orasida o‘zlarini yoqib yuborish xolatlari ko‘plab yuz berdi. Yuzlab ayollar (asosan kolxozchilar) og‘ir jismoniy
mehnat, quvonchsiz shaxsiy hayot, reaksion urf–odatlar, turmushdagi yetishmovchiliklar tufayli hayotdan ko‘z
yumdilar. Ular ixtiyoriy o‘limni qabul qildilar. Bunday o‘lim aslida yashashni istamaslik emas, balki aksincha,
SHopenenhauer aytganidek, yashash istagi tufayli yuz beradi, ya‘ni o‘zini o‘ldirayotgan odam yashashni istaydi,
faqat o‘zi yashayotgan hayotdagi shart sharoitdan, jamiyat qoidalaridan norozi, hayotni emas, anna shu noinsoniy
sharoitni tark etish maqsadda shunday qiladi, kimlargadir yoki jamiyatga achiqma–achchiq hayotdan ko‘z yumadi.
Ixtiyoriy o‘limning ikkinchisi ko‘proq inson salomatligini yo‘qotishi, kuchli jismoniy og‘riqlardan xalos
bo‘lishga intilishi, yuqorida aytilganidek, o‘limni mangu orom, totli abadiyat sifatida qabul qilishi bilan izohlanadi.
Bunday o‘lim ko‘pincha tibbiyot odobi masalalari bilan bog‘liq. Masalan, surunkali jismoniy og‘riq natjasida, faqat
127
Ғулом Ғ. Танланган асарлар. Т., Ўздавнашр, 1953, 363-б.
kuchli narkotik dorilar bilan uyquga ketadigan og‘ir ahvoldagi bemor, oxir–oqibat bir – ikki oydanmi, bir–ikki
yildan keyinmi, baribir, o‘limga maxkumligini his etgach, tibbiyot xodimidan o‘zini dori dozasini kuchaytirish
orqali o‘ldirib qo‘ya qolishni iltimos qiladi. Tibbiyot xodimi qanday qaror qabul qilishi kerak? Bemorni o‘ldirish
orqali og‘ir azoblardan qutqarish axloqiylikka kiradimi yoki axloqsizlikkami? Bu muammolar hali uzil–kesil hal
etilgan emas. Bundan tashqari. har ikki holatdagi o‘limda o‘z xohishi bilan o‘limni barvaqt istagan, Xudo bergan
umrni o‘zi qisqartirishga ahd qilgan odam ahloqlimi yoki ahloqsizmi?
O‘zini o‘zi o‘ldirish gunoh, lekin o‘zini ham, oila a‘zolarini ham qiynab yashash–chi? Ikkinchi xolatda u
matonat, mardlik ko‘rsatib, «o‘ladigan kasalning o‘lgani, bo‘ladigan ishning bo‘lgani ma‘qul» degan maqolga amal
qilgani ahloqiylikmi yoki ahloqsizlikmi? Bu savollarga birdan va bir tomonlama, qat‘iy javob berish hozir ham
mushkul, barcha davrlarda ham mushkul bo‘lib kelgan.
O‘lim borasidagi mulohazalarda yana bir muhim masalaga to‘xtalamoq joiz. Xo‘sh o‘lim, odatda qabul
qilingan tarzida, eng ulkan yovuzlikmi? Bunga dialektik yondashuv orqali javob berish lozim. O‘lim og‘ir yo‘qotish.
«Lekin o‘z-o‘zicha u tabiiy hodisa – yovuzlik emas... U uzoq davom etgan biologik evolyutsiya mobaynida foydali
va zarur ahamiyatga ega bo‘ldi»
128
.
Darhaqiqat, o‘lim va hayot, boshqacha aytganda, hayot va mamot bir – biri bilan uzviy dialektik bog‘liq
tabiiy hodisalardan. Bu dunyoda hayotsiz o‘lim, o‘limsiz hayotning bo‘lishi mumkin emas. Buni Lametri obrazli
qilib shunday izohlaydi: «Narsalar dunyosida, o‘lim arifmetikadagi nolning o‘zgasini boshqa narsa emas»
129
Faqat
bevaqt, fojeaviy o‘limni yovuzlik tarzida talqin etish mumkin. CHunki aynan shunday o‘lim tufayli, yuqorida
aytganimiz, insonni jamiyat va oila uchun qiladigan ezgu ishlar to‘xtaydi.
Biz fojeaviy o‘lim deganda ham ikki xil o‘limni tushunishimiz lozim: birinchisi – tasodifiy, tabiiy yoki
texnikaviy halokatlar tufayli ro‘y beradigan o‘lim. Unda tabiiylik mavjud, ikkinchisi – estetikadagi fojeaviylik
tushunchasiga taaluqli o‘lim, unda fojeaviylik qaxramonlikni vujudga keltiradi, o‘lim – ijtimoiy hodisaga aylanadi.
Boshqacharoq aytganda, Yangi g‘oya uchun zamon bilan kurashib, o‘zini fido qilgan shaxs qahramonlarcha halok
bo‘ladi, ya‘ni erkinlik sub‘ektda, zaruriyat ob‘ektda beriladi va ob‘ekt sub‘ektning ustidan g‘alaba qozonadi, lekin
bundan buyog‘iga, sub‘ektning g‘oyalari bilan yashaydi, bundan o‘sha inson ijtimoiy – axloqiy ideal sifatida maqom
topadi, jisman halok bo‘ladi, lekin ruhan, ma‘nan u uzoq zamonlar yashaydi yo abadiiy o‘lmaslikka erishadi.
CHunki fojeaviy qahramon «o‘z erkini yo‘qotishi bilan aynan ana shu erkinlikning mavjudligini isbotlab,
o‘zining erkin ixtiyorini e‘lon qilib, halok bo‘ladi».
130
Biz o‘lmaslik deganida asosan ana shu holatni, ijtimoiy – ahloqiy ideal sifatidagi o‘lmaslikni tushunamiz.
Jisman o‘lmaslik to‘g‘risidagi fikrlar esa tibbiyot muammosi bo‘lib, unga erishishning imkoni yo‘q, zero, keksayish,
inson a‘zolarining qarishi mavjud ekan, ular albatta o‘limga olib boradi.
Ba‘zi tadqiqotchilar, chunonchi, I. V. Vishev, inson kosmosga chiqmasdan oldin, kosmos haqida fikrlagan,
ilmiy ishlar olib borgan edi, o‘lmaslik haqida ham shunday fikr bildirsa bo‘ladi, fan taraqqiyoti shunga olib kelish
mumkin degan hayotbaxsh ruhdagi farazni ilgari suradi. Ayni paytda bu masalada «amaldagi o‘lmaslik» tushunchasi
bilan «o‘lmaslik» tushunchasini qorishtirib yubormaslik muxim shart» ekanini ta‘kidlab o‘tadi.
131
. Demak, o‘lmaslik
mavjud va u ahloqiy tushuncha sifatida olib qaralishi lozim. SHu ma‘noda axloqiy yuksak, fidoyi, ijtimoiy–axloqiy
idealga aylangan insonlargina abadiylikka daxldordir.
SHunday qilib, biz axloqshunoslik mezoniy tushunchalarini imkon qadar ko‘rib chiqdik. Ushbu nisbatan
qisqacha tahlilning o‘zi ham ularning axloqshunoslik sirlarini ochishda ilmiy kalit sifatida naqadar katta ahamiyatga
ega ekanini ko‘rsatib turibdi. Boshqacha qilib aytganda, mezoniy tushunchalar axloq nazariyasining asosini tashkil
etuvchi mehvarlardir, barcha qolgan katta–kichik tushunchalar ular atrofida aylanib, axloq haqidagi ilmni vujudga
keltiradi.
Axloqiy tamoyillar
Asosiy mezoniy tushunchalar – kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan
hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko‘zga tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga
qo‘yiladigan talab shaklida namoyon bo‘lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan
o‘zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti–harakatining umumiy
yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, ko‘pgina axloqiy me‘yorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Insonparvarlik. Axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri – insonparvarlik. U –
insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g‘oyalar, qarashlar va e‘tiqodlar majmui,
shaxs erki, qadr–qimmati, uning baxtli bo‘lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch.
Insonparvarlik tamoyilini dastlab Ovro‘pa Uyg‘onish mutafakkirlari ilgari surganlar, degan fikr mavjud. Aslida,
insonparvarlik dastavval SHarqda o‘rtaga tashlangan, insoniylik, insonparvarlik degan ma‘noni bildiruvchi
«namlulu» so‘zi bundan 3–4 ming yillar avvalgi Qadimgi Somir giltaxtalarida uchraydi.
Umumjahoniy dinlarning hammasida ham insonparvarlik g‘oyalari ustuvor hisoblanadi. CHunonchi,
musulmon manoqiblarida turli variantlarda uchraydigan mashhur rivoyat bor. Rivoyat qilinishicha, Xudoga
yetishgan odamning xonadoniga yemak so‘rab bir majusiy kiradi. Mezbon, unga musulmon bo‘lsang, qorningni
to‘ydiraman, bo‘lmasa yo‘q, deydi. Majusiy ko‘nmay chiqib ketadi. SHunda Xudodan, nega unga taom bermading,
128
Ламонт К. Иллюзия бессмертия - М., Политиздат, 1984. С. 276.
129
Ламетри Ж.О. Сочинения . М., «Мысль», 1983. С. 371.
130
Шеллинг Ф. Философия исскуства М., «Мысль», 1966. С. 403.
131
Вишев И.В. Проблема личного бессмертия. Новосибирск, «Наука», Сибирское отделение, 1990. С. 217.
degan nido keladi. Mezbon, u kofirlikdan kechmagani uchun shunday qildim, deb javob beradi. SHunda Tangri
mezbonga, kofir bo‘lsa ham, axir mening bandam–ku, inson–ku, deb tezda uni qaytarib kelib, qornini to‘ydirishni
buyuradi.
Demak, insonparvarlikning ibtidosi Tangridan va har bir inson boshqalarga mehr–muhabbat, muruvvat bilan
munosabat qilmog‘i lozim. Zero, Hadisi sharifda «Odamlarga rahmli bo‘lmagan kishiga Allohning ham rahmi
kelmaydi», deyiladi. Ushbu hadis so‘zlariga mos misolni nasroniylikda ham uchratish mumkin. Buyuk rus faylasuf
yozuvchisi F.Dostoevskiyning «Aka–uka Karamazovlar» romanida «Bir bosh piyoz» degan bob bor. Unda roman
qahramonlaridan biri Grushenka tilidan shunday rivoyat keltiriladi:
Qadimda bir johil kampir bo‘lgan ekan, o‘libdi–yu, o‘lganidan so‘ng undan biror–bir yaxshilik qolmabdi;
shaytonlar uni olovli ko‘lga irg‘itishibdi. O‘ng farishta o‘ylab qolibdi: qani endi kampirning biror–bir fazilatini
topsa–yu, Xudoga yetkazsa! SHunda kampirning tomorqadan bir bosh piyozni yulib olib, gadoy ayolga sadaqa
qilganini eslabdi–da, uni Xudoga aytibdi. Xudo shunda farishtaga: bor, o‘sha bir bosh ko‘k piyozni olib, uzat, agar
unga osilib ko‘ldan chiqsa, kampir jannatga kirsin, mayli, agar piyoz uzilib ketsa, o‘sha yerda qoladi, debdi. Farishta
kampirga piyozni uzatibdi va kampir osilib chiqa boshlabdi, endi qutulib chiqay deganda, qarasa, boshqa
gunohkorlar ham uning ketidan chumoliday osilib ko‘ldan chiqib boryapti. Badfe‘l kampir ularni tepib pastga
tushirishga urinib: «Senlarni emas, meni tortib chiqaryapti, piyoz senlarniki emas, meniki», debdi. SHu gaplarni
aytib bo‘lar–bo‘lmas piyoz uzilib ketibdi va kampir hozirgacha o‘sha olovli ko‘lda azob chekar emish.
132
Misollardan ko‘rinadiki, insonparvarlik – umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. SHu sababli uni sho‘rolar
davrida sinfiylik nuqtayi nazaridan soxtalashtirish muvaffaqiyatsizlikka uchradi, proletar diktaturasi va totalitar
sotsialistik tuzum hamda ular ijodkorlarining insonparvarligi haqidagi afsonalar juda qisqa umr ko‘rdi. Sotsializm
mafkurachilarining bu boradagi sa‘y–harakatlari o‘sha davrlardayoq noilmiyligi, yolg‘onga sug‘orilganligi bilan
kishilarning g‘ashini keltirgan edi. Bunday insonparvarlikni xalq qabul qilmaydi. CHunki u aynan o‘ta mavhum
«xalq» tushunchasiga qaratilgan, vaholanki, insonparvarlik markazida muayyan shaxs turmog‘i lozim. Har bir shaxs
insoniy huquqlarini ta‘minlash uchun kurashish – mana, insonparvarlikning asosiy vazifasi. Bu borada
umumbashariy ma‘naviy qadriyatlarni ustuvor deb bilgan bizning davlatimiz ham mamlakat ichkarisida, ham dunyo
miqyosida ko‘zga ko‘rinarli ishlar qilmoqda. Zero, biz qurayotgan erkin fuqarolik jamiyati nafaqat insonga mehr–
muhabbat va izzat–hurmat ko‘rsatishni asosiy tamoyil qilib olgan, balki shaxsning har tomonlama kamol topishi
uchun zarur bo‘lgan haqiqiy insoniy shart–sharoitlarni yaratishni ham o‘z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.
Erkparvarlik. Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq–huquqlari himoyasida tursa, ya‘ni
ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo‘lsa, erkparvarlik tamoyili uning ma‘lum ma‘noda muayyanlashgan bir
qismi hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi – erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan
muhimdir. Zero, erksiz inson – asir, erksiz millat – qul, erksiz mamlakat – mustamlaka. Erkparvarlik, avvalo, o‘z
millati, o‘z Vatani erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib
qo‘ygan insonlar tamoyilidir.
Erkparvar inson qullikning, mutelikning har qanday ko‘rinishini inkor etishi barobarida inson huquqlarining
tom ma‘nodagi jangchisiga ham aylanadi. Bu jangchi bir tomondan, har bir shaxsning so‘z erkinligi, o‘z fikrini erkin
bayon qilishi, saylash huquqi, vijdon erkinligi uchun kurashadi, ikkinchi tomondan, butun–butun millatlar erki
masalasini o‘rtaga tashlar ekan, ma‘lum ma‘noda milliy ozodlik harakatlari uchun ham turtki beradi.
Odatda, erkparvar shaxslar muayyan davrning qahramonlariga aylanadilar. Zero, ular o‘zgalar erki uchun o‘z
erkini, o‘z hayotini qurbon qilishdan ham cho‘chimaydilar. Buning yorqin misoli buyuk ingliz mumtoz shoiri Jorj
Bayron siymosidir. U ingliz bo‘laturib, o‘z vatani Angliyada Irlandiya ozodligi, irlandlar erki uchun kurashdi: hayrat
va nafratga uchradi, Vatanni tark etishga majbur bo‘ldi. O‘z yurtida erk uchun kurashish baxtidan mahrum bo‘lgan
shoir o‘zga vatanlar erki uchun kurashga otlandi va Italiyani Avstriya istibdodidan ozod qilish harakatining
rahbarlaridan biriga aylandi. Bu haqda u shunday deb yozgan edi:
Erk uchun Vatanda qilolmasang jang,
Sen qo‘shni vatanlar erki deb kurash;
Tut Yunon, Rumoning tug‘ ini tarang,
Boshingni tika bil erk uchun sarkash!
Ezgulik yo‘lida bo‘lsang qah ramon,
Sen inson erki deb kurashsang azot,
Bir kuni, sirtmoqdan gar qolsang omon,
Jo‘mard deb alqagay seni odamzod!
133
Italiyadagi ozodlik harakati mag‘lubiyatga uchragach, Bayron Qadim Yunonistonni Turkiya zulmidan ozod
qilish uchun kurashdi. U Yunonistonda, botqoqlik yonidagi Missolungi shahrida og‘ir bezgakdan vafot etdi. Uning
o‘limi ham istibdodga qarshi shiorga aylandi. Benazir shoir, Yunonistonning ozod qilingan qismi general–
gubernatori, erksevar qo‘mondon va ulug‘ inson xotirasiga yunon xalqi yigirma bir kun qora kiyib, motam tutdi.
Hamma cherkovlarda Bayron haqqiga ibodat qilindi.Darhaqiqat, erkparvarlik tamoyilini hayotining ma‘nosi deb
bilgan insonlarning ma‘naviy umri boqiy, ular kelajak avlodlar uchun ideal bo‘lib qoladilar.
Ayni paytda, bu tamoyil keng ijtimoiy–siyosiy ma‘noda ham qo‘llaniladi. Buni erkparvar davlatlar faoliyatida
ko‘rish mumkin. SHuni ham aytish kerakki, erkparvarlik tamoyilidan bir oz bo‘lsa–da, o‘z manfaatlari yo‘lida
132
Достоевский Ф.М. Собрание сочинений в 15 т. Т. 9, ч. I – III. А., «Наука», 1991. С. 394.
133
Byron. Selections . M., «Progress publishers», 1979. P. 242.
foydalanishga, shu orqali siyosiy obro‘ olishga intilish hollari, afsuski, uchrab turadi. Ba‘zi davlatlar tomonidan
o‘zga mamlakatlar ichki ishlariga aralashish uchun erkparvarlikni niqob qilib ish ko‘rishga urinishlar ham yo‘q
emas. Biroq, bunday siyosiy qallobliklar jahon jamoatchiligi tomonidan darhol ilg‘ab olinadi va fosh etiladi. Zero,
erkparvarlik eng avvalo shaffoflik darajasidagi poklikni, halollikni talab qiladi, ozginagina dog‘ni ham ko‘tara
olmaydi.
Vatanparvarlik. Eng ma‘lum va mashhur tamoyil, bu – vatanparvarlik. U insonning o‘z Vataniga
muhabbatini, uni asrab–avaylashga bo‘lgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Uni ko‘pincha Vatan
dushmanlariga qarshi ma‘naviy–mafkuraviy qurol sifatidagina talqin etadilar. Aslida esa bu tamoyilning qamrovi
ancha keng – u insonparvarlikning nisbatan muayyanlashgan shakli. U, eng avvalo, o‘z vatandoshlari erkini asrash
uchun kurash, inson ozodligi yo‘lidagi xatti–harakatlardir. Vatan himoyasi, bu – inson himoyasi, millat himoyasi.
Lekin bu himoya, yuqorida aytganimizdek, faqat jang maydonida emas, balki barcha sohalarda ham namoyon
bo‘lishi mumkin. Har jabhada Vatan erishgan muvaffaqiyatlardan quvonch, muvaffaqiyatsizliklardan qayg‘u hissini
tuyush, Vatan bilan g‘ururlanish, uning har bir qarich yeriga, binosining har bir g‘ishtiga, qadimiy obidalariga, ilm–
fan va san‘atdagi yutuqlariga mehr bilan qarash, ularni ko‘z qorachig‘idek asrab–avaylash bular hammasi
vatanparvarlikdir.
Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoyilarcha idrok etish, muayyan hudud va xalqqa muhabbat
hissi singari omillar bilan bog‘liq. Zotan, ma‘lum bir mamlakat fuqarosi o‘sha mamlakatdagi asosiy etnik guruh
vakili bo‘lmasligi ham mumkin. Turli shart–sharoit taqozosi bilan boshqa bir hududga, mamlakatga kelib, qolib
ketgan fuqarolar, o‘z tarixiy vatanidan olisda tug‘ilganlar kam emas. Ularning ko‘pchiligida «tarixiy Vatan»
tushunchasi xayoliy bir qo‘msash, shirin g‘ussa, o‘tkinchi intilish tarzida ifoda topadi. Aslida esa bu – mazkur
Vatanga muhabbat emas, balki o‘z ajdodlariga, olis xotiraga hurmatdan, ekzotik hissiyotlardan kelib chiqadi;
haqiqiy muhabbat esa, sharoit har ikki Vatandan birini tanlashni taqozo etganda, hozir yashab turgan Vatani va
vatandoshlariga nisbatangina mavjud ekani aniq–ravshan ayon bo‘ladi.
Mazkur holatni ajoyib gurji yozuvchisi Nodar Dumbadze o‘zining «Hellados» hikoyasida g‘oyatda jonli
tasvirlab bergan: Suxumining Venetsian ko‘chasida Yanguli ismli yunon bola otasi bilan birga yashaydi. Uning chap
ko‘ksida «Hellados» (Ellada) degan sanchma yozuv bor, u bu bilan faxrlanib yuradi. Lekin, vaqt kelib, yunonlarga
tarixiy vatanlariga qaytishga ruxsat berilganida, Yanguli ketishni istamaydi. Otasi qattiq kaltaklab, majbur qiladi.
Do‘sti Jamol undan nega otang bilan birga ketmoqchimassan, deb so‘raganida Yanguli shunday javob beradi:
«Qandoq tushuntirsamikin... – deya gap boshladi u nih oyat. – Onam yo‘q, h atto eslolmayman h am. Otam
uzzukun tomorqada yoki tirikchilik tashvishida... Men ko‘chada, Venetsian ko‘chasida katta bo‘ldim... Mening
Vatanim, mening Elladam bu – Suxumi, ko‘cha, CHalbash...
– Bu nima bo‘lmasa? – Men Yangulining ko‘kragini ochib baland ovozda o‘qidim: Hellados.
– Bu – naqsh, Jamol. Vatan – ichkariroqda, naqd yurakning o‘zida! – Yanguli qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi.
O‘pkam to‘lib, tomog‘ imga achchiq bir narsa qadaldi, unga yana bir nimalar demoqchi edim–u, ammo
Yanguli eshagini no‘xtasidan yetaklab, h ovlidan chiqib ketdi».
Otasi zo‘rlab, kaltaklab kemada olib ketishiga qaramay, Yanguli o‘z asl Vatanidan ketishni istamaydi, o‘zini
dengizga tashlab, Vatani bag‘rida halok bo‘ladi. Buni yozuvchi shunday tasvirlaydi:
«Oradan bir kun o‘tib, Kelasuri daryosining quyilish joyida dengiz to‘lqinlari bir bolaning jasadini soh ilga
chiqarib tashlabdi. To‘g‘ rirog‘ i, uni keksa baliqchilar suvdan tortib olib, qumga yotqizishibdi. So‘ng murdaning
kimligini aniqlash uchun shu atrofda o‘ynab yurgan bolalarni chaqirishibdi. Marh umning basharasi shu qadar
dabdala bo‘lib ketgan ekanki, uni h ech kim tanimabdi. Uni men tanidim. CHap to‘shining ustidagi «Hellados»
degan seh rli yozuvni ko‘rgandan keyin tanidim. Nafasimni ichimga yutgancha soh ildan, so‘ng temir yo‘l bo‘ylab,
keyin Venetsian ko‘chasidan to‘xtovsiz yugurib, telbalarcha uyga otilib kirdim.
– H a, nima bo‘ldi?!! – Xolamning kapalagi uchib ketdi.
– Nina xola... Yanguli qaytib keldi...
So‘ng xolamning oldida cho‘kkalab, oyoqlarini quchoqlab yig‘ lab yubordim...»
134
.
Demak, vatanparvarlik tamoyili xayoliy tuyg‘uga emas, balki muayyan zamonga, muayyan vatandosh–
insonlarga bo‘lgan muhabbatga asoslangan axloqiy xatti–harakatlar jamuljamidir. SHu jihatdan qaraganda,
mamlakatimizdagi barcha millatlar tengligini e‘tirof etuvchi, millatidan qat‘i nazar, hammamiz bir Vatan farzandlari
ekanimizni ta‘kidlovchi Konstitutsiyamizning ana shunday demokratik tamoyillarga asoslanishi, yuksak axloqiy
zaminga egaligi e‘tibor va e‘zozga loyiqdir.
Hozirgi paytda yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, ularni Vatan ma‘nosini teran anglab
yetishga o‘rgatish, vatanparvarlik – yuksak axloqiy tamoyil ekanini tushuntirish axloqshunoslikning dolzarb vazifasi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |