Raqs san‟ati. Bu san‘at turi Yevropada xoreografiya deb ataladi va raqsning barcha turlarini o‘z ichiga oladi.
Raqs qo‘l va oyoq harakatlariga asoslanadi, lekin bu harakatlar ritm, muqom va badanning plastik egiluvchanligi
vositasida shiorona xayolot parvozini ifodalaydi. Bu vositalarning hammasi musiqa yordamida (juda bo‘lmaganda
bir musiqiy asbob ishtirokida) umumiy bir uyg‘unlikni tashkil etadi, ana shu uyg‘unlik raqsning san‘at sifatidagi
mohiyatini anglatadi. Raqsning ham o‘z ichki turlari ko‘p, diniy-falsafiy raqslar, mehnat raqslari yoki kasbiy raqslar,
sof o‘yindan iborat raqslar, insoniy kayfiyatni anglatadigan raqslar, maxsus sstenariy (libretto) asosida
sahnalashtiriladigan va uzoq vaqt davom etadigan raqslar v.h. M., hind mumtoz raqslarida diniy-falsafiy mazmunni
ifodalash birinchi o‘rinda turadi, qo‘llar, oyoqlar, qosh-ko‘z harakatlari olamning vujudga kelishidan tortib, qadimgi
Hindiston ma‘budlarining hayotigacha aks ettiradi. Bu raqslar daqiqalar emas, soatlar mobaynida ijro etiladi.
Zamonaviy balet ham mazmunni aks ettirishda hind raqslariga o‘xshab ketadi, lekin bu erda asarni sahnalashtirish –
teatrlashtirish muhim o‘rin egallaydi. O‘zbek xalq raqslarida esa egiluvchanlik, o‘yin unsuri bo‘rtib ko‘zga
tashlanadi va butun xatti-harakat asosan tomoshabin qalbiga quvonch hamda zavq berishga yo‘naltiriladi. Unda ayol
latofatining she‘riyati, nozikligi, noz-karashmasi erkaklarning mardona ulug‘vorligi, qudrat ramzini anglatuvchi
harakatlari aks etadi. Kasbiy raqslarda esa muayyan mehnat turining shoirona tasviri o‘z ifodasini topadi («CHo‘pon
raqsi», «Terimchi raqsi» v.h.).
Raqs san‘ati, yuqorida aytganimizdek, folklorning uzviy qismi tarzidagi va sahnaviy – teatrlashtirilgan
ko‘rinishlarga egaligi bilan birga, mintaqaviy-mahalliylik xususiyatiga ham ega. M., o‘zbek raqsida uch yo‘nalish
mavjud: Toshkent-Farg‘ona, Xorazm va Buxoro yo‘llari (ba‘zan usullari ham deyiladi). Ular bir-biridan ifodaviy
usullarning o‘ziga xosligi bilan farqlanadi, ayni paytda har bir raqqosa yoki raqqosning o‘z uslubi bor. M.,
Mukarrama Turg‘unboeva bilan Galiya Izmaylovaning raqslari bu san‘atning buyuk namunalari bo‘lgani holda,
uslubiy jihatdan bir-biridan farq qiladi.
So‘nggi paytlarda raqs san‘ati bizda keng yoyildi va unda havaskorlik unsurlari shu qadar ko‘payib ketdiki,
natijada istagan qo‘shiqchi o‘zi raqqosalik, raqqoslik qila boshladi, raqsning san‘at turi sifatidagi qonun-qoidalari
tan olinmay qo‘yildi. Goho bir qo‘shiqchi 6-8 nafar raqqosani, ba‘zan esa ayollar ayollarni «o‘ynatadi». Bunday
hol professional san‘at havaskorlik darajasiga tushirishga, uning tanazzulga uchrashiga xizmat qilmoqda. O‘zbek
milliy raqsi an‘analari, haqiqiy san‘at «erkin», «ommaviy raqs bo‘tqasi» ichida asl yuzini yo‘qotib bormoqda. Shu
sababli, ming afsuski, hozirgi paytda kechagina sahnada bo‘lgan qizlarxon Do‘stmuhamedova, Malika Ahmedova,
Rushana Odamboeva kabi san‘atkorlarning o‘rnini bosish u yoqda tursin, ularning yoniga yaqin keladigan
raqqosalar yo‘q.
Teatr. Insoniyat ma‘naviy hayotida Teatr san‘ati juda qadamdan o‘z o‘rnini yo‘qotmay keladi. Bundan bir
necha ming yillar avval qadimgi Hindiston, qadimgi Xitoy va qadimgi Yunonistonda dastlab teatr bir kishilik
sahnadan iborat bo‘lgan, keyinchalik ikki kishilik sahnadan, undan keyingina jamoviy san‘at turiga aylangan.
YA‘ni spektakl jamoaviy ijod mahsuli – rejissyor, dramaturg, aktyor va rassomning ijodiy izlanishlari natijasi
o‘laroq yuzaga keladi. Ayni paytda unda bir necha san‘at turi omuxta tarzda namoyon bo‘ladi: me‘morlik, rassomlik
(dekorastiya), musiqa va notiqlik san‘atining hamkorligi spektaklning sahnaviy asosini, dinamik tarzda rivojlanib
boradigan dramatizm esa uning badiiy – estetik mohiyatini belgilab beradi.
Har bir spektaklning muvaffaqiyatli chiqishi rejissyor va aktyorlik iste‘dodi, mahorati bilan bog‘liq. Rejissyor
ham, aktyor ham ijodkor. Rejissyor butun spektaklning ibtidodan intihosigacha yaxlit asar tarzida tasavvur qiladi va
o‘z g‘oyaviy niyatini aktyorlar ovozi, harakati hamda sahnaviy ko‘rinishlardagi moddiy ashyolar orqali ro‘yotga
chiqaradi. U drama yoki dramalashtirilgan epik asar (roman, qissa) asosida undan ma‘lum ma‘noda farqlanadigan
o‘zining badiiy-estetik talqinidagi Yangi asarni taqdim etadi, ya‘ni drama yozuvchining, spektakl esa asosan
rejissyorning asari. Rejissyorning mahorati, aktyor va rassom ko‘magida sahnani o‘ziga xos olamga aylantiradi:
unda biz o‘z zamonamizni ham, kechmish zamonlarni ham ko‘ramiz, ularning eng muhim, xarakterli jihatlarini
ilg‘ab olamiz.
Rejissyor o‘ylagan g‘oyani aktyorlar amalga oshiradi. Aktyor – sahnaning joni, uning har bir holati, yuz
ifodasi, ovozidagi ohang, monolog va dialog paytlaridagi qo‘l harakatlari badiiy qiyofani yaratadi. Zero
spektaklning o‘zi boshdan-oyoq dinamik harakat mahsulidir. Shu bois ham aktyor mahorati, iste‘dodi sahna asari
darajasini belgilaydigan asosiy omillardan. M., Otello rolini buyuk aktyor Abror Hidoyatov bilan ijro etgan spektakl
orasida T. Azizov garchand u ham iste‘dodli aktyor bo‘lsa-da juda katta, qiyoslab bo‘lmaydigan darajada farq bor.
Teatr san‘atining yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, unda sahna asari tomoshabin oldida yaratiladi, o‘sha
rejissyor, sahnaga qo‘ygan o‘sha aktyorlar o‘ynagan bugungi spektakl kechagidan farq qiladi. Bu sahna san‘atining
doimiy ijodiyligini ko‘rsatadi, bugungi ijroga aktyor nimanidir qo‘shadi yoki undan olib tashlaydi. Bu uning ruhi,
ijodiy kayfiyati, ikki yoki uch kunlik o‘sishi bilan bog‘liq.
Teatrning turlari ko‘p: yoshga qarab bo‘linadigan yoshlar teatri, bolalar teatri, jonli aktyor ishtirok
etmaydigan qo‘g‘irchoq teatri bor. SHuningdek, musiqadan juda keng foydalanadigan, butun boshli piesa yoki
librettoga bastakor alohida, davomli, kuy bastalaydigan balet musiqali drama, operetta, opera singari estetik
mohiyatiga qarab ajratiladigan teatr turlari ham mavjud. Lekin qaysi turdagi teatr san‘ati bo‘lmasin, u millat va
shaxs estetik didini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega.
O‘zbek milliy teatri qadim zamonlarda avval qo‘g‘irchoq («chodir xayol») tarzida mavjud edi. Faqat
keyinchalik, XX asr boshlarida milliy drama paydo bo‘lgach (M.Behbudiy, «Padarkush»), zamonaviy teatr vujudga
keldi, deb aytishimiz mumkin. Teatr jadidchilik harakati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, favqulodda juda tez va keng
yoyildi. O‘zbekiston hududida XX asr 10-yillarining o‘zida Samarqandda, Toshkentda va Qo‘qonda teatr truppalari
paydo bo‘ldi, o‘zbek xalqi ma‘naviyati xazinasi yana bir go‘zal san‘at bilan boyidi. Behbudiy, Avloniy, Hamza kabi
buyuk ziyolilar bunda katta xizmat qildilar. Keyinchalik Mannon Uyg‘ur, Etim Bobojondek ulkan rejissyorlar,
Abror Hidoyatov, Obid Jalilov, SHukur Burxon, Olim Xo‘jaev, Sora Eshonto‘raeva, Nabi Rahimov, Hamza
Umarov, Rahim Pirmuhamedov kabi buyuk dramatik aktyorlar etishib chiqdi. Karim Zokirov, Halima Nosirova,
Bernora Qorieva, Soadat Qobulova, Muyassar Razzoqova, Guli Hamraeva singari opera va baletning mumtoz
ustalari jahonga tanildilar. Hozirgi o‘zbek teatri ma‘naviy-axloqiy maskan, haqiqiy ibratxona sifatida diqqatga
sazovordir. «Chunki sahna san‘atining odamlarga nafaqat zavq-shavq baxsh etishi. ayni paytda milliy g‘urur, milliy
iftixor manbai, qudratli tarbiya vositasi ham bo‘la olishi – bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir»
201
.
Sirk. Sirk eng qadimgi an‘anaviy san‘at turlaridan biri. U Sharqda vujudga kelgan va dorbozlik san‘ati deb
ham atalgan, ko‘chma tomosha sifatida xalq orasida shuhrat qozongan. Unda dorda langar bilan yurishdan tashqari,
dorboz havo gimnastikachisi (chig‘iriqda) vazifasini ham bajargan. Pastda albatta nog‘ora dorbozning harakatlariga
mos ohangda yangrab turgan. Ayni paytda pastda qiziqchi, ko‘zboylog‘ich, akrobat (besuyak), ayiq o‘ynatuvchi
ishtirok etgan, ba‘zan askiyadan ham foydalanilgan.
Hozirgi paytda zamonaviy stirk o‘sha unsurlarni asosan saqlab qolgani holda, yanada murakkablashgan inson
dovyurakligini, tanasining eguluvchiligini, erishib bo‘lmaydigan darajadagi epchillikni aktyor mahorati orqali
namoyon etadi, unutilmas badiiy qiyofa yaratadi. Endilikda buning uchun maxsus aylana shaklida qurilgan,
tomoshabinlar o‘rindiqlari ham aylana qilib joylashtirilgan bino va arena deb ataladigan aylana o‘yin maydonidan
foydalaniladi. Undagi tomoshalarda inson tanasi go‘zalligini kuzatish bilan birga biz aktyor harakatlaridan vujudga
kelgan insoniy mo‘‘jizalarni ham ko‘ramiz. STirk insonning nafaqat o‘z a‘zolari va hissiyotlari, balki hayvonlar,
o‘yin asbobi bo‘lmish narsalar, makon, tomoshabinlar hissiyotlari, atrof-muhit ustidan, kengroq ma‘noda olganda,
dunyo ustidan cheksiz hukumronligini namoyish etishi bilan bizni doimo xavotirdan hayratga aylanadigan estetik
idrok etish jarayonini boshdan kechirishimizni ta‘minlaydi. Zero stirk «sof estetik» san‘at, unda bevosita
manfaatdorlikni uchratmaymiz. M., bir shlyapa ostida ko‘zboylog‘ich uchirgan besh yoki o‘nta kaptardan, olov
halqa ichidan arslonning sakrab o‘tishidan, hech qaysi sportchi bajarolmaydigan chig‘iriq (gimnastik) yoki
akrobotik (belsuyak) o‘yinlardan qanday manfaat bo‘lishi mumkin? Chunki stirkda respublika yoki jahon
birinchiligi uchun (manfaatli) musobaqa o‘tkazilmaydi, umuman, stirk musobaqa degan tushunchani inkor etadi.
Sirkning yana bir o‘ziga xos xususiyati, unda doimiy masxaraboz-qiziqchining ishtirok etishi, ya‘ni kulgililik
xususiyatining doimiy mavjud bo‘lishi bilan belgilanadi. Masxaraboz faoliyati stirkdagi barcha narsalarni
(namoyishlarini), sirtdan bo‘lsa-da, bog‘lab turadigan, tomoshabinni bir hayratlanarli keskin kechinmali, havotirli
holatdan ikkinchisiga o‘tishi uchun kulgili tanaffusni, muayyan ma‘nodagi forig‘lantirishni o‘z ichiga oladi.
Masxaraboz mantiqiylik ustidan nomantiqiylikning, absurdning shartli ravishdagi g‘albasini ko‘rsatadigan va shu
bilan tomoshabinda kulgi uyg‘otadigan, har bir davr uchun zamonaviy bo‘lgan, ya‘ni har bir zamonning «o‘z
kulgisini» topa oladigan o‘lmas badiiy qiyofa.
Shuningdek, sirk san‘atida vorisiylik birinchi navbatda oilaviy san‘atkorlik, qolaversa ustoz-shogirdlik
an‘analari hukumron. M., o‘zbek stirkida Toshkenboevlar oilasi bu san‘atning, deyarli barcha sohalarida faoliyat
ko‘rsatdilar va ko‘rsatmoqdalar, hozir biz stirkka kirsak, «nevara va evara san‘atkorlar» namoyishlaridan estetik
zavq olamiz.
201
Karimоv.I.A. Хavfsizlik va tinchlik uchun kurashmоq kеrak. T., O‘zbеkistоn, 2002 y., 55–56-b.
Umuman olganda, stirk san‘ati millatni, ayniqsa yoshlarni mo‘‘jizaviylikdan hayratlanib, kulgililikdan
forig‘lanib-jismonan baquvat, epchil, o‘z ruhi a‘zoi badani ustidan hukumronlik qila oladigan, katta tabiatining bir
qismi bo‘lmish hayvonlar tabiatidan xabardor shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyatga ega.
Askiya. Baxshilik san‘atiga o‘xshab, askiya ham xalq og‘zaki ijodi mahsuli. U arab tilidagi «o‘tkir zehnli»
ma‘nosini anglatadigan «zakiya» (ko‘pligi – «azkiya») so‘zidan olingan bo‘lib, qadimgi, xalq sevgan san‘at
turlaridan biri. U – ikki va undan ortiq kishi tarafma-taraf bo‘lib, davrada, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tomoshabinlar olqishi
shaklidagi baholash usulida o‘tkaziladigan so‘z o‘yini.
Ammo askiya oddiy so‘z o‘yinidan qat‘iy belgilangan mavzui bilan ajralib turadi. Uning bu xususiyati payrov
janrida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu janr nihoyatda izchillikni talab etadi, payrovdan chiqish, chetga uni chala
qoldirib ketish, mumkin emas. «To‘laqonli adabiy asarda, masalan, tabiat manzaralari, kishilar obrazi va xarakteri,
ularning hayotga munosabatlari, voqealarning rivojlanishi va tugallanishi, g‘oya va harakatni to‘lduruvchi detallar
tasvir etilganday, - deb yozadi askiyashunos R.Muhammadiev, - payrovda ham bu talablar amalga oshirilishi shart,
aks holda u «chala», «xom» bo‘lib qoladi. SHu jihatdan qaraganda payrov syujetli yaxlit badiiy asar
hisoblanadi»
202
. M., «Imorat» payrovida olingan eru poyolvorga qazilgan chuqurlindan boshlab, to tom yopilib,
imorat uvog‘u bo‘yoqdan chiqqunicha bo‘lgan jarayon aks etishi kerak.
Payrovdan farqli o‘laroq, o‘xshatdim, bo‘lasizmi, gulmisiz, rayhonmisiz qofiya, radif, kabi kichik janrlarda
askiyachi o‘z raqibining ba‘zi sifatlarini, xislatlarini boshqa narsalarga o‘xshatish, nisbat berish orqali kulgi
uyg‘otadi. Bunda, R.Muhammadiev ta‘kidlaganidek, ikki tarafning har safargi savol-javobdan keyin mavzu tugashi
va ikkinchi savol-javobida boshqa mavzuga o‘tish mumkin.
Askiyaning hamma janrlarida ham so‘z qo‘llashdagi mohirlik, mubolag‘a, kinoya, kessatiq, qo‘l, yuz
harakatlari singari vositalardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Lekin, eng muhimi, bu san‘at turining hamma
janrlarida belgilovchi xususiyatlardan biri –hozirjavoblik. Raqib tomonning savoliga yoki sifatlashiga sayoz, kulgi
uyg‘otmaydigan tarzda javob bergan, «hujum»ni munosib rad etolmagan tomon engilgan hisoblanadi, zero
favqulodda ko‘chma ma‘no, majoziylik qonuniyatiga binoan izchil va nozik fikrlash hozirjavoblikning moyasi
hisoblanadi.
Askiyaning yaxlit san‘at turi sifatidagi yashash sharti – bu uning erotik tabiatga egaligi. Unda mazmun
mehnat turlariga, kasbga, muomalaga doir so‘z va atamalarga nihoyatda nozik, pardali tarzda jinsiy ma‘noni jolash
orqali ochiladi. Aynan ana shu ko‘chma ma‘no tinglovchi hozirjavobligi tomoshabinda kulgi uyg‘otadi. Zero
hozirjavoblik erotik-seksual urg‘uga ega bo‘lsagina, askiyaga aylanadi, aks holda u topib aytilgan hazildan nariga
o‘tmaydi. Ayni paytda askiyada laqab ishlatish ham o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Lekin laqab askiyada shaxsning
jismoniy nuqsini ochish, hajv uchun emas, balki zaminida mehr yotgan hazil tariqasidagi latifa so‘z o‘yinlari
vositasida kulgi qo‘zg‘otish uchun qo‘llaniladigan usul hisoblanadi.
Askiya o‘zbeklarda urug‘chilik-qabilachilik davrida vujudga kelgan degan faraz bor. Zotan, darslikning
tarixiy qismida ko‘rib o‘tganimizdek, SHrayber-Froyd nazariyasiga binoan qadimgi odam jinsiy munosabatlarga
doir so‘zlarni mehnat turlariga qo‘llab, og‘ir mehnatga huzurbaxshlik berishga intilgan. Askiyaning kelib chiqishi
ham ehtimol shundadir. Bu san‘at turining eng ravnaq topgan davri ilmda XIV-XV asrlar deb tan olingan. O‘sha
davrda mavlono Burhon lang, Said G‘iyosiddin Sharfa, Mavlono Xalil Sahof, Mavlono Abdulvose‘ munshiy kabi
askiyachilar bu boradagi eng kuchli san‘atkorlar hisoblangan. Keyingi davrlarda ham askiya o‘zbek xalqining to‘y-
tomoshalari, tantanali marosimlarida o‘z o‘rniga ega nazokatli san‘at sifatida taraqqiy topib bordi. Biroq sho‘rolar
davrida u «qayta ishlandi», ya‘ni uning erotik san‘at turi sifatidagi xususiyati inkor etildi. Natijada askiya zo‘raki
kulgi asosiga qurilgan jiddiy «xalq og‘zaki ijodi janri»ga aylandi. M., biz iqtibos keltirgan «Askiya» kitobida o‘sha
davrlarda yozib olingan va «Mushtum» jurlarida e‘lon qilingan payrovlar, askiyaning kichik janrlari,
askiyachilarning mahoratiga qaramasdan, yoniningizda birov qitiqlab tursa ham, sizda kulgi qo‘zg‘otishi mushkul.
Chunki mazmunan sostialistik, shaklan milliy bo‘lgan bu askiyalarda o‘q tomir – nihoyatda nozik pardalangan
erotik xususiyat yo‘q. Aynan ana shu xususiyat tufayli boshqa san‘at turlariga (M., badiiy adabiyotga, teatrga v.b.)
o‘xshab bolalar askiyasi, o‘simirlar askiyasi, yoki yoshlar askiyasi degan tushuncha qo‘llanilmaydi. Askiya faqat
balog‘atga etgan kishilar uchun mo‘ljallangan san‘at turi. Lekin alohida ayollar askiyasi, erkaklar bilan ayollar
yonma-yon ishtirok etgan askiyalar mavjud. M., mohir askiyaboz Muhabbatxon Yo‘ldosheva, Muhiddin Darvishov,
Zaynobidin va Madaminjon YUsupovlar, Abdulhay mahsum Qozoqov kabi erkak askiyabbular davrasida ulardan
qolishmagan holda ishtirok etib keladi.
Hozir Mustaqillikdan keyin askiya yana o‘z asl qiyofasiga qaytdi. Haqiqiy askiyani keyingi paytlarda
askiyabozlar musobaqalarida, respublika miqyosida katta tantanalarda, teleekranda tinglab, tomosha qilyapmiz.
Bunday askiyalardagi kulgi o‘ziga xos tanqidiy ruhga ega. U jamiyatimizning yanada ravnaq topishi, estetik didni
yuksaltirish uchun xizmat qilib kelayotgan san‘at turi. Lekin ba‘zi bir bizning mashhur «profesional»
qiziqchilarimizning azbaroiy odamlarni kuldiraman deb bachkanalikka, bepardalikka yo‘l qo‘yayotgan holatlari ham
uchrab turishi kishida afsus yug‘otadi. Vaholanki askiya, bir suhbatda ulkan yozuvchimiz Abdulla Qahhor
aytganidek, usti bir qavat yupqa tuproq bilan yopilgan bir uyum go‘ng ustida o‘sgan atirguldek go‘zal, uning
rangidan, hididan bahramand bo‘lish lozim, tagidagi tuproqni ochib, go‘ngni titish kerak emas. Aks holda
askiyaning bor go‘zalligiyu, nozikligi, hayo pardasi yo‘qoladi, u so‘kish va so‘kinishning madaniylashgan shakliga
aylanadi-qoladi.
202
Askiya G‘. G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, T., 1970 y., 6–b.
Estrada. Qadimda estrada bilan stirk yaxlit bir san‘at turi hisoblangan. XIX asrga kelib, estrada stirkdan
mustaqil tarzda faoliyat ko‘rsata boshlagan. O‘zbekistonda u Qo‘qon xonligida XIX asr boshlarida tashkil etilgan
keyinchalik «qiziqchilar» teatri deb atalgan.
203
Umuman olganda, u an‘anaviy san‘atlar ichida nisbatan Yangisi va
ba‘zi jihatlari bilan zamonaviy – texnikaviy san‘at turlariga ma‘lum ma‘noda yaqinligi bor (estrada musiqasining
zamonaviyligi, elektron asboblar ijrosi v.h.).
San‘at turi sifatida estrada omuxtalik tabiatiga ega, unda teatr, musiqa, stirk, askiya unsurlari yaqqol ko‘zga
tashlanadi. M., drama va komediyaning, kichik shakllari, intermediyalar, akrobotika, pontomima, janglyorlik,
qo‘shiq, badiiy o‘qish v.b. janrlar muvafaqiyatli ijro etiladi. Unda zamonaviy muammolarning ko‘ngil ochish
usullari va kulgi vositasida ifodasini, xilma-xil tanqid yo‘llarini ko‘rish mumkin. Falsafiylik, ijtimoiy-siyosiy
mavzular, estradada qisqa, lo‘nda, qiziqarlili tarzda ochib beriladi. Estrada, sahnaviy san‘at bo‘lsa-da, teatrdan
aynan ana shu «engilligi», «ko‘ptomonlamaligi» bilan farq qiladi. Mashhur rus estrada aktyori E.Petrosyan shuni
nazarda tutgan holda, bu san‘at turini «san‘atdagi jurnalistika» deb ataydi.
Estrada namoyishlarini (nomerlarini) ko‘pincha konferense bir tizimga solib turadi. Ba‘zan esa buni
aktyorning o‘zi amalga oshiradi, estradada aktyor mahorati, uning xatti-harakatlari, yuz ifodasi, zarur paytdagi
pauzasi v.b. hodisalar muvafaqqiyatning asosiy omili hisoblanadi. Estrada aktyori tomoshabin bilan uzviy aloqada
bo‘ladi: sahna va zal ba‘zan bir-birini to‘ldiradi. SHu o‘rinda yana E.Petrosyanni eslashga to‘g‘ri keladi, mening
bosh rejissyorim, tomoshabin u menga nima qilish kerakligini aytib berib turadi, deydi buyuk aktyor.
Hozirgi paytda maxsus «estrada teatrlari» mavjud. Rus va jahon estradasida aktyorlar asosan yozuvchilar
maxsus yozib borgan yoki matbuotda e‘lon qilingan eng yaxshi hajviyalar asosida ish ko‘radi. Afsuski, bizning
aktyorlar «Obid A» teatrida ham «Mirza» teatrida ham asosan matnlarni o‘zlari to‘qiydilar va jahon latifalarini
o‘zbekchalashtirib tomoshabinga taqdim etadilar. Natijada aktyorlarimiz qanchalik iste‘dodli bo‘lmasin, (ularning
ko‘pi haqiqatan ham iste‘dodli), chiqishlari qiziqchidan ko‘ra, ko‘proq bachkanalikka aylanib ketadi.
XX asrda jahon estradasida o‘ziga xos estrada qo‘shiqchiligi maxsus janr sifatida keng yoyildi. Jahonga
mashhur estrada guruhlari va qo‘shiqchilari katta shuhrat qozondilar («AVVA», «Yalla», Jekson, Tarkan v.b.),
ulkan stadionlarda o‘tkaziladigan «gala konstertlar» paydo bo‘ldi. Bularning hammasi estradaning zamon
talablariga, jurnalistlar tili bilan aytganda, «operativ» javob beradigan jurnalistik ruhdagi san‘at turiga aylanganini
ko‘rsatadi. SHundan kelib chiqadigan bo‘lsak, bizning estradamizga qo‘yiladigan talablar hozirgidan bir necha
barobar yuksak bo‘lishi kerak.
Zamonaviy san‟at turlari
Texnikaviy yutuqlar asosida vujudga kelgan zamonaviy san‘at turlari insonning har qanday qulay sharoitdan
Yangi san‘at turi yoki asarlarini yaratish uchun foydalanishini ko‘rsatadi, insondagi san‘atga bo‘lgan azaliy va
abadiy intilishidan dalolat beradi. Bir paytlar, o‘ta rastional, san‘at bilan sig‘ishmaydigan, qo‘pol deb hisoblangan
texnikadan hozirgi paytda inson ildizi norastionallikka borib taqaladigan badiiy qiyofa yaratish uchun
foydalanmoqda. SHuning natijasi o‘laroq, keyingi bir yarim asr ichida bir necha zamonaviy (texnikaviy) san‘at
turlari paydo bo‘ldi va rivojlandi. Endi shularni qisqacha ko‘rib o‘tamiz.
Fotosan‟at. XIX asrning 20-30-yillarida franstuzlar J.Nens, L.Dager, ingliz U.Tolbot tomonidan shahar
manzaralari, mevalarning rassomlik san‘atidagi ko‘rinishlarini optika va kimyo yordamida suratga ko‘chirish
amalga oshiriladi. Uni dastlab «fotogeniya», «fotogenik san‘at» deb, keyinroq esa, uni rassomlik san‘atidagi
rangtasvir va grafikaga yaqinligi nazarda tutib, «fotografiya» degan nom bilan atashdi. Muhimi shundaki, suratga
tushirishni badiylashtirish, fototexnika asosida san‘at asari yaratish boshlandi. Ayni paytda, endi rangtasvirning kuni
bitdi, degan, shoshib aytilgan fikrlar ham o‘rtaga tashlandi.
Lekin tez orada uni rangtasvirning raqibi emas, balki janrlaridan biri sifatida qabul qilish odat tusiga kirdi.
Nihoyat, XX asrning dastlabki yillaridayoq u o‘ziga xos tasviriy imkoniyatlarga ega alohida san‘at turiga aylandi.
Ayniqsa chex foto san‘atkori Frantshek Drtikol (1883-1961) ijodi jahon madaniyatida alohida iz qoldirdi. U badiiy
suratkashlikning Rafeli degan nom oldi.
Keyingi davrlarda, fototexnika taraqqiyoti natijada, A.Stilist (AQSH), E.Atje (Franstiya), A.Jumaev
(O‘zbekiston), M.Rodchenko, (Rossiya) v.b. badiiy suratkashlik san‘ati namoyandalari asarlari har qanday
rangtasvir bilan bellashadigan darajaga ko‘tarildi. Bu san‘atkorlarda endi, Drtikoldan farqli o‘laroq, rangtasvir
uslublaridan foydalanish o‘rnini bir lahzalik fototasvirning ifodaviy vositalaridan kelib chiqqan holda, fotosan‘atga
nurtasvir san‘ati sifatida qarash ijodiy tamoyil tusiga kirdi. Bunda suratkash lahzalik sahnaning rejissyori bo‘lishi,
ob‘ektdan badiiy qiyofaga aylanishi mumkin bo‘lgan xusususiyatni topishi, eng mos rakkurs va suratga olish
nuqtasini tanlashi, kompozistion miqyosni ilg‘ashi muhim. O‘shanda fotosan‘atkor «mangu lahza»ni tasvirga
tushirishga, ya‘ni lahzani mangulashtirishga erishishi mumkin.
Badiiy suratkashlikning, ya‘ni nurtasvirning rangtasvirdan farqi va eng muhim belgisi – bu uning hujjatlilik
xususiyati, undagi har bir suratga olingan hodisa real asosga ega. Rassom o‘zi tanlagan syujet tasvirida tasavvur va
xayolotga keng o‘rin beradi, fotosan‘atkorda bu imkoniyat yo‘q, u tasvir ob‘ektini real, hayotdagi holatida qanday
bo‘lsa, shunday suratga tushiradi. Lekin u ob‘ektning «yalt» etgan jonli ko‘rinishini topa bilishi va o‘sha jonlilikni
saqlab qoladigan nuqtadan turib ijod qilishi, ba‘zan ob‘ektning ishiga aralashishi, uni muayyan ruhiy yoki
manzaraviy holatga kelishi uchun ko‘maklashishi kerak bo‘ladi. Biroq u rassomning erkin aralashuvi imkoniga ega
emas. SHu bois biz fotosan‘atda eng yuksak darajadagi jonlilikni ko‘ramiz, tom ma‘nodagi real borliqning
203
Qarang: O‘sha manba, 129-b.
qo‘shig‘ini tinglaymiz. Kinoshunos Z.Krakauer: «Fotografiya bilan bir qatorda kino ham materialni nisbatan qo‘l
tegmagan ko‘rinishda etkazib beradigan yagona san‘at turidir... Suratga tushirilgan tasvirni idrok etar ekan,
tomoshabin ba‘zan haqiqiy reallikning ovozini – «borliqning shivirini» tinglaydi», – deganida haqiqatni aytgan
edi.
204
Fotosan‘atning ham turli janrlari mavjud, ularning ko‘pi rassomlikdan «o‘tgan»: portret, manzara, natyurmort
v.h. Ammo har ikki san‘at turidagi bir xil janr o‘ziga xos tafovutga ega. M., portret janrida rassomlik san‘ati har
qanday syujetdan yiroq, o‘z dunyosiga o‘zi sho‘ng‘igan individual inson tasvirini beradi. Badiiy suratkashlikdagi
portret esa aynan «odam ishtirokidagi syujetni» aks ettiradi, undagi individ o‘z dunyosidan chiqib ketadi va o‘zi
ishtirok etayotgan jarayonning bir qismi sifatida gavdalanadi. Ya‘ni fotosan‘atda insonning o‘zi emas, uning tashqi
dunyoga munosabati birinchi o‘rinda turadi.
Fotosan‘atda montaj katta ahamiyatga ega. Montaj orqali badiiy qiyofa yaratish imkoni nihoyatda keng. Fan
va texnikaning ravnaqi tufayli u «mo‘‘jizaviy» darajaga ko‘tarildi. Hozirgi kunda tasvir tayyorlashning
kompyuterlashtirilishi natijasida badiiy suratkashlik eng qamrovli san‘atga aylanib bormoqda va boshqa san‘at
turlariga tobora katta ta‘sir ko‘rsatmoqda. Ayni paytda fotoreklama va fototanqiddagi o‘ziga xos go‘zallik hamda
go‘zallikka aylanishi kerak bo‘lgan xunuklikning badiiy qiyofalar darajasidagi tasviri ham jamiyat taraqqiyotida
muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |