Dastlabki moliyaviy nazorat korxonalarning moliyaviy rejalarini, tashkilot va muassasalarning daromad va xarajtlar smetalarini, byudjet loyihalari, bitim shartnomalari va boshqalarni tayyorlash, ko’rib chiqish va tasdiqlash bosqichlarida amalga oshiriladi. Buning natijasida mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarni noto’g’ri, nooqilona sarflanishini va sub’yektlarning salbiy moliyaviy natijaga erishilarini oldi olinadi.
Joriy moliyaviy nazorat sub’yektlarning, jumladan davlat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy rejalarini amalga oshirish jarayonida moliyaviy tartib-qoidalar buzilishining oldini olish maqsadida moliya va g’aznachilik organlari, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar, tashkilotlarning hisobchilari, moliyaviy xizmat bo’limlari tomonidan doimiy ravishda o’tkaziladi.
Navbatdagi (keyingi) moliyaviy nazorat hisobot davri va moliyaviy yil yakunlanganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda byudjet ijrosi, byudjet muassasalarining smeta ijrosi, shuningdek korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy rejalarini bajarilishi natijasida moliyaviy mablag’larning sarflashishini maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.
Amalga oshirilish reglamenti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: