Android – shu yaqin yillarda IT sohasiga kirib kelgan va ko‘p dasturchilarni, shu operatsion tizim bilan pul topishga undagan “yashil o‘zga sayyoralik” dir. Bu dastur juda ko‘p smartfonlarni boshqaruvchi operatsion tizim hisoblanadi. Mobil operatsion tizimlar (windows mobile, symbian) orasida eng mashhurrog‘i va keng qo‘llaniladigani ham shu tizimdir.
Keling shu operatsion tizimga oid qiziqarli faktlar bilan tanishib chiqamiz:
1.2008 yilda Android operatsion tizimining kodlari ommaga taqdim etilgan va u 2.1 GB hajmni egallagan.
2. Dastlab Android operatsion tizimi Android Inc firmasi tomonidan yaratilgan. Bu firma AQSh’ning KALIFORNIYa shtatida joylashgan bo‘lib, 2003 yilda Andy Rubin, Chris White, Nick Sears va Rich Miner tomonidan tashkil etilgan. Android Inc firmasi o‘z ish faoliyati davomida 2 ta “Obnavleniya”– 1.0 Astro va 1.1 Bender (mashhur robotlar nomi) chiqarishga muyassar bo‘ladi.
3. 2005 yil, Google kompaniyasi Android Inc firmasini 130 mln. dollarga sotib oladi va o‘zi bu operatsion tizimni chiqarishni davom ettiradi.
4. Bu mobil operatsion tizimi, Linux operatsion tizimi yadrosida yaratilgan bo‘lib, bu tizim uchun ataylab Droid shrift o‘ylab topilgan.
5. 2007 yil 5 noyabrda, Androidni ommaga tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tgan, lekin dastlabki Android 1.0 versiyasi 2008 yil 23 sentyabrda foydalanuvchilarga taqdim etilgan.
6. Dastlabki Android operatsion tizimida ishlagan smartfon nomi HTC T-Mobile G1(HTC Dream)’dir.
7. Sizga ma’lumki, ishlab chiqilgan barcha yangi dasturlar himoyasi, xakerlar tomonidan kim tez buzishga o‘yinida qurbonlik vazifasini o‘taydi. Android ham bu o‘yindan chetda qolmadi. Bu tizimni buzish uchun 1 oydan kamroq vaqt talab etildi. Bu buzg‘unchi inson ismi Justin Case bo‘lib, u bitta patch orqali operatsion tizimdagi barcha dasturlarni tekin (free) ishlatishga muyassar bo‘ldi
8. Statistika ma’lumotlariga qaraganda har 2 ta smartfondan biri Android operatsion tizimida ishlar ekan.
9. Android foydalanuvchilarining soni 250 milliondan oshganligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, eng ko‘p foydalanuvchilar AQSh va Rossiya davlatlariga to‘g‘ri kelar ekan.
10. Yelektron magazin bo‘lmish, Google Market’da 500 mln dan ko‘p android operatsion tizimi uchun “prilojeniya” lar mavjud ekan. Bu degani har bir foydalanuvchi uchun (“unikalniy” foydalanuvchi uchun, yuqori qismda yozilgan 250 mln dan ko‘p deb) kamida 2 ta “prilojeniya” to‘g‘ri kelar ekan.
11. Android operatsion tizimi ochiq kodli tizim hisoblanadi, agar aqlingiz yetsa taxminan 12 millionli kodlarni o‘zingiz tahrirlashingiz mumkin bo‘ladi.
12. Androiddan ko‘proq erkaklar foydalanishar ekan va bu ko‘rsatkich 73% ni tashkil qilishini bilmas edim.
13. Statistikani davom ettiramiz: Android foydalanuvchilari o‘z vaqtlarini (android ishlash vaqti) 34% elektron pochta tekshirishga va 21% esa o‘yin (asosan Angry Birds) o‘ynashga sarflashar ekan.
14. Android’ning iPhone OS’dan avfzalligi shundaki, androidda flesh tehnologiya mavjud.
15. Avvallari Android faqat smartfonlar uchun edi, lekin hozir planshetlar, netbuklar va smartbuklarning ham operatsion tizimi androidga aylanmoqda.
16. Operatsion tizim uchun alohida Android Market bozori ochilgan bo‘lib, turli foydalanuvchilar, turli davlat fuqarolari uchun har hil imtiyozlar berilgan. Misol uchun kimlargadir tekin dasturlarni olishga ruhsat, kimlargadir faqat pullik dasturlarni olishga ruhsat (aqlli o‘ylangan).
17. Yendi eng qiziq ma’lumot. Har bir yangi android versiyasi, versiya nomeri bilan birga ma’lum bir nom bilan chiqadi. Bu odat tusiga kirib qoldi. Bu nomlarning barchasi shirinliklar bilan bog‘liqdir. Faqatgina dastlabki Android Inc firmasi tomonidan chiqarilgan 2 ta versiya robotlar nomiga qo‘yilgan. Yana bir qiziq tomoni shundaki, bu shirinlik va robot nomlari ingliz tili alifbosi bo‘yicha nomlangandir. Bu nomlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Astro, Bender, 1.5 Cupcake, 1.6 Donut, 2.0 Eclair, 2.2 Froyo, 2.3 Gingerbread, 3.0 Honeycomb, 4.0 Ice Cream Sandwich, Jelly Bean, Key Lime Pie, Licorice, Molasses, Nougat (kursiv shaklida yozilganlar endi plandagilar). Agar ingliz alifbosi tugab qolsa, unda nima bo‘ladi????