jadallarni, yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Toshkent oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bogʻistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Koʻhakiy kabi butok allomalar shu hududda yashab, ijod etganlar. Shahar sifatida Toshkent haqidagi birinchi maʼlumotlar eramizdan avvalgi II asrdagi qadimgi-sharqiy manbalarda uchraydi;Xitoy manbalarida Yuni deb atalgan; Fors shohi Shоpur I eramizdan avvalgi 262-yildagi „Zardusht Kaʼbasi“ qaydnomalarida Toshkent vohasi Choch deb nomlangan. Choch — oltin eksporti, qimmatbaho toshlar, shirinliklar va aslzot otlarni boshqa shahar va mamlakatlarga olib o‘tishdagi yo‘lning chorrahasida joylashgan. „Tosh shahar“ maʼnosini anglatuvchi bugungi Toshkent — zamonaviy respublikaning poytaxti, o‘tmish maʼlumotlarini saqlovchi, Oʻzbekiston tarixi haqida ko‘p maʼlumotlarni xotirlovchi, 2 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan bu shahar Markaziy Osiyoning eng katta industrial markazlaridan biridir. Toshkentning uzoq oʻtmishi va u qad koʻtargan qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi maʼlumotlar yozma manbalarda xilma-xil hamda uzuq-yuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qadimgi muqaddas kitobi Avesmona Sirdaryo havzasidagi mamlakat „Turon“, aholisi esa „tur“lar deb yuritilgan. Bu oʻlkada tur