1-boshlovchi:Shidatkor sarkarda, sertalab shoxning qalbi bog’dagi gul kabi nozik, ijodiyoti gul ifori kabi kabinafis va yoqimlidir.
2-boshlovchi: Uning 49 yillik umri asrlarga tatigulik .Uning sermahsul umr yo’li uzoq yillar avlodlarga go’zal na’muna va axloq saboqlaridir.
1-boshlovchi:Keling Bobur biografiyasi haqida to’liqroq ma’lumotlarni tadbir izim tashkilotchilari birinchi bosqich 33-22 guruh o’quvchilaridan tinglaymiz.
O’quvchilar Bobur biogarafiyasi haqida ma’lumot beradilar: Boburning otasi UmRshayx Mirzo Farg’ona viloyati hokimi , onasi- Qutlug’ Nigorxonim Mo’g’uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bo’lgan,
Asl ismi - Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligida ,,Bobur’’ ya’ni Sher laqabini oladi.
Otasi Axsida bevaqt 39 yoshida fojeali halok etgach , oilaning to’ng’ich farzandi, 12yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o’tiradi.
Bobur Afg’onistonda ,, Bog’iShahroro”, ,, Bog’iJahonoro”, ,,O’rtabog’
,,Bog’ivafo”, ,, Bog’iBobur” kabi maskanlarni tashkil etgan.
Boburning 14ta farzandi bo’lib ,ular:
O’gillari: Humoyun Mirzo,Komron Mirzo, Askariy Mirzo, Olur Mirzo
Sulton Ahmad Mirzo,Hindol Mirzo, Bobbul Mirzo,Forug’ va Shohruh Mirzo
Qizlari: Faxrulniso, Ma’suma Sultonbegim, Gulrangbegim,Gulbadanbegim,Gulchehrabegim,Gulzorbegim, Mehrijaxonbegim. Esondavlatbegim ismli farzandlari bo’lgan.
Ulardan Humoyun, Gulbadanbegim, Komron va Hindol ismli farzandlari yashab qolgan va Boburiylar sulolasini davom ettirgan.
1-boshlovchi: Tole yoqki jonimga balolig’ bo’ldi,
Har ishniki ayladim balolig’ bo’ldi
O’z yerin qo’yib, Hind sori yuzlondim
Yo rab, netayin yuz balolig’ bo’ldi
2-boshlovchi: Bobur temuriyzodalar avlodidan bo’lib, uning shajarasi Hindiston ellarigacha yetib borgan.
1-boshlovchi: Bobur Mirzoning otasi Umarshayx Mirzo, uning otasi Abu Said, Abu sSaidning otasi Sulton Muhammad, uning otasi Mironshox va Mironshohning otasi Amir Temurdir.
2-boshlovchi: Bugun guruhimiz bilan birgalikda Sizlarga ajoyib shart tayyorlab qo’yganmiz. Unda kim Bobur Shajarasini Amir temurdan boshlab tartib bilan aytib bersa,shart g’olibi bo’ladi va sovg’amizga ega bo’lishingiz mumkin.
(tomoshabin o’quvchilarga yordam bo’lishi uchun Bobur shajarasi keltirilgan jadval taarqatadilar)