MONIZM. Dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan ta’limot «monizm» (yunon. monos – bitta, yagona) deb ataladi. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar, shuningdek birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtai nazaridan substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik monizmni qayd etish lozim.
Materialistik monizmdunyo yagona va uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida Ayni shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu konsepsiyalarda ruh, ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o‘ta rivojlangan ko‘rinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz.
HARAKAT TIPLARI. Fanda ob’ektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining ikki asosiy tipi: progress va regress farqlanadi. Orqaga qaytmaslik va muayyan yo‘nalishga egalik xos bo‘lgan mazkur harakat tipi rivojlanish deb ataladi. Bunda narsa yoki hodisa strukturasining murakkablashuvi, ular tashkil topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin bo‘lib, bu odatda taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi. Agar harakat teskari yo‘nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan bo‘lsa, bu holda regress to‘g‘risida so‘z yuritish odat tusini olgan. Ammo progress va regressning ko‘rsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish yaramasligini e’tiborga olish lozim. Masalan, boshqaruv apparati tuzilmasining murakkablashuvi va byurokratiyaning o‘sishi doim ham progressni anglatavermaydi, nisbatan soddaroq va ayni vaqtda samaraliroq va ishonchliroq mashinalar, asboblar va mexanizmlar yaratilishining regressga hech qanday aloqasi bo‘lmaydi va ko‘proq buning aksidan dalolat beradi.
Xulosa. Borliq bizning mavjudligimiz asosi, notirik, tirik tabiatning yashash usulidir. Borliq yo'qdan bor bo'lmaydi bordan yo'q bo'lmaydi. Dunyodagi barcha narsalar biri ikkinchisining mavjudligini taqozo qiladi.