Angren Universiteti “falsafa” fanidan mustaqil ish mavzu



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə7/14
tarix05.12.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#172952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Абдусатторова Ш фалсафа

Geografik maktablar. Tabiiy va ijtimoiy muhitga doir - «geografik determinizm», «ijtimoiy determinizm» va «geosiyosat» konsepsiyalarini o‘z ichiga olgan g‘oyalar majmui geografik maktabni tashkil etadi. Geografik determinizm inson faoliyati tabiiy muhitga to‘la bog‘liq degan g‘oyani isbotlashga harakat qiluvchi mexanistik qarashdir. Bu oqimning asoschisi va atoqli namoyandasi SH.L.Monteske (fransuz ma’rifatchi faylasufi 1689-1755)dir. «Qonunlar ruhi» deb nomlangan asarida u o‘z konsepsiyasini atroflicha bayon etdi. Bu ta’limotga muvofiq odamlar hayoti, ularning axloqi, qonunlari, odatlari va hatto siyosiy tuzumi ular yashaydigan geografik muhit va iqlim sharoitidan kelib chiqadi. U tabiat odamlarni tug‘ilgandan teng qilib yaratishini tan olib, so‘ng ularni geografik determinizm nuqtai nazaridan farqlaydi.
Ijtimoiy determinizm ijtimoiy rivojlanish darajasi va yo‘nalishi birinchi navbatda moddiy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi bilan belgilanishidir. Shu nuqtai nazardan tabiat odamlar tarixiga aralashadi, chunki ishlab chiqarish jarayonida inson nafaqat uni, balki o‘zini ham o‘zgartiradi. Pirovardda insonning mohiyatini tashkil etadigan ijtimoiy munosabatlar majmui o‘zgaradi. Bundan odamlar ayrim fazilatlarining shakllanishi ham, jamiyatning rivojlanishi ham avvalo geografik muhitga emas, balki moddiy ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘ladi va odamlar ishlab chiqarish faoliyatining tarixan o‘zgaruvchi xususiyatini tahlil qilish chog‘idagina muayyan tabiiy sharoitlar u yoki bu ijtimoiy jarayonlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida gapirish mumkin, degan xulosaga kelinadi. Ayni holda tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqasida faol tomon sifatida doim inson amal qiladi. Tabiiy muhit xususiyatini ijtimoiy muhit xususiyati emas, balki aksincha, ijtimoiy muhit xususiyatini tabiiy muhit xususiyati belgilaydi. Shu ma’noda odamlar tabiat bilan o‘z moddalar almashinuvini tartibga soladilar, uni o‘z umumiy nazorati ostiga oladilar va shu tariqa tabiatning ko‘r-ko‘rona kuchlari ularning ustidan hukmronlik o‘rnatishiga to‘sqinlik qiladilar.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin