38
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini birdaniga yoki
ularning ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini ko‘paytirish
mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng bo‘lgani holda ayrim omillar
sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Masalan,
firma yoki korxonada ishlab chiqarish binolari, mashina, stanok va boshqa asbob–
uskunalar soni va sifati o‘zgarmagan holda ishchilar sonini va xom ashyoni
ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulotni ma’lum miqdorda oshirish mumkin. Bunda
bino va asbob-uskunalardan foydalanish darajasi oshiriladi, ya’ni ular to‘xtovsiz
ishlatiladi, ilgari bir smenada ishlayotgan bo‘lsa endi ikki yoki uch smenada
ishlatishga erishiladi. Ammo ma’lum darajaga borgandan keyin qo‘shimcha jalb
qilingan ishchi kuchi yoki xom ashyolar samarasi kamayadi. Ikkinchidan, ishlab
turgan ishchilar soni o‘zgarmagan holda ularni yangi texnika va texnologiyalar
bilan qurollantirish, ya’ni har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital miqdorini
oshirish hisobiga ham mahsulotni ko‘paytirishga erishish mumkin. Lekin bu
jarayon ham cheksiz emas. Bunda omillardan foydalanish va ularning miqdorini
oshirish evaziga olingan mahsulotni uch xil o‘lchamda o‘lchaydilar: umumiy
mahsulot, o‘rtacha mahsulot va so‘nggi qo‘shilgan mahsulot.
Umumiy mahsulot
jalb qilingan asosiy kapital, ishchi kuchi, xom ashyo va
materiallardan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutloq hajmidir.
Dostları ilə paylaş: