Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………..42



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/24
tarix25.08.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#140425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari

Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………..42 



Kirish 
Mavzuning dolzarbligi
insonning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur 
bo‘lgan vositalarning aksariyat qismi inson mehnati bilan yaratiladi. Shunga ko‘ra, 
ehtiyojlarning mavjudligi ishlab chiqarishning uzluksiz ravishda amalga 
oshirilishini ham taqozo etadi. Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan 
munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo‘ladigan 
munosabatlarga yo‘nalish beradi va ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish jarayonidagi 
munosabatlar boshqa fazalardagi munosabatlarning tavsifini belgilab beradi. 
Mazkur bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va 
ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Ishlab chiqarish 
omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi
so‘ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni beriladi. 
Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Bobning 
oxirida keyingi qo‘shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan 
mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli 
marjinalistik g‘oyalar bilan tanishtiriladi. 
Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z orqasidan 
boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga 
ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, unga xizmat 
ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. 
Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga qarshi 
ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi 
hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim 
almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong‘in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o‘sib 
borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o‘sib 
borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangi 
ehtiyojlarning paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar 
nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon 
bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan 



chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak 
bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi 
Ehtiyojlarning uzluksiz o`zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni 
ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to`xtovsiz yangilanib 
borishidan iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy 
qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat 
taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi. Bu qonunga ko`ra jamiyat 
a'zolarining, butun aholining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj 
miqdoran o`sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o`rniga yangisi 
keladi, ehtiyojlarning rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi.




Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin