Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/24
tarix25.08.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#140425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari

Ishlab chiqarishning omillari.
Moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish, xizmatlar ko`rsatish inson hayoti, 
uning yashashi va kamol topishi uchun asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishni 
to`xtovsiz olib borish va rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va 
zaruriyatdir. Insoniyat iste'mol qilmasdan turaolmaganidek, ishlab chiqarmasdan 
ham tura olmaydi. Har bir jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi uchun,
eng avvalo uning ro`y berishi uchun zarur bo`lgan, unda qatnashadigan omillar 
mavjud bo`lmog`i lozim. Bu omillar uchta:ishchi kuchi, mehnat qurollari va 
mehnat predmetlaridir.
Ishchi kuchi-
insonning mehnat qilishga bo`lgan aqliy va jismoniy 
qobiliyatlarining yig`indisidir.
Mehnat qurollari
- inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga 
ta'sir qiladigan vositalardir.
Mehnat predmetlari
- bevosita mehnat ta'sir qiladigan, ya'ni mahsulot 
tayyorlanadigan narsalardir. Mehnat vositalari va mehnat predmetlari birgalikda 
ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi.
Iqtisodiyotga oid eski darsliklarda ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va 
shaxsiy omillar tan olinadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga oid ko`pchilik 
adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to`rt omili mehnat, kapital, yer-suv, 
tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
Kapital
deganda o`z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va 
xizmat ko`rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish 
vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini 
sotib olishga mo`ljallangan pul mablag`larini, ularning natural ashyoviy tomoni va 
qiymatining birligini tushunamiz.
Tadbirkor
deb, iqtisodiy resurslar ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi 
resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo`shilishini ta'minlaydigan 


15 
tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, 
javobgarlikdan qo`rqmaydigan dovyurak kishilarga aytiladi; bu xislatlar esa 
tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin