Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/24
tarix25.08.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#140425
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari

Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
Ishlab chiqarish jarayonida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida 
mahsulot, ya'ni tovar va xizmatlar vujudga keladi. Ma'lumki ishlab chiqarish, 
o`zaro bir-biri bilan aloqador, o`zaro bog`langan individual ishlab chiqarishlardan 
tashkil topgan. Ana shu individual ishlab chiqarishlar yig`indisi ijtimoiy ishlab 
chiqarishni tashkil etadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda, turli omillarning harakati natijasida juda ko`p 
turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo`lgan milliy mahsulot vujudga 
keladi. Ilgari mamlakat bo`yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar 
yig`indisi 
yalpi ijtimoiy mahsulot
deb atalar edi. Yalpi ijtimoiy mahsulotda yil 
mobaynida yaratilgan moddiy ne'matlar yig`indisi hisobga olinar edi, unda xizmat 
ko`rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma'naviy ne'matlar va xizmatlar hisobga 
olinmas edi. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xom ashyo, materiallar
yonilg`i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor 
takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun'iy ravishda oshirib ko`rsatilar 
edi, iste'molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam 
bo`lar edi.
Mana shu takror hisoblashlarga barham berish uchun hozir milliy hisob 
tizimiga o`tilib, endi mamlakatda vujudga keltirilgan mahsulotlar, ya'ni tovarlar va 
xizmatlar yig`indisi yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb atala boshlandi. Yalpi 
milliy mahsulot deb ma'lum vaqt davomida masalan, bir yilda yaratilgan va 
bevosita iste'molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko`rsatilgan 


17 
xizmatlarning bozor bahosidagi qiymati tushuniladi. Milliy mahsulot moddiy 
ne'matlar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarining yillik mehnat 
faoliyatining umumiy samarasi bo`lib hisoblanadi. Ichki milliy mahsulot (IMM) 
ham xuddi shu mazmunda tushuniladi. YaMM va IMM o`rtasidagi farq shundaki,
YaMM ga mamlakatda va undan tashqaridagi korxonalarimizda vujudga 
keltirilgan, qo`shma korxonalarda hissamizga (mamlakatimiz hissasiga) to`g`ri
keladigan mahsulotlar kiradi. Boshqa mamlakatlar yoki fuqarolar tomonidan 
bizning mamlakatimiz hududida qurilgan korxonalar mahsuloti, qo`shma 
korxonalardagi mahsulotda ularning hissasi hisobga olinmaydi. IMM da
mamlakat hududida ishlab chiqarilgan hamma mahsulot va xizmatlar (boshqa 
mamlakatlar korxonalari, qo`shma korxonalarda yaratilgan hamma tovar va 
xizmatlar qo`shilib) hisobga olinadi. Hozirgi paytda O`zbekistonda ko`proq ichki 
milliy mahsulot hisobga olinmoqda, shuning uchun biz endi ichki milliy mahsulot 
to`g`risida gap yuritamiz.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin