1-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi
o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish
imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi
iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo‘yadi.
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur
va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb
qilish.
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish.
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi
energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga
jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish. Bu muammolarni hal
qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishni taqozo qiladi.
Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar.
Jamiyatning tuzilishi qanday bo`lishidan kat'i nazar uning a'zolari o`z
ehtiyojlarini qondirishlari shart, chunki hayot kechirish ehtiyojlarning
qondirilishini talab etadi.
Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko`p. Ular iqtisodiy, sotsial, madaniy,
siyosiy, ma'naviy va hatto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Bularning
orasida eng ustuvor ahamiyatga ega bo`lgani sotsial-iqtisodiy ehtiyojdir.
Sotsial - iqtisodiy ehtiyojlar
-kishilarning yashashi, mehnat qilishi va
ma'lum iqtisodiy mavqega ega bo`lishi uchun iste'mol etilishi zarur bo`lgan
Iqtisodiy rеsurslar,
imkoniyatlar
Ishlab chiqarish yoki xizmat
ko’rsatish
darajasi
Ehtiyojlarning
qondirilish darajasi
10
mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki
insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir. Uning jismoniy
ehtiyojlardan farqi shuki, mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi,
ya'ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj avvalam bor yakka
tartibda bo`ladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi.
Shunday ehtiyojlar borki, ular yakka bo`lsada, birgalikda qondirilishi
mumkin. Bunday vaqtda guruhiy ehtiyojlar paydo bo`ladi. Bu esa ma'lum
guruhga birlashgan kishilarning umumiy ehtiyojidir. Bunga misol qilib oilaviy
ehtiyoj, mehnat jamoasi, va siyosiy uyushmalarning ehtiyojlarini keltirishimiz
mumkin.
Umumjamiyat ehtiyoji ham borki, u birinchidan, barcha turdagi yakka va
guruhiy ehtiyojlarning majmuidan iborat bo`lsa, ikkinchidan, jamiyatni yaxlit
organizm sifatida yashab turishi uchun zarur ehtiyojdir. Masalan, tabiiy
resurslarni avaylash, mudofaa qilish, iqtisodiy zahiralar hosil qilish, jamiyatni
boshqarib turish va boshqalar.
Jamiyatdagi ehtiyojlar o`zining turidan qat'i nazar, ularning mavjud
bo`lishi, qondirilishi va o`sishi bir kancha omillarga bog`liq bo`ladi, ya'ni :
•
jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan darajaga;
•
jamiyatning sotsial- iqtisodiy tuzumiga ;
•
hayot kechirishning tabiiy-jug`rofiy sharoitiga ;
•
tarixiy - milliy an'analar va odatlar bilan bog`lanib ketishiga.
Agar iqtisodiyot qoloq bo`lsa ehtiyojlar doirasi tor bo`ladi, aksincha,
iqtisod yuksak bo`lsa, ehtiyoj keng va xilma xil bo`ladi.
Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar
ehtiyojining yaxlitligidir. Shu sababdan, u jamiyatning ichki tuzumiga bog`liq.
Agar jamiyat mulkdor va mulksizlarga, boy va kambag`allarga ajralgan bo`lsa
yoki jamiyatda ijtimoiy tenglik bo`lib, u chuqur tabaqalashmasa, uning asosini
o`rtacha mulkdorlar sinfi tashkil etsa, shunga qarab ehtiyojlar har xil bo`ladi.
Demak, inson ehtiyoji abadiy. Inson bor ekan, uning ehtiyoji mavjud.
11
Ehtiyojlar xilma-xilligi boisi insonning ehtiyojlari boshqa bir insonning
ehtiyojlariga o`xshamaydi.
Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojlarni
guruhlarga bo`lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga
qaratilishi asos qilib olinadi. Shu jihatdan qaralganda sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar
uch qismga bo`linadi.
1.
moddiy ehtiyojlar;
2.
sotsial-ma'naviy ehtiyojlar ;
3.
mehnat ehtiyoji.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo`lishi bilan yuzaga kelgan.
Ular tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bo`lib, oziq -
ovqat, kiyim - kechak, turar - joy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan
iboratdir. Ularning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir.
Sotsial-ma'naviy ehtiyojlar asosan xizmatlardan masalan, o`qituvchi,
vrach, san'at arbobi xizmatlaridan iborat bo`lib, ular ma'lum faoliyat shakliga
ega, ularning yaqqol moddiy ko`rinishi yo`q.
Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat mehnatsiz nozu-ne'matlar yaratib
bo`lmasligida emas, balki mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidadir.
Mehnat ehtiyoji insonni o`zida mujassamlashgan moddiy shaklda bo`lmaydi, u
ishlashga bo`lgan ishtiyokda ifoda etiladi.
Ehtiyojlarning uzluksiz o`zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni
ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to`xtovsiz yangilanib
borishidan iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy
qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat
taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi. Bu qonunga ko`ra jamiyat
a'zolarining, butun aholining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj
miqdoran o`sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o`rniga yangisi
keladi, ehtiyojlarning rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi.
Ehtiyojlar yuksalishining to`rt jihati bor.
12
1.Ehtiyoj kengayib miqdoran o`sib boradi, ya'ni muayyan ehtiyoj
saqlangan holda uning ortib borishi. Masalan: gazlamaga ehtiyoj boshqa ehtiyoj
bilan o`rin almashmaydi, ammo uning miqdori oshadi.
2.
Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo`lib, eskilarini surib qo`yadi,
ehtiyojlarning ichki tartib strukturasi o`zgaradi. Masalan: televidenie va
videoapparatura paydo bo`lishi bilan uyda xohlagan tomoshani ko`rish ehtiyoji
paydo bo`lib, teatr yoki kinoga borish ehtiyoji qisqaradi.
3. Muayyan ehtiyojlar guruhi doirasida turli ehtiyojlar nisbati o`zgaradi.
Bunda ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi, lekin uning aniq ko`rinishlari va
shakllari o`zgaradi. Masalan: umumiy transport ehtiyoji saqlangan holda,
transport aniq turlariga ehtiyoj o`zgaradi.
4. Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuv
o`rinbosar ehtiyojlarning paydo bo`lishi bilan yuzaga keladi va bunday
ehtiyojlar yuksak rivojlangan iqtisodiyotga xosdir. Masalan: shakar, qand,
konfet, tort, navvot shirinlikka ehtiyojni qondiradi, ammo bir-birining o`rnini
bosishi ularning foydaliligi darajasidan kelib chiqadi.
Ko`rinib turibdiki ehtiyojlarning yuksalishi muqarrar ekan, lekin asosiy
muammo ehtiyojlarni qondirishdir. Buning birdan-bir vositasi ishlab
chiqarishdir. Ehtiyoj yuksalar ekan uni qondirish vositalari ham rivojlanadi.
Gap shundaki, ehtiyojlar cheksiz o`zgargani holda uni ta'minlash uchun kerak
bo`lgan ishlab chiqarish resurslar cheklangan bo`ladi.Bu resurslar tabiiy
resuslar, mehnat resurslari, pul resurslari, texnika va texnologiya resurslaridir.
Buni g`arbda iqtisodchilar resurslarning kamyobligi deb atashadi. Ehtiyoj va
resurslarning nomutanosibligi, birining cheksizligi va ikkinchisining
kamyobligi ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to`la va samarali foydalanishni
talab qiladi.
Resurslar deganda faqat pulni tushunmaslik kerak. Resurslar birinchidan,
moddiy shaklga ega bo`lib, yer-suv, yer osti va yer usti boyliklari, asbob-
uskuna, mashinamexanizmlar, bino-inshoatlar va boshqalardan, ikkinchidan,
inson resurslari yoki mehnat resurslaridan, aniqrog`i kishilarni mehnat qilib
13
ishlab chiqara olish qobiliyatidan. Uchinchidan, moliyaviy resurslar: Valyuta
birligi va qimmatbaho qog`ozlardan, to`rtinchidan tabiiy resurslar ya'ni
ishlatilsa o`rnini to`ldirish mumkin yoki mumkin bo`lmagan tabiiy boyliklardan
iborat.
Er kurrasi va qa'ridagi tabiiy boyliklar ekin maydoni, o`rmonlar, qazilma
boyliklar, umuman o`simlik va hayvonot dunyosi miqdoran cheklangan.
Masalan Markaziy Osiyodagi sug`orma dehqonchilik Amudaryo va
Sirdaryoning suv zahirasi bilan cheklangan. Aholining o`sish sur'atlari
pasaygan sharoitda, aholi qariydi, uning tarkibida ishga layoqatli kishilar
salmog`i qisqaradi.
To`xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob
resurslar oqilona ishlatilishi shart. Shu sababli hatto ibtidoiy jamiyatdagi
kishilar yerni chirindilar va kul bilan o`g`itlab, hosildorlikni oshirishga
intilganlar. Har doim cheklangan resurslarni tejamli ishlatish cheksiz
ehtiyojlarni qondirish vositasi bo`lib kelgan.
Yuksalayotgan ehtiyojning uni qondirish vositasi bilan aloqasi ikki
yoqlama bo`ladi:
1. Ehtiyojning miqdoran ortib borishi resurs birligidan miqdoran ortib
borishi resurs birligidan ko`proq iste'mol buyumlari olishni talab qiladi.
2. Ehtiyoj tarkibining yangilanishi resurs birligidan ko`p turdagi mahsulot
olishni talab qiladi. Masalan: 1 tonna metalldan 10 xil emas, 25 xil uy-ro`zg`or
buyumlari olinadi. Ehtiyojlar tez o`zgargani sababli, muayyan resurslar
sharoitida ularning hammasini birdan qondirib bo`lmaydi. Shu sababli jamiyat
muqobil mahsulotlardan qaysi birini ishlab chiqarishni tanlab oladi. Resurslar
cheklanganligidan bir mahsulotni ko`paytirish ikkinchisini kamaytiradi, chunki
qo`shimcha mahsulot qo`shimcha resurs talab qiladi.
Demak, chegaralangan resurslar doirasida hamma ehtiyojlarni bir
vaqtning o`zida bir yo`la qondirib bo`lmaganidan ishlab chiqarish imkoniga
qarab, u yoki bu ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasini tanlab olish
kerak bo`ladi.
Resurslar sarfining birligidan olingan natija ko`paysa,
14
ehtiyoj yaxshi qondiriladi.Resurslarning tejalishi ular sarfining yaratilgan
mahsulot va xizmatlar birligiga nisbatan qisqarishi demakdir.
Dostları ilə paylaş: |