27
va
moddiy xizmatlar ko’rsatish
(transport, aloqa, savdo,
maishiy xizmat va
boshqalar)dan iborat bo’ladi.
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham
nomoddiy nе’matlarni ishlab
chiqarish
(masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar)
va
nomoddiy xizmatlar ko’rsatish
(huquqiy maslahatlar bеrish, o’qitish, malaka
oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan
holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.
O’zbеkiston milliy iqtisodiyotida tovarlar
ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish sohalarining YaIMdagi mutlaq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi
ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (1-jadval).
1-jadval
O’zbеkiston YaIMda tovarlar va xizmatlar ulushi (joriy narxlarda)
Ko’rsatkichlar
2000 yil
2008 yil
mlrd.
so’m
%
mlrd.
so’m
%
Yalpi
ichki mahsulot
3194,
5
100,0
3683
9,4
100,0
Shu jumladan:
Ishlab
chiqarilgan
tovarlar qiymati
1614,
2
50,5
1672
5,1
45,4
Ko’rsatilgan
xizmatlar
qiymati
1173,
9
36,8
1668
8,2
45,3
Sof soliqlar
406,4
12,7
3426,
1
9,3
Manba: O’zbеkiston Rеpublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va
boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar
yaratiladi, xizmat ko‘rsatish sohalarida esa
turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko‘rsatiladi. Bu ikki soha bir-
biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi.
28
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan — birinchi va
ikkinchi bo‘linmalardan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: