26
iste’moli uchun o‘zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o‘rtasidagi modda
almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.
Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga,
hamma mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo‘lib, umuminsoniy
kategoriyadir (tushunchadir).
Ma’lumki, bizda ish vaqtining anchagina qismi uy-ro‘zg‘or ishiga to‘g‘ri
kelmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakat aholisi uy-
ro‘zg‘or ishlariga yiliga sarflagan vaqt ijtimoiy ishlab chiqarishga sarflangan ish
vaqtiga qaraganda ko‘proq ekan. Buning ustiga uy-ro‘zg‘or ishlari talaygina
quvvatni talab qiladi. Ushbu va shunga o‘xshash boshqa misollar maishiy
xizmatlar ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, uy-ro‘zg‘or ishlarini
mexanizatsiyalash imkonini beradigan mashina va asbob – uskunalarni ko‘plab
ishlab chiqarishni talab etadi. Ehtiyojlar turi qancha ko‘p bo‘lsa shunga binoan
ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o‘rganish
oson bo‘lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga:
Dostları ilə paylaş: