Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibi
Kishilik jamiyati insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha jonzodlarning
eng oliysi. Uboshqa jonzodlardan o’zining aql idroki bilan ajralib turadi. U xayot
20
kechirish uchun turliehtiyojlarini qondirishi shart, chunki busiz inson yashay
olmaydi.Insonlarning yashashi,har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo’lgan
barcha ne’matlarularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Inson o’z extiyojlarini
qondirish yo’lini qidiradi. Extiyojlarni qondirishi zarurligi, ya’ni yashash uchun
kurash uni faollikka undaydi.Insonning ehtiyojlari xilma-xil. U yashar ekan, ovqat
eydi, kiyim-kechak kiyadi, bilim oladi, boshkalar bidan muloqotda bo’ladi,
do’stlashadi va hokazo. Ehtiyojlar turli shakl xususiyat, sifat, belgi, miqdor va
boshqa jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
Har bir inson uchun o’zining qadr - qimmat o’lchovi mavjud Bir inson
tomonidan qadrlangan,hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan narsa ikkinchi bir kishi
uchun hech qanday ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Ahamiyatiga ko’ra
ehtiyojlarni tartibga solish u yoqda tursin, hamma insonlar uchun eng zarur
bo’lganlarini ham sanab o’tish qiyin. Har bir inson uning uchun qaysi extiyojlar
eng zarurligini o’zi belgilaydi. XX asr ko’pincha «axborot asri» deb atalgan. XXI
asrga kelib axborotning ahamiyati yanada ortdi. Axborotni biz turli-tuman
manbalardan olamiz. Masalan: radio, televidenie, gazeta va jurnal, kitob, global
kompyuter tarmog’i internet kabilardan olamiz.Shu bilan birga «an’anaviy»
axborot manbalari mavjud va doimo saqlanib qoladi. Ular ota-ona, qarindosh-
urug’, do’st-birodarlar, qo’ni-qo’shni, tanishlar, tasodifiy uchrashgan odamlar va
hokazo. Biz har daqiqada yangi axborot olamiz. Bizni atrofimizni o’ragan olam
tabiatni kuzatib yangi-yangi ma’lumotlar olamiz. Bizni organizmimiz axborot
qabul qilishning doimiy manbai. Aynan axborot bizni barcha ehtiyojlarimizni
shakllantiradi.
Bizni barcha odatlarimiz, his-tuyg’ularimiz, bilim va hayot tajribamiz, u yoki
bu narsaga baho berishimiz, avvaldan o’ylagan yoki beixtiyor hohish-istaklarimiz -
barcha-barchasining
asosida
his-tuyg’ularimiz,
nerv tomirlarimiz orqali
organizmimiz qabul qilgan axborot yotadi. Yangi axborot yangi ehtiyojlarni
vujudga keltiradi, mavjudlarini tubdan o’zgartiradi. Axborot insonni beixtiyor
harakatga solishi yoki natijasini ko’z o’ngiga keltirgan yoki aniq bilgan, tushungan
holdagi hatti-harakatini boshqarishi mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti, yangi-yangi
21
ixtirolar tufayli yangi tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi. Ilgari
bunday tovarlar bo’lmagani uchun ehtiyojlar ham bo’lmagan.
Masalan: kompyuter, qo’l telefon va boshqalar. Avvaldan mavjud bo’lgan,
lekin u tovarlarni xususiyatlarini bilmagan odam bu xaqda yangi axborot olishi
tufayli yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: an’anaviy oziq-ovqat
mahsulotlari sabzavot, mevalardagi vitaminlar, turli moddalar yoki boshqa
xususiyatlari to’g’risidagi yangi ma’lumotlar. Kishining hayotida yangi vaziyat,
yangi muammolarni paydo bo’lishi natijasida ham yangi ehtiyojlar vujudga keladi.
Masalan: oilada farzand tug’ilishi natijasida chaqalok uchun zarur buyumlarga,
kasal bo’lganda doriga, kasbini o’zgartirganda ish qurollariga va boshqalar. Xullas
inson butun hayoti davomida yangi-yangi axborot oladi, unga muvofiq ravishda
ehtiyojlar vujudga keladi va doimo o’zgarib boradi. Shunday qilib har bir kishi
avval axborotga ega bo’ladi so’ngra shu axborotga qarab u yoki bu qarorga keladi.
Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo’lib, ularga turli jihatdan yondashish
mumkin. Ko’pgina iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko’ra ehtiyojlarni turli
guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat qilishgan. Alfred Marshall nemis
iqtisodchisi Germanning fikriga asoslanib, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal
va maksimal darajadagi ehtiyoj, qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa
bo’ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar, joriy va kelajakda
qondiriladigan ehtiyojlarga bo’ladi.
Ayrim adabiyotlarda birlamchi - eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi - qondirilishi
kechiktirsa bo’ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlarga bo’linadi. Birlamchi
ehtiyojlarga insonning eng zarur bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa
shunga o’xshash ehtiyojlari, ikkilamchi ehtiyojlarga insonning ma’naviy,
intellectual faoliyati bilan bog’liq bo’lgan bilim olish, san’at, turli ko’ngil ochar
tadbirlarga qatnashish ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli.
Ular har-bir inson uchun individual bo’lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy
birlamchi bo’lsa, boshqasi uchun bunday bo’lmasligi mumkin. Birov uchun kiyim-
kechakdan ko’ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi
uchun ma’naviy ehtiyoj hasham bo’lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj bo’lish
22
mumkin, yoki ma’lum vaqt o’tgach oddiy extiyojlarga aylanishi mumkin. Inson
ehtiyojlari tarkibiga turli jihatdan yondashib, uni har-xil guruhlarga ajratish
mumkin:
1.Ehtiyojlarning sub’ektlariga6 ko’ra: individual, guruhiy, umumjamiyat
ehtiyojlariga bo’linadi.
a) Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik
ehtiyojlar, sotsial kontaktda bo’lish, o’zining har tomonlama kamol topishiga
bo’lgan extiyojlar va boshqalarini o’z ichiga oladi.
b) Guruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan
guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo’lib, birgalikda yashash,
faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.
v) Umum jamiyat ehtiyoji - bu mamlakat miqyosida, qolaversa er shari
miqyosida insonlarning bir butun bo’lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o’z ichiga
birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan
jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turish uchun zarur ehtiyojdir. Bularga
tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish va hokazolarni kiritish
mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlariga mansub kishilar
ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo’ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab
ehtiyojlar ham farqlanadi.
2. Ehtiyojlar ob’ektiga7 ko’ra: moddiy ehtiyojlar, sotsial-ma’naviy
ehtiyojlarga bo’linadi.
3. Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan.
Ular tabiiy ehtiyojdir.
4. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir.
5. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport va hokazo kabi qator
ehtiyojlardan iborat bo’lib, ularning qondirilishi
6 Lotinchadan olingan «sub’ekt» so’zi ega, «ob’ekt» esa predmet ma’nosini
anglatadi. O’zbek tilining izohli
lug’atida ko’rsatilishicha sub’ekt deganda, aql-zakovat, iroda egasi, borliqni
bilishga, o’zgartirishga qodir, faollik
23
bilan harakat qiladigan shaxs yoki guruh.
7. Ob’ekt esa kishining faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan va o’z faoliyatini
shunga qaratgan predmet, hodisa tushuniladi. yashashning birlamchi shartidir.
Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko’rinishga ega, masalan: oziq-ovqatga ehtiyoj,
aniq: un, guruch, yog’, go’sht, shakar va boshqalar kabi moddiy shaklga ega.
Kiyimlarga bo’lgan ehtiyoj: tufli, paypoq, kastyum-shim, ko’ylak, palto, kurtka va
boshqalarga bo’lgan ehtiyoj tarzida yuzaga chiqadi.
Sotsial-ma’naviy ehtiyojlar azaliy bo’lmay jamiyat taraqqiyotining ma’lum
bosqichida, tsivilizatsiya paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Jamiyat rivojlangan
sari sotsial-ma’naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylana boradi, hamda borgan sari
yuksala
boradi.
Sotsial-ma’naviy
ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan
foydalanishga bo’lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. O’qituvchi, vrach, san’at
arbobi, sport va boshqalar xizmatidan foydalanib, inson axloqiy, ma’naviy, estetik,
jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol
topadi. Bu ehtiyojlar yaqqol moddiy ko’rinishga ega emas.
4.
Faoliyat yuritish sferasi jihatidan: mehnat qilish, muloqatda bo’lish,
dam olish, ish qobiliyatini tiklash, iqtisodiy faoliyat yuritishga ehtiyojlarni o’z
ichiga oladi. Mehnat ehtiyoji insoning o’zida mujassamlashgan. Mehnatsiz
inson yashay olmaydi., chunki mehnatsiz nozu-ne’matlar yaratib bo’lmaydi,
mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda mehnat
qilish, ijod qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o’z o’rnini
topish, o’z qobiliyatini ishga solib, obro’-e’tibor qozonishga harakat qiladi.
Inson yashar ekan doimo boshqalar bilan muloqotda bo’lishga ehtiyoj sezadi.
Shuning uchun ham hayotimizda «Yolg’izlik xudoga xos» degan naql bor. Inson
mehnat qilar ekan, albatta ish qobiliyatini tiklash uchun dam olishi, turli ko’ngil
ochar tadbirlarda qatnashishi zarur.
4.Ehtiyojlarni qondirilishi jihatidan qarasak, ular yakka va birgalikda
qondiriladigan ehtiyojlarga bo’linadi. Har bir inson o’zining ehtiyojlarini bir
qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi.
Yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o’lcham bilan yondoshib
24
bo’lmaydi. Moddiy ehtiyojlarning ko’pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan
ehtiyojlarni tashkil etsa, sotsial- ma’naviy ehtijlar ko’prok birgalikda
qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo’lgan ehtiyoj yakka
tartibda, bilim olishga bo’lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.
5. Ehtiyojni qondirishdan qanday maqsad ko’zlanganiga qarab, ularni: shaxsiy
ehtiyojlar va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo’lish mumkin. Boshqacha aytganda
iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga ehtiej. Birinchisi insonning bevosita
ehtiyojlari bo’lib, uning hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga
qaratilgan. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa inson uchun bilvosita ehtiyojlar bo’dib,
uning yordamida inson yashashi kamol topishi uchun zarur bo’lgan turli ne’matlar
ishlab chiqarish uchun zarur investitsion tovarlar yaratiladi. Ehtiyojlar qanday
guruhlarga bo’linmasin, qay jihatdan yondashilmasin, ular bir-biri bilan bog’lik,
biri ikkinchisini taqozo qiladi, hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida
shakllanadi. Jamiyatning umumiy ehtiyojlari tarkib topishi va rivojlanishiga qator
omillar ta’sir ko’rsatadi.
Ularni umumiy tarzda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1.Aholi soni, yoshi, jinsi.
2.Tabiiy-geografik sharoiti.
3.Tarixiy milliy an’analar va odatlar.
4.Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti.
5.Madaniy jihatdan erishilgan daraja.
Jamiyat har xil odamlardan tarkib topar ekan, albatta ularning har birining
ehtiyoji shakllanishiga ta’sir etadigan omillar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: |