19
hisobga olinmaydi, faqat qo`shilgan qiymat hisobga olinadi, uning yig`indisi esa
yalpi yoki ichki milliy mahsulot deb yuritiladi.
Yalpi va ichki milliy mahsulotlar haqida batafsil makroiqtisodiyot
bo`limida tushuncha beramiz. Hozir esa milliy mahsulot va uning tarkibiga
qisqacha to`xtalmoqchimiz.
Milliy mahsulot asosan ikki tarkibda, ya'ni natural buyumlashgan holda va
qiymat tarkibida hisobga olinadi.
Ularning o`zgarishi jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi dinamikasini aks
ettiradi. Natural shakli bo`yicha milliy mahsulot ikki qismdan:
-
ishlab chiqarish vositalari.
-
iste'mol tovarlaridan tashkil topadi.
Qiymat jihatidan milliy mahsulot uch qismdan iborat bo`ladi, ya'ni:
1)
Ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining,
ya'ni ular qiymatining mahsulotga o`tgan qismi (S);
2)
Yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning zaruriy mehnat bilan ishlab
chiqarilgan zaruriy mahsulot qiymati (V);
3)
Yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va
jamiyat uchun qilingan qo`shimcha mehnat bilan ishlab chiqarilgan qo`shimcha
mahsulot qiymati (t) dan iboratdir.
Boshqacha aytganda :
MM= MS+SMMdan iborat bu yerda: MS-moddiy sarflar.
SMM-sof milliy mahsulot.
SMMyangidan yaratilgan qiymat bo`lib, u zaruriy mahsulotdan va
qo`shimcha mahsulotdan iborat. Zaruriy mahsulot ishchi kuchini normal holatida
saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo`lsa qo`shimcha mahsulot mulkdorlarga va
tadbirkorlarga hamda davlatga tegishlidir.
Dostları ilə paylaş: